5.8.
Havzalardagi suvning organik ifloslanish ko’rsatkichlarini tekshirish
usullari
Suvning organik ifloslanganligining gigienik ahamiyati. Ochiq suv
havzalari ko’pincha organik ifloslanishga uchraydi (ahlatlar, peshob,
hayvonlarning o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilar kabi). Bunday ifloslanishga
turli hildagi vaziyatlar sababchi bo’lishi mumkin: tozalanmagan xo’jalik chiqindi
suvlari, hamda sanoat korxonalarining suyuq chiqindi suvlari va qishloq
xo’jaligida hosil bo’ladigan oqava suvlari. Bundan tashqari suv o’tlarining
chirishi, suvda yashovchi hayvonlarning o’lishi va suvga turli hayvonlarning
murdalari tushishi mumkin. Harqanday holatda ham suvga katta miqdordagi
organik moddalar bilan bir qatorda juda katta miqdorlarda turli xildagi
mikroorganizmlar tushadi, shu jumladan patogen. Shuning uchun suvning
organik ifloslaishi jiddiy epidemiologik havfni vujudga keltiradi.
Suvning organik ifloslanish ko’rsatkichlari aholining suv ta’minoti uchun
foydalanish mumkinligini belgilovchi muhim ko’rsatkich bo’lib qoladi. Bundan
tashqari, organik ifloslanish ko’rsatkichlari suvning tasodifiy yoki ataylab
ifloslantirilganligiga sabab hisoblanadi va bunday ifloslanishning sababini
aniqlash va uni yo’qotishni talab qiladi. Organik ifloslanishning to’g’ridan-to’g’ri
ko’rsatkichini aniqlash juda murakkab, shuning uchun bu ko’rsatkich sifatida
Gigiyena amaliyotida ayrim noorganik kimyoviy ifloslanish ko’rsatkichlari
246
bo’yicha baholash qabul qilingan, ammo bu ko’rsatkich suvning organik
ifloslanish darajasini belgilab beradi: KBE (kislorodning biokimyoviy ehtiyoji),
oksidlanuvchanlik, suvda ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar, xloridlar. KBE -
kislorodning biokimyoviy ehtiyoji - bu 20
o
s haroratda 5 soat (KBE-5) yoki 20
kun (KBE-20) davomida 1 litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishi uchun
sarflanadigan kislorodning mg dagi miqdoridir. Suvning ifloslanish darajasi
qanchalik yuqori bo’lsa, KBE shunchalik ortiq bo’ladi. KBE ni aniqlash uchun
20
o
S haroratda namuna olingan vaqtdagi va 5 yoki 20 kundan inkubatsiyadan
keyin 1 litr suvda aniqlanadigan kislorodning farqini topish orqali aniqlanadi.
Aniqlanishi kam vaqtni oladigan, ammo yuqori darajadagi ma’lumot
(informativ) beruvchi usul suvning oksidlanuvchanligini aniqlash hisoblanadi.
Suvning ousidlanuvchanligi - bu 1 litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishi
uchun kerak bo’ladigan kislorod miqdoridir. Toza suvning oksidlanuvchanligi 2-3
mg dan yuqori emas, ammo suv organik moddalar bilan ifloslanganda 1 litr suv
uchun bir necha o’n mg gacha ko’tarilishi mumkin. Suvning oksidlanuvchanligi
permanganat usulida aniqlanadi. Usulning mohiyati shundan iboratki, suvda
bo’ladigan organik moddalarning oksidlanishi kislotali muhitda qaynatilganda
kaliy permanganatdan ajaralib chiqadigan kislorod hisobiga boradi. Parchalangan
permanganat kaliyning miqdoriga qarab suvning oksidlanuvchanligi hisoblab
topiladi. Tekshirish bajarish tartibi: 200 ml li kimyoviy kolbaga 100 ml
tekshiriluvchi suv solinadi, 5 ml 25% sulfat kislota qo’shiladi va 10 ml kaliy
permanganat eritmasini solib qaynab chiqqandan so’ng 10 daqiqa davomida
qaynatiladi. Qaynatish oxirida eritma pushti rangda qolishi kerak, Agar suv
rangsizlanib ketsa yoki sariq rangga o’tsa, bu solingan kaliy permanganatning
kam ekanligidan dalolatdir, chunki u ajratgan kislorod suvdagi organik
moddalarni to’liq oksidlanishi uchun yetarli bo’lmagan. Bunday holatda kolbaga
yana 10 ml kaliy permanganat eritmasi solib yana 10 daqiqa davomida
qaynatiladi. Kolbaga solingan kaliy permanganatning umumiy miqdori aniqlanadi
(V
1
). Kolbani plitkadan olish bilan unga 10 ml 0,01 n shovul kislotasi eritmasi
247
solinadi. Shovul kislotasi organik birikma hisoblanadi va issiq kislotali muhitda
qolgan kaliy permanagant bilan oksidlanishga uchraydi, shuning uchun kolbaga
shovul kislota solinganda kolbadagi eritma rangiszlanib ketadi. Eritma
rangsizlangandan keyin kolbada oksidlanishga ulgurmagan bir qism shovul
kislotasi qoladi, shuning uchun issiq eritmani shu zahotiyoq 0,01 n kaliy
permanganat eritmasi bilan och pushti rang hosil bo’lguncha titrlanadi. Titrlash
uchun sarflangan kaliy permanganat miqdori V
2
bilan ifodalanadi. Kaliy
permanganatning titrini aniqlash uchun shu kolbaning o’ziga yana 10 ml shovul
kislotasini solib, yana kaliy permanganat bilan och pushti ranggacha titrlanadi -
V
3.
Suvning oksidlanuvchanligi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
X =
mg/l, bu yerda
(V
1
-V
2
) - suv namunasidagi organik modda + 10 ml shovul kislotani titrlash
uchun ketgan kaliy permanganatning miqdori;
V
3
-keyingi 10 ml shovul kislotaning o’zini titrlashga ketgan kaliy permanganatning
miqdori;
K - kaliy permanganatning titriga to’g’rilash koeffitsienti; K = 10 : V
3
0,08 - 1 ml 0,01 n kaliy permanganat hosil qiladigan kislorod miqdori;
1000 - 1 litrga aylantirish;
100 - tekshirish uchun olingan suvning miqdori.
Hisoblash misoli: 100 ml tekshiriluvchi suvga 10 ml kaliy permanganat
solingan, ќaynatgandan keyin eritma rangsizlandi, shuning uchun yana 10 ml
kaliy permanganat solindi (ya’gi V
1
-20 ml ni tashkil etdi). Shovul kislota birinchi
marta ќo’shilgandan so’ng titrlash uchun 5 ml kaliy permanganat sarflangan (V
2
),
ikkinchi marta shovul kislota quyilgandan keyingi titrlash uchun 9,5 ml kaliy
permanganat eritmasi sarflangan (V
3
) . Demak K = 10: 9,5 = 1,05
X =
= 13 mg/l;
248
Ochiq havzalardagi suvlari ko’pincha organik ifloslanishga duchor bo’ladi
(ahlatlar, siydik aralashmalari, hayvon o’liklari, suyuq va qattiq chiqindilarning
tashlanishi); bu chiqindilarning tarkibida ko’pincha oqsilli moddalar, shu
jumladan
kasallik
tarqatuvchi
mikroorganizmlar
uchraydi.
Ifloslangan
havzalardagi suvlar o’zgarishsiz yotmaydi, balki suvning suyulishi, quyosh nuri
tarkibidagi ultrabinafsha nurlar, suvdagi organizmlarning yutishi, mikroblarning
o’lishi, saprofitlarning antogonistik ta’siri, biokimyoviy parchalanish, oksidlanish
va b. tufayli o’z-o’zidan tozalanishga uchraydi va tarkibidagi iflosliklardan
tozalanadi. Organik moddalarning parchalanishi anorganik moddalarning hosil
bo’lishi bilan yakunlanadi va moddalarning tabiatdagi bir muhitdan ikkinchi
muhitga, bir turdan ikkinchi turga o’tishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Mas.,
oqsil moddalarning parchalanishi natijasida bir qator azot tutuvchi anorganik
moddalarga o’tishi bilan boradi: oqsillarning parchalanishidan hosil bo’ladigan
birinchi azot tutuvchi anorganik modda ammiak hisoblanadi, so’ngra azotli
birikmalar hosil bo’ladi. Oqsillarning mineralizatsiyalanishi nitratlarning hosil
bo’lishi bilan yakunlanadi. Suvda ammoniy tuzlarining, hamda nitritlar va
nitratlarning (oqsil uchligi) bo’lishi suvning organik moddalar bilan
ifloslaganligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Suvda faqat ammoniy
tuzlarining aniqlanishi suvning yangi ifloslanishi ko’rsatadi, nitritlar yaqinda
ifloslanish, nitratlarning topilishi esa, ilgaridan ifloslanishdan darak beradi.
Uchachala komponentning bo’lishi suv manbaining muntazam ifloslanishidan
darakdir. Shuni nazarda tutish kerakki, suvdagi nitratlar tabbiy kelib chiqishga
ega bo’lishi yoki azotli mineral o’g’itlarning qo’llanishi natijasida bo’lishi
mumkin.
Oqsil uchligi tuzalarini aniqlash kimyoviy usullarda bajariladi, shu bilan birga
hamma tekshirishlar sifat tekshirishidan boshlanadi.
Oqsil uchligini aniqlash. Ammoniy tuzlarini aniqlashning sifat reaktsiyasi.
Nessler reaktivi yordamida bajariladi (sulema va kaliy yodidining ikki asosli tuzi),
agar suvda ammoniy tuzlari bo’lsa u sariq rang hosil qiladi (ammoniy tuzlari katta
249
miqdorda bo’lsa - zarg’aldoq sariq yoki qizg’ish) va bu yodli merkuramoniyning
hosil bo’lishi demakdir – NN
2
Ng
2
IO.
1.
Probirkaga 5 ml tekshiriluvchi suv olinadi
2.
5 tomchi 50% li segnet tuzi eritmasi qo’shiladi
3.
5 tomchi Nessler reaktivi qo’shiladi
4.
Sariq yoki zarg’aldoq rang hosil bo’lishi ammoniy tuzi borligini ko’rsatadi
Miqdoriy aniqlash. Nessler reaktivi bilan eritmadagi optik zichlikni
aniqlashga asoslangan. Tekshirish o’tkazganda kalibrlangan grafik tuziladi, bunda
foydalaniladigan eritmalarga ammoniy xloridining o’sib boruvchi miqdorni
qo’shilishi bilan eritmaning optik zichligini aniqlashga asoslanadi: 0, 0,1, 0,2, 0,5,
1,0, 1,5, 2,0, 3,0 ml standar eritmadan iborat bo’lib, uning 1 ml da 0,05 mg NN
4
+
bor. Hamma namunalarga 1 ml dan segnet tuzi eritmasi va Nessler reaktivi
solinadi, so’ngra 50 ml li hajmgacha ammiaksiz distillangan suv solinadi.
Eritmalarning optik zichligi FEK ning ko’k rangli svetofiltrida aniqlanadi
.
Kalorimetrik
probirka
raqami
NN
4
SI
Standart
eritmasi,
Namuna-
dagi NN
4
miqdori,
ml
Distil.
suv, ml
Segnet
uzi
eritmasi,
ml
Nessler
eritmasi
1
0
0
10
0,5
0,5
2
0,1
0,005
9,9
0,5
0,5
3
0,2
0,01
9,8
0,5
0,5
4
0,3
0,025
9,7
0,5
0,5
5
0,4
0,05
9,6
0,5
0,5
6
0,5
0,1
9,5
0,5
0,5
7
10ml
dis.suv
?
-
0,5
0,5
7 probirkadagi rangni (oq fonda yuqoridan pastga qarash) standart qatordagi
probirkalarda hosil bo’lgan ranglar bilan taqqoslanadi va qaysi probirkadagi
rangga mos kelsa, uni quyidagi formula bilan hisoblab topiladi.
250
X =
mg, bu yerda
S - tekshiriluvchi probirkadagi rang standart qatoridagi qaysi probirkadagi rangga
to’g’ri kelgan bo’lsa, shu probirkadagi ammiakning miqdori;
10 - standart namunalarning hajmi;
100 - 10 ml suvni 1 l o’tkazish.
Tekshirish uchun 10 ml tekshiriluvchi suv olingan, bu holda
soddalashtirilgan tarzda hisoblash quyidagicha bo’lishi mumkin:
x=
Do'stlaringiz bilan baham: |