6.2. Bolalar va o’smirlarni salomatlik holati va jismoniy rivojlanishini
o’rganish.
Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari aholi salomatligi holatining muhim
ko’rsatkichi hisoblanadi. Salomatlik tushunchasiga asoslangan holda jismoniy
rivojlanganlikni, uning muhim ko’rsatkichi deb tushunmoq kerak. Jismoniy
rivojlanganlik tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatilishi mumkin.
1.
organizmning shakllanishi, yetilishi va uning biologik yoshga monandligi.
2.
ma’lum bir funktsional davr ichida organizmning morfofunktsional holati.
Ko’pincha bu tushunchani ikkinchi ma’noda, ya’ni ma’lum bir davrdagi
tushuncha sifatida ishlatiladi. Hozirgi davrda bolalarning jismoniy rivojlanishini
o’rganishda faqat morfologik, funktsional belgilargina emas, balki organizmning
biologik taraqqiyot darajasi ham aniqlanadi. Jismoniy rivojlanganlik organizmning
morfologik, funktsional belgilari yigindisini bildiradi. U organizmning o’sishi va
264
yetilishini ta’riflaydi. Jismoniy rivojlanganlik antoropometrik belgilar yordamida
ta’riflanadi. Bu belgilar o’sayotgan organizmdagi plastik jarayonlar hajmini aks
ettiradi (tana, vazni, bo’yi, ko’krak qafasi aylanasi va boshqalar).
Jismoniy rivojlanish ijtimoiy sharoitlarga ham bog’liq. Buni ko’pchilik
olimlarning izlanishlari ko’rsatadi. Ana shu sababdan jismoniy rivojlanganlik
o’sayotgan avlodning yashash va tarbiyalanish sharoitlarining muhim
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi va sog’lomlashtirish tadbirlari samaradorligi
nazorat qilishning ob’ektiv usulidir.
Oxirgi yillarda bolalar va o’smirlar jismoniy rivojlanishni baholash uchun
kompleks baho sxemasidan foydalanilmoqda. Bu sxemada bolaning biologik
taraqqiyot darajasi, organizmining morfofunktsional holati hisobga olingan.
Bolaning biologik yoshini aniqlaganda bo’yi, bo’yining har yillik o’sishi,
tishlarining rivojlanganligi va jinsiy balog’atga yetganlik darajasi hisobga olinadi.
Bu ko’rsatkichlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq.
Bo’y ko’rsatkichi biologik taraqqiyot darajasi ko’rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Bolaning bo’yi va jinsiy balog’atga yetish darajasi, ossifikatsiya
jarayonlari o’rtasida korrelyatsiya boglanish mavjudligini ko’pgina ilmiy
tekshiruvlar ko’rsatadi. Chunonchi bo’yi baland o’smirlarda ikkilamchi jinsiy
belgilar rivojlanishi ko’proq uchraydi, ossifikatsiya jarayonlari ilgarilagan bo’ladi.
Doimiy tishlarning chiqishi ko’rsatkichi 13-14 yoshgacha ahamiyatli, chunki bu
yoshgacha kelib ko’pchilik bolalarda sut tishlari o’rniga doimiy tishlar chiqqan
bo’ladi. Jinsiy balog’atga yetish darajasi biologik taraqqiyot darajasini ko’rsatuvchi
juda ishonchli ko’rsatkich hisoblanadi.
Oxirgi yillarda jismoniy rivojlanganlikni o’rganishda bola organizmining
biologik rivojlanishi darajasini aniqlash va o’rganish hisobiga kengayib bormoqda.
Buning natijasida jismoniy rivojlanishni jadallashuvini akseleratsiyani aniqlashga
muvofiq bo’lindi. Hozirgi vaqtda jismoniy rivojlanganlikni baholashni kompleks
usuli taqlif qilingan bo’lib, bunda organizmning morfofunktsional holati va
biologik rivojlanganlik darajasi inobatga olinadi.
265
Bolalik yoshni aniqlanishitda quyidagilarni inobatga olish maqsadga
muvofiq hisoblanadi: tana uzunligi, bo’y o’sishini yillik ko’rsatkichi, tishni
rivojlanishi va jismoniy rivojlanish. Bu ko’rsatkichlar yoshning ulg’ayishi bilan
chambarchas bog’liqdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning biologik rivojlanganligi yetakchi
ko’rsatkichi bo’lib tana uzunligi va doimiy tishlar soni hisoblanadi.
O’rta va katta maktab yoshidagilar uchun ikkilamchi jinsiy belgilarni
rivojlanganlik darajasi va buy o’sishi jarayonlari alohida ahamiyatga ega bo’lib,
shu bilan bir qatorda tishlarning rivojlanishi va tana uzunligi ham alohida e’tiborga
olinadi (6.2.1-jadval).
6.2.1-jadval
Maktab yoshidagi qizlarning biologik rivojlanganlik ko’rsatkichlarining darajasi
Yoshi Tana
uzunligi
Tana
uzunligini
ng yillik
o’sib
borishi
Panjani suyaqlanishi
Doimiy
tishlar
soni
Ikkilamchi jinsiy
belgilarning
rivojlanishi
7
M
4-5
Panja
suyaqlarining
yadrosini
suyaqlanishi
(no’xatsimonlardan
tashqari)
va
bilak
suyagining epifiz qismi
ham.
9-3
Ma R
o
Ax
o
8
M
4-5
Bilak
suyagidagi
so’rg’ichsimon
o’siqni
paydo
bo’lishi
va
shakllanishi
12-3
Ma
o
R
o
Ax
o
9
M
4-5
Surg’ichsimon o’siqning
yaqqol ko’rinishi
15-3
Ma
o
R
o
Ax
o
266
10
M
4-5
No’xatsimon
suyaqlarning shakllanishi
19-3
Ma
o
R
o
Ax
o
11
M
5-6
Kekirdakni rivojlanishi
20-3
12
M
6-7
22-3
Ma
o
R
o
Ax
o
Men
hayz davri
Ushbu jadvaldan o’rtacha yoshga o’zgartirish kiritilgan holda qo’llanilishi
mumkin. Masalan, agar joylardagi o’rtacha yosh 12 yosh jadvaldagi hamma
ko’rsatkichlar o’g’il bolalar va qiz bolalar uchun bir yilga surilishi mumkin.
Biologik yoshni kalendar yoshiga mos kelishi aniqlanganidan keyin organizmning
morfofunktsional holati baholanadi. Buning uchun regressiya shkalasi “tana
uzunligiga binoan” va yoshga nisbatan tuzilgan standartlarning funktsional
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Morfologik status esa asosiy ko’rsatkichlarning
absolyut ko’rsatkichlari bilan emas, balki ular orasidagi nisbati bilan baholanadi.
Tana vazni bilan ko’krak aylanasi uzunligini mos kelishi inobatga olinadi. Salbiy
baholanishi–teri osti yog qavatining haddan tashqari rivojlanganligi, shunga
bog’liq holda tana vaznini va ko’krak aylanasi uzunligi ko’rsatkichi yuqori
bo’lishidir.
Funktsional ko’rsatkichlari yoshga binoan tuzilgan me’yorlari bilan
solishtirib baholanadi. Tana vazni va ko’krak qafasining aylanasi uzunligining bir-
biriga bo’lgan nisbatiga binoan jismoniy rivojlanganlik garmonik ya’ni monand
(norma),
disgarmonik-monand
bo’lmagan
yoki
keskin
disgarmonik–deb
baholanishi mumkin.
Garmonik-normal-monand - jismoniy rivojlanganlikda tana og’irligi, ko’krak
qafasining aylanasi va tana uzunligi bir-biriga mos - monand bo’ladi yoki bo’lmasa
bir sigma oralig’igacha (z R) farqlanishi mumkin.
Disgarmonik “monand bo’lmagan” jismoniy rivojlanganlikda tana vazni va
ko’krak qafasining aylanasi o’rtacha ko’rsatkichdan 1,1-2,0 sigma oralig’igacha,
yog qavatining qalin bo’lishi hisobiga farq qilishi mumkin.
267
Keskin disgarmonik jismoniy rivojlanganlikda tana vazni va ko’krak
qafasining aylanasi 2,1 va undan ko’proqqa, o’rtacha ko’rsatkichdan kamayib
ketgan yoki oshib ketgan bo’lishi mumkin. Disgarmonik va keskin disgarmonik
rivojlanganlikda ko’pincha funktsional ko’rsatkichlar o’rtachadan past bo’lishi
kuzatiladi.
Bolalarning jismoniy rivojlanganligini kompleks usulida baholash quyidagi
sxemada ifodalangan (6.2.2-jadval).
Sxema asosida yoshga xos bo’lgan me’yordan ortiq yoki kam tomonga
bo’lgan o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Shunday qilib, bolalar va o’smirlarni
salomatligi guruhlari bo’yicha bo’lganda kasalliklari, patologik shikastlnishlari
hamda jismoniy rivojlanganlikni baholash natijalari inobatga olinadi.
6.2.2-jadval
Bolalarning jismoniy rivojlanganligini kompleks usulida baholash
Biologik
darajasi
Morfofunktsional
holat
Tana,vazni,
ko’krak
qafasining aylanasi
Funktsional
ko’rsatkichlar
Yoshiga mos
kelgan
Garmonik monand +1 va undan yuqori
bo’lgan
mushaklar
rivojlanishi hisobiga
+ 1 va 1 yuqori
Yoshiga
nisbatan
yuqori
Disgarmonik
+1 dan +2 gacha yog
qavatining
qalinligi
hisobiga
1 dan 2 gacha
Yoshiga
nisbatan
orqada
qolgan
Keskin
disgarmonik
- 2 dan past bo’lgan
+2 va undan yuqori
yog qavatining qalin
bo’lishi hisobiga
-2 va -3 undan
past
Sxemaga
Eslatma
O’rtacha
kvadrat
og’ish
regressiya
shkalasi
268
Hozirgi vaqtda tashki muhit omillarining ta’siri keng ko’lamda
o’rganilmoqda, shuningdek o’sib kelayotgan yosh avlodning salomatligiga ijtimoiy
sharoitning ta’siri o’rganilmoqda.
O’smirlar organizmiga ishlab chiqarishdagi kimyoviy omillarni noqulay
ta’siri o’rganilgan (Mamedov A.M, Kondrateva I.I., 1974: Kramerenko I.B. 1975
va boshqalar).
Atmosfera havosi ifloslangan joylardagi bolalarda uchraydigan nafas
yo’llarining nospetsifik kasalliklari orasida bog’liqlik borligi aniqlangan
(Minnibaev T.Sh. 1969, Korneev Yu.Ye., Cherenanov Ye.M. 1974, Sarkisyants
E.E. va b.).
O’zbekistondagi bolalarning jismoniy rivojlanganligi bilan oilaning ta’minoti,
yashash sharoitlari, ota-onalarning ma’lumotlari orasida bog’liqlik borligi
aniqlangan (Mirokova, Divaeva V.P., Babadjanov S.N., Ushnurtseva O.V.,
Ismoilov V.N.).
Bolalar va o’smirlarning salomatligi tekshirilayotganda 4 belgi inobatga olinadi:
1.
Olingan jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari va ularni rivojlanishi.
2.
Organizm asosiy tizimlarining funktsional holati.
3.
Surunkali kasalliklari bor-yo’qligi.
4. Organizmning noqulay tashqi muhit omillariga qarshi kurashish qobiliyati.
gigiyenik nuqtai nazardan bolalarning salomatligiga baho berishda yuqorida
keltirilgan 4 ta belgini inobatga olish muhim ahamiyatga ega.
Bolalar salomatligi bo’yicha 5 guruhga bo’linadi:
1-
guruhga sog’lom, surunkali kasalliklari yo’q, ruhan hamda jismonan yoshiga xos
o’zgarishlari bo’lgan, kam kasal bo’ladigan bolalar;
2-
guruhga sog’lom, lekin tez-tez kasal bo’ladigan, organizmida morfologik va
funktsional o’zgarishlari bor bolalar;
3-guruhga kompensatsiya davrida ro’y beradigan surunkali kasalligi bor, kasalligi
bo’lishiga qaramay kam kasal bo’ladigan hamda yuqori ish qobiliyatiga ega
bolalar;
3-
guruhga subkompensatsiya davrida kuzatiladigan surunkali kasalligi bo’lgan,
269
tez-tez kasal bo’lib turadigan, ish qobiliyati susaygan bolalar;
4-
guruhga dekompensatsiya davrida yuz beradigan surunkali kasallikka chalingan
bolalar kiradi.
5-guruhga dekompensatsiya davrida yuz beradigan surunkali kasallikka chalingan
bolalar kiradi
Birinchi guruhdagi bolalar o’quv dasturini to’la bajarishlari va istalgan sport turi
bilan (yoshiga qarab) shug’ullanishlari mumkin.
Ikkinchi yoki «tavakkal» guruh bolalari tibbiyot xodimlarining doimiy
kuzatuvida bo’lib, ular (surunkali kasalliklarning oldini olish uchun) bir qator
sog’lomlashtirish tadbirlariga muhtojdirlar.
Qolgan uch guruhga kiruvchi bolalar dispanser ixtiyorida bo’lishi kerak. Bunda
ular tegishli tibbiy yordam olishlari mumkin.
Salomatlik guruhi hamda jismoniy rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar shaxsiy
tibbiy daftarchasi (№ 026/U shakli)ga yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |