O’sish va rivojlanish bir tekisda kechmaydi
yani,o’sish va rivojlanish
jarayonlari, uzluksiz davom etadi, lekin turli yoshlarda bir xilda kechmaydi,
turlicha bo’ladi. Bir yoshgacha bolaning bo’yi 47% ga, umrining ikkinchi yilida
13% ga, uchinchi yili – 9% ga (foizga) o’sadi. 4-7 yoshlarda uning bo’yi yiliga 5-7
% (foizga), 8-10 yoshida esa -3% (foizga) ortib boradi
Jinsiy balog’atga yetish davrida o’sishning tezlashuvi kuzatiladi.Yiliga bola 8-10
sm ga o’sishi mumkin, 16-17 yoshida o’sish yana sekinlashadi, 18-20 yoshida esa
bo’y o’sishi asosan to’xtaydi. Tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi va organizmning
boshqa a’zo va tizimlarining o’sishi va rivojlanishi ham umuman olganda ana shu
bir tekisda rivojlanmaslik qonuniyatiga bo’ysinadi.
260
Turli a’zo va tizimlar o’sish va rivojlanishi bir paytning o’zida sodir
bo’lmaydi
. Bola organizmi bir butun deb olinsa ham, uning turli a’zo va tizimlari
bir xil
rivojlanmaydi (geteroxronik). Bu holatni P.K.Anoxin organizmning yashab
ketishi uchun eng zarur bo’lgan tizimlar va funktsiyalar birinchi navbatda va
tezlikda rivojlanishi mumkinligi bilan tushuntiradi.
Umrining birinchi yillarida asosan bosh miya massasi tez ortadi: yangi
tug’ilgan bolada u 360-390 g bo’lsa, birinchi yilning oxirida u 2-2,5 marta ortadi,
uchinchi yilning oxirida esa 3 marta ortadi va 1,100 g ga yetadi. 7 yoshli bolaning
miyasi 1250 g og’irlikka ega bo’ladi, keyinchalik esa miya massasasi juda sekin
ortadi. 7 yoshli bola miyasining po’stloq qavati yuzasi katta odamlarnikining 80-
90% ni (foizni) tashkil qiladi, chunki bu davrda shartli reflekslar jadal shakllanadi.
Limfa tizimi esa kechroq -10-12 yoshlarga kelib yaxshi taraqqiy eta boshlaydi.
Qaysi bir funktsional tizim jadal o’sib rivojlanayotgan bo’lsa, u omillar
ta’siriga o’ta sezgir bo’lishi aniqlangan. Masalan, miyaning jadal rivojlanish
davrida organizm ovqat tarkibida oqsil tanqisligiga sezgir, so’zlash harakatlari
rivojlanishi
davrida–so’zlashish,
muloqotda bo’lishga sezgir, harakatlar
rivojlanishida esa harakat faolligiga sezgir.
Bola organizmining turli ishlarni bajarishga qodirligi, tashqi muhit
omillariga chidamliligi turli funktsional tizimlar yetuklik darajasiga bog’liq.
Chunonchi, bosh miya qobig’ining integral funktsiyasini ta’minlovchi funktsiyasi
sekin-asta 6-7 yoshlarda yetiladi, o’qishni boshlash mumkinligini ko’rsatadi. Shu
sababdan bundan yoshroq bolalarni ko’p o’qitish ularning keyinchalik
rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Atmosfera havosidan kislorodning to’qimalarga yetkazib beradigan tizim
ham sekin-asta rivojlanadi va 16-17 yoshlarga kelib yetiladi. Shuni hisobga olgan
holda gigiyenistlar bolalarga jismoniy ish bajarishni cheklaydilar. O’smirlik
davriga kelib yurak-qon tomir, nafas tizimalari morfofunktsional yetilgandan
keyingina ularga og’irroq jismoniy ishlarni qilishi, chidamliligini rivojlantirish
mashqlari bajarishga ruxsat berish mumkin. Xulosa kilib aytish mumkinki,
261
organizmning turli xil o’quv, mehnat va sport faoliyatiga tayyorgarligi bir xilda
shakllanmaydi. Shuning uchun turli xil ishlarni bajarish, turli analizator va
funktsional tizimlarga ta’sir etuvchi atrof muhit omillari ham turlicha
me’yorlanadi. Turli a’zo va tizimlar o’sish va rivojlanishi geteroxronligi qonuniyati
turli tashqi muhit omillari, faoliyatlarni bolalar va o’smirlar uchun me’yorlashga
ilmiy asos bo’lib hisoblanadi.
Turli jinslarda o’sish va rivojlanishni o’ziga xos kechishi.
Jinsiy farq qilish –
bu modda almashinuvi, o’sish va rivojlanishning kechishi xususiyatlarida namoyon
bo’ladi. Masalan, balog’atga yetguncha o’g’il bolalar atropometrik ko’rsatkichlari
qizlarnikidan yuqoriroq bo’ladi. Balog’atga yetish davrida qizlarning bo’yi, tana
vazni va ko’krak qafasi aylanasi shu yoshdagi o’g’il bolalarnikidan kattaroq bo’lib
qoladi. 15 yoshida o’g’il bolalarning o’sishi jadallashadi va ular yana qizlardan
bo’y-basti kattaroq bo’lib qoladilar. Bu bilan bir vaqtning o’zida ko’pgina
funktsional tizimlar, ayniqsa, mushak, nafas, yurak qon tomir tizimari rivojlanishi
ham bir xilda bo’lmaydi. Masalan, barcha yoshdagi o’g’il bolalar va o’smir
yoshdagi o’g’il bolalarning qo’l bilaqlari va yozuvchi mushaklari kuchliroq
bo’ladi, qizlarga nisbatan o’g’il va qiz bolalar faqat jismoniy ish qobiliyatlari
bo’yichagina emas, balki ruhiy fiziologik ko’rsatkichlar bo’yicha ham farq
qiladilar.
Jinsiy dimorfizm jismoniy mashqlarni gigiyenik me’yorlashda, o’quv
tarbiyaviy jarayonlarni tashkil qilishda hisobga olinadi. Bu o’quvchilarni kasbga
yo’naltirishda, sportga tanlashda va yosh sportchilarni tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega.
Kritik holatlarda organizm hayotini saqlab qolishga qaratilgan tizimlar
puhtaligi mavjud bo’lsa ham bolalar va o’smirlar o’quv, mehnat va sport faoliyatini
tashkil qilishda optimal zo’riqishlar ruxsat etiladi.
Gigiyenist olimlarimiz tomonidan o’sayotgan organizmga uning funktsional
holatlarini hisobga olgan holda o’quv mashklari berish va uning salomatligini
muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida trenirovka mashqlari belgilash
262
maqsadga muvofiqligi nazariyasi ilgari surilgan. Bir vaqtning o’zida rezerv
xususiyatlarini ko’paytirish, tabiat in’om etgan barcha imkoniyatlarini to’liq ishga
solish uchun har bir bolaga ma’qul keladigan, to’g’ri keladigan tavsiyalar beriladi.
O’sish va rivojlanish jarayonlarining genetik – irsiy va tashqi muhit omillari
ta’sirida farqlanishi.
Genetik omil o’sish va rivojlanish tempini, alohida a’zo va
tizimlarining voyaga yetishini belgilab beradi. Lekin tashqi muhit omillari ta’sirida
chetga chiqishni kuzatish mumkin.
O’sish va rivojlanishning notekisligi qonuniyati turli yosh bolalar va
o’smirlarni guruhlashtirishga va o’sish va rivojlanish davrlarini belgilashga ilmiy
asos bo’ladi. Bu o’quv tarbiyaviy jarayonlarni to’g’ri tashkil qilish, bolaning yasli,
bog’cha, maktabga borish vaqtini, mehnat faoliyatini belgilash vaqtlarini va
boshqalarni to’g’ri belgilash uchun kerak.
Shuning uchun yetilish davrini bir nechta
yosh davrlariga
ajratilgan.
«Yosh davri» tushunchasiga o’sish va rivojlanish, organizmning fiziologik
xususiyatlari o’xshash, bir xil bo’lgan davr kiritilgan. Bu davr ichida organizmning
tashqi muhit ta’sirotlariga beradigan javob reaktsiyasi deyarli o’xshash bo’ladi.
Shu bilan birga bu davr ichida organizm morfofunktsional rivojlanishining ma’lum
bir bosqichi tugallanadi va turli ishlarni bajarishga tayyorgarlikga erishiladi.
1965 yil Moskvada bo’lib o’tgan Halqaro simpoziumda organizmning o’sish va
rivojlanish xususiyatlarini baholashga asoslangan davrlar belgilangan. Uni biologik
sxema deb ham ataladi, uning asosida 7 ta yetilish davri belgilangan (6.1.1-jadval).
Bolalar va o’smirlarni yoshga oid davrlari
6.1.1-jadval
№
Yetilish davrlari
1
Yangi tug’ilgan chaqaloqlik davri
1-10 kun
2
Emizikli davri
11 kundan 1 yoshgacha
3
Ilk bolalik davri
1-3 yoshgacha
4
Birinchi bolalik davri
4-7 yoshgacha
5
Ikkinchi bolalik davri
8-12 (o’g’il bolalar)
263
8-11 (qizlar)
6
O’smirlik davri
13-16 yosh (o’g’il bolalar)
12-15 (qizlar)
7
O’spirinlik
17-21 (o’g’il bolalar)
16-20 (qizlar)
Bundan tashqari ijtimoiy asoslangan yosh davrlariga ajratish sxemasi ham
bor (6.1.2-jadval).
6.1.2-jadval
№
Ijtimoiy yosh davrlari
yoshi
1.
Yasli yoshi
3 yoshgacha
2
Bog’cha yoshi
3-7 yoshgacha
3
Maktab yoshi
7/6 -10 yosh (kichik)
11-14 yosh (urta)
4
O’smirlik davri
15-18 (katta maktab)
Do'stlaringiz bilan baham: |