F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

255 


 

6-BOB 

BOLALAR VA O’SMIRLAR GIGIYENASI 

Bolalar  va  o’smirlar  gigiyenasi  —  profilaktik  yo’nalish  sohasi  bo’lib, 

bolalarni yashash va hayot faoliyati sharoitlarini o’sib kelayotgan organizmning 

funktsional  holati,  jismoniy  rivojlanishi,  salomatligiga  ta’sirini  o’rganuvchi, 

bolalar  va  o’smirlar  salomatligini  saqlash  va  mustahkamlash,  yaxshi 

rivojlanishinini  ta’minlovchi  sharoitlarni  yaratishga  yo’naltirilgan  ilmiy  asoslar 

va amaliy tadbirlar ishlab chiquvchi fandir.U o’sayotgan organizmga ko’p xilli 

atrof  muhit  omillari  ta’sirini  har  tomonlama  va  chuqur  o’rganadi.Bolalar  va 

o’smirlar  gigiyenasining  asosiy  muammolari  o’smirlarni  o’qitish,  tarbiyalash 

gigiyenasi,  mehnat  gigiyenasi,  bolalar  va  o’smirlar  muassasalari  gigiyenasi, 

jismoniy  tarbiya  gigiyenasi,  bolalar  va  o’smirlar  salomatligini  o’rganish  va 

korrektsiya  qilish  hisoblanadi.  Bolalar  va  o’smirlar  gigiyenasi  o’qitish  va 

tarbiyalash  sharoitlariga  ilmiy  asoslangan  sanitariya  gigiyenik  talablar  asosida 

o’sib  kelayotgan  avlodni  salomatligini  muhofazalash  va  mustahkamlash 

vazifalarini hal qiladi. Patologik holatning ko’p shakllari atrof muhitning nobop 

omillari  ta’sirida  bolalik  yoshlarida  rivojlanadi.  Masalan,  ateroskleroz,  qandli 

diabet va ayniqsa hafaxonlik kasalligi bolalik yoshidan boshlanishi kuzatiladi. 

O’tgan  yuz  yil  avval  o’qitish  sharoitlari  bilan  bog’liq  maktab  kasalliklari 

degan  tushuncha  tarqalgan.  Maktab  kasalliklariga  shunday  kasalliklar  va 

patologik holatlar kiritilganki, qaysiki o’quvchilar orasida keng tarqalgan bo’lib, 

uchrash  chastotasi  kichik  sinflardan  katta  sinflarga  oshib  borish  qonuniyati 

aniqlangan  (uzoqni  ko’ra  olmaslik,  qaddi  qomatni  buzilishi,  nevrasteniya, 

anemiya  va  b.).  Bu  avval  maktab  gigiyenasi  deb  nomlangan  kelgusida  esa 

bolalar va o’smirlar gigiyenasi deb nomlangan gigiyenik fanning sohasini ajralib 

chiqishiga asos bo’lib  xizmat qildi. 

O’tgan yuz yil oxirida F.F. Erisman Peterburgda o’quvchilarni tekshiruvdan 

o’tkazganda  7  sinf  o’quvchilarida  42,8%  uzoqni  ko’ra  olmaslikni  aniqladi.

 

Shuningdek  uzoqni  ko’ra  olmaslik  atrof  muhit  sharoitlariga  va  ko’rish  bilan 




 

256 


 

bog’liq  ishlarni  bajarishda  toliqish  bilan,  ayniqsa  jihozlarni  noto’g’ri 

tanlanganda,  gigiyenik  talablarga  javob  bermaydigan  sharoitda  uy  vazifalarni 

bajarishga ham bog’liq. Bolalar va o’smirlarda yoshi katta bo’lgan sari surunkali 

kasalliklar  ortib  borishi  kuzatiladi.  Bular  asab  tizimi  va  sezgi  a’zolari 

kasalliklari, ovqat va modda almashinuvi buzilishlari, nafas olish, qon aylanish, 

ovqat  hazm  qilish,  siydik  tanosil  a’zolari  patologiyalari  va  boshqalar.  Bu 

kasalliklar  yoshlik  davrida  shakllanib  kelgusida  mehnatga  layoqatsizlik, 

nogironlik va o’limni yetakchi sababchilariga aylanishi kuzatilishi mumkin.  

 

Shuning  uchun  atrof  muhit,  bolalar  va  o’smirlarni  kun  tartibi,  ularni 



ovqatlanishi,  harakat  faolligi  va  chiniqtirish  tadbirlarini  qo’llash  ustidan 

gigiyenik nazoratni rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Qaddi qomatni buzilishi va umurtqa pog’onasini qiyshayishi odatda maktab 

jihozini bolani bo’yiga mos kelmasligi yoki dars vaqtida bolani partaga va uyda 

bolani  uy  vazifasini  bajarishida  to’g’ri  o’tirishini  pedagog  va  ota  onalar 

tomonidan nazorat qilinmasligi sabab bo’lishi mumkin.  

Asab tomonidan  buzilishlar, ularni boshlang’ich bosqichida davolash  juda 

muhim hisoblanadi; ko’p hollarda ularni kelib chiqishi dars berilishini noto’g’ri 

yo’lga  qo’yilishidan  deb  tushuntiriladi.  Kun  tartibiga  qo’yilgan  gigiyenik 

talablarni bajarilmasligi, yil, hafta va o’quv kuni davomida mashg’ulotlar o’quv 

jadvalini maqsadga muvofiq holda tuzilmasligi, o’quv dasturi yuklamasini ortib 

ketishi  o’quvchilarni  toliqishiga  olib  kelishi  mumkin.  Ayrim  yuqori  sinf 

o’quvchilarida  arterial  qon  bosimini  oshishini  ham  o’quv  mashg’ulotlar  o’quv 

yuklamasini  oshishi  bilan  bog’lash  mumkin.  Surunkali  tonzillit  nafas  a’zosi 

kasalligi  hisoblanadi.  Surunkali  tonzillit  kelib  chiqishida  o’tkir  respirator 

infektsiya  asosiy  o’rin  tutadi,  ayniqsa  tez-tez  qaytalansa  (yil  davomida  4 

marotaba va undan ko’p).  

Bunday  hollarda  murtaqlarni  surunkali  yallig’lanishiga  olib  keluvchi 

mahalliy  va  umumiy  o’zgarishlar  yuzaga  keladi.  Surunkali  jarayonni 

rivojlanishiga  organizmning  o’tkazgan  yuqumli  kasalliklar  natijasida  umumiy 




 

257 


 

immunoreaktivligini  pasayishi,  toliqish,  vitaminlar  yetishmovchiligi  va 

boshqalar hisoblanadi.  

Bolalar organizmini yetarli darajada chiniqmaganligi keskin termik ta’sirlar 

va  hamda  burun  halqumning  shilliq  qavatini  nafas  olganda  havo  bilan  kiruvchi 

kimyoviy  moddalar  bilan  ta’sirlanishi  surunkali  tonzillit  rivojlanishiga  olib 

keladi. 

Shuni  qayd  etish  lozimki,  bolalar  va  o’smirlar  kasallanishining  umumiy 

strukturasidagi  burun  halqum  holati  bilan  bog’liq  revmatik,  toksiko-infektsion 

kardiopatiyalar,  qaysiki  bolalar  organizmini  chiniqtirish  bo’yicha  ishlarni 

kuchaytirilishi zaruriyatini taqozo qiladi.  

Semirish  kasalligi  -  bolalarni  ham  chetlab  o’tmagan.  Bolalarda  semirish  – 

miqdor  va  sifat  jihatdan  noratsional  ovqatlanish,  kam  harakatchanlik,  ayniqsa 

shahar  sharoitidagi  bolalar  orasida,  yetarli  bo’lmagan  jismoniy  yuklama  bilan 

bog’liq gigiyenik muammo hisoblanadi. To’g’ri jismoniy tarbiya gipokineziyani 

profilaktik chorasidir. 

Miopiya (uzoqni ko’ra olmaslik) — keng tarqalgan surunkali kasallik bo’lib 

kichik sinfdan yuqori sinfga qarab o’sib borishi kuzatilgan. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish