252
Quduq suvining tarkibida ammoniy tuzlari-0,3 mg/l, nitritlar-0,4 mg/l,
nitratlar-12 mg/l. Keltirilgan malumotlar nimadan darak beradi? Javobingizni
asoslang.
Vaziyatli masala№4
Toshkent shahridagi suv havzalarida suvning organik ifloslanish darajasi
aniqlangan. Suv havzasi asosan cho’milish maqsadida ishlatiladi. Suvning sifat
ko’rsatkichi sifatida KBE 5 aniqlanib, u quyidagicha:
1.
manba- 20 mg O2/l
2.
manba – 40
3.
manba – 8
4.
manba – 12
Eng ifloslangan manbani ko’rsating va uni asoslab bering.
Mavzuga oid testlar
1. Havzalardagi suvning oqsil uchligini 3 ta komponentini ayting:
A. ammoniy tuzlari;
B. nitritlar;
V. oqsillar
G. nitratlar
D. azot kislotasi
E. Ammiak
2. Sifatsiz suvni iste’mol qilish bilan bog’liq bo’ladigan kasalliklarning 4 guruhini
ayting.
A. yuqumli bo’lgan
kasalliklar, parazitar kasalliklar, gelmintozlar, endemik
kasalliklar, gaff kasalligi
B. parazitar kasalliklar, yuqumli kasalliklar, gelmintozlar, endemik kasalliklar
V. gelmintozlar, gaff kasalligi, epidemik kasalliklar
G. endemik kasalliklar, yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklar
D.yuqumli va yuqumli bo’lmagan kasalliklar, gaff kasalligi
E. Parazitar kasalliklar, gaff kasalligi, endemik kasalliklar
253
3. Suvning organik ifloslanganligidan darak beruvchi 3 ta kimyoviy
ko’rsatkichlarni ko’rsating.
A. yuqori darajadagi oksidlanuvchanligi
B. oqsil uchligining mavjudligi
V. kislorodning biokimyoviy ehtiyoji ko’rsatkichi
G.Suvning o’ta loyqaligi
D. Suvda nitratlarning bo’lishi
E. KBE ning past darajadagi qiymati
4. Suvning oksidlanuvchanligini aniqlashdagi 5 ta ketma-ketlikni ayting:
A. 100 ml. tekshiriluvchi suv+sulfat kislota+10 ml.kaliy permanganat solib 10
daqiqa qaynatish;
B. 10 ml.0,01 n.shovul kislotasini qo’shish va pushti rangga kirguncha kaliy
permangant eritmasi bilan titrlash;
V. 10 ml.shovul kislotasini qayta qo’shish;
G. kaliy permangant bilan qayta titrlash;
D. oksidlanuvchanlikni hisoblash.
E. namuna suviga shovul kislota qo’shish va ishqoriy muhit yaratish
J. qaynatish va yana titrlash
5. O’zR hududida mavjud suv manbalarini ayting, misollar keltiring.
A. yer osti manbalar - artezian va sizot suvlari
B. ochiq manbalar - daryo, ko’l, suv omborlari, kanallar
V. yer osti manbalar - quduqlar, buloqlar, jihozlangan kaptajlar
G. ochiq manbalar daryo, suv omborlari, yuzaki suvlar
6. Oqsil uchligi bo’yicha suvning organik moddalar bilan ifloslanish davrini
ta’riflang:
A. ammoniy tuzlarining bo’lishi -suvni yangitdan ifloslanishi;
B. nitritlarning bo’lishi-nisbatan vaqt o’tganligidan dalolat;
V. nitratlarning bo’lishi-uzoq muddatli ifloslanish;
G. uchchala komponentning bo’lishi-muntazam ifloslanish.
254
D. suvda nitritlarning bo’lishi yangi ifloslanish
e. nitrit va nitratlarning bo’lishi yangitdan ifloslanganlik
J. ammoniy tuzlarining hosil bo’lishi uzok muddatdagi ifloslanish
Do'stlaringiz bilan baham: