Maktabga yetuklik
– bu morfologik, fiziologik, ruhiy va ijtimoiy rivojlanish
darajasi bo’lib, qaysiki bolalarga muntazam o’qish talablarini bajarish imkonini
beradi.
An’anaviy tarzda maktabga yetuklikni to’rtta jihati farqlanadi:
jismoniy,
intellektual, emotsional, ijtimoiy
.
Jismoniy yetuklik
– bu jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari va bola
organizmining salomatlik holati.
Intelektual yetuklik
– deganda diqqat e’tiborni jamlay olishi; hodisalar orasidagi
o’zaro bog’liqlikni tushuna olish qobiliyati; mantiqiy eslab qolish imkoni; berilgan
namunani qayta ishlab berishni bila olishi. Intellektual yetuklik bosh miya
strukturasini funktsional yetukligini ifodalaydi.
Emotsional yetuklik
–
asosan impulsiv reaktsiyalarni pasayishini va uzoq
vaqt davomida o’ziga jalb qilmaydigan vazifani bajarish, ya’ni o’zini tutishini
boshqaruvchanlikni rivojlanganligini ifodalaydi.
Ijtimoiy yetuklik
– bolani o’zini tengqurlari bilan muloqatga kirishish
ehtiyoji, bolalar guruhiga oid qonuniyatlarga bo’ysinishni bilishi va hamda
277
maktabni o’qitish vaziyatida o’zini o’quvchi rolini bajarish qobiliyati, o’qituvchini
tinglash va ko’rsatmalarini bajarishi ko’zda tutiladi.
Maktabga yetuklik davriga tayyorgarligi ruhiy-fiziologik test (Kern. Iraseka) orqali
ko’ruv analizator faoliyati, ruhiy holati tekshiriladi, unda 3 ta kvadratli qog’oz
ko’rsatilib (6.4.1-rasm):
1.
Odam rasmini chizish ( 1 ball - shakl to’g’ri, 2-3 ball - shakl noto’g’ri)
7.4.1-rasm.
2. 10 ta nuqta qo’yish (hamma nuqtalar qo’yish….- 1 ball, 2-3 ball - nuqtalar
…qo’yilmagan)
7.4.2-rasm.
7.4.2-rasm.
3. So’zdan gap tuzish kabi mashqlar beriladi va ball sistemasi asosida baholanadi.
Har bir vazifa 1 balldan (eng yaxshi baho) 5 ballgacha (eng yomon baho)
baholanadi. Uchta vazifani bahosini yig’indisi umumiy ballni beradi. Maktabga
yetuklikga erishgan bolalarda umumiy baho
3-5 ballni, o’rta yetuklikda– 5-9 ballni,
278
maktabga yetuk bo’lmagan hollarda– 10 ball va undan yuqorini tashkil qiladi.
Bunday testdan foydalanish bolani ruhiy rivojlanish, harakatlar koordinatsiyaisi,
fikrlash darajasini va maqsadli harakatlarga bo’lgan qobiliyatini aniqlash imkonini
beradi.Bu test bo’yicha aniqlanadigan maktabga yetuklik darajasi somatik
ko’rsatkichlar, ya’ni organizmning turli tizimlar faoliyati ko’rsatkichlari bilan
mutanosiblikga ega. Maktabga yetuklik darajasi past bo’lgan bolalarda maktab
hayotiga xos bo’lgan yangi sharoitga ko’nikish qiyinroq kechadi. Ularda aqliy ish
qobiliyati past,ko’proq charchash, o’quv faoliyatga ko’nikish davri uzoqroq
kechishi kuzatiladi.
Bolalarni maktabgacha bir yil avval tekshirishda alohida e’tiborni qaratishni talab
etadi.
Tibbiy va gigiyenik jixatdan olganda bolalarning o’quv jarayoniga moslashuvi
maktabga yetuklik funktsional tayyorgarligiga bog’liqdir. Bu masalada yagona fikr
yo’q. Ba’zi bir olimlar «maktabga yetuklikni» baholaganda jismoniy, ijtimoiy va
ruhiy rivojlanganlikni hisobga olishsa, boshqalari alohida a’zo va tizimlar,
uchinchilari – bolalarning maktab bilan bog’liq bo’lgan zo’riqishga tayyorligini
tushunadilar.
Bizning respublikamizda gigiyenist professor M.N.Ismoilov tomonidan
«maktabga yetuklik»ning asosi ayrim a’zo va tizimlarni yetarlicha funtsional
tayyorgarligiga bog’liq, ularning rivojlanishini kechikishi va bir tekisda
bo’lmasligida deb tushuntiriladi.
Shuning uchun maktabga tayyorgarlikni baholayotganda faqat aqliy rivojlanishni
emas, balki organizmning morfofunktsional holati ham hisobga olinadi.
Shu sababli maktabga yetuklikni aniqlashda quyidagiga ahamiyat berish kerak.
1)
Organizmning biologik yetukligini biologik yoshi, pasport yoshiga mos kelishi
(tishlar soni, yetuklanish jarayoni).
2)
Jismoniy rivojlanishni mutanosibligi (standart bo’yicha).
3)
Salomatlik holati (guruhlarga qarab)
279
4)
Organizmning barcha tizimlarining funktsional holati: markaziy asab tizimi,
yurak qon-tomir, fikrlash, bosh miya shartli reflekslarini tormozlanish va nutqni
rivojlanishi (ikkinchi signal sistemasi, psixomotr funktsiyalar).
Maktabga tayyorgarlikni funktsional holatini tekshirish uchun ko’p usul taqlif
qilingan, ular ichida eng ko’p ma’lumot beradigani Kern Irasek testidir.
Odatda pasport yoshiga bolaning yoshi mos kelgan bolalar morfofunktsional
rivojlanganlarining nutqlari yaxshi bo’ladi.
1-2 salomatlik guruhiga kirsa yetuk deyiladi, ularning ish qobiliyati, o’zlashtirish
darajasi yaxshi bo’ladi.
Bog’chadagi bolalarda aqliy ish qobiliyati kun davomida 2 marta ko’tariladi.
Hafta davomida esa 1-3 kunlarida 35 minutdan maktabga tayyorgarlik bo’yicha
dars olib boriladi. Kunning 2 chi yarmida dars bilan shug’ullanmaydi.
Hozirgi paytda maktablar yangi o’quv tizimiga o’tishgan.
Yangi dastur bilan o’qitishda o’quvchilar aqliy zurikishni talab etadi. Shuni
aytish kerakki o’quv mashg’uloti bu katta mehnat talab qiladi. Bolaning organizmi
funktsional holati o’zgaradi. O’quvchining darsda diqqat qilishi miya po’stlog’ini
holatiga bog’liq bo’ladi.
Diqqat qilishning fiziologik asosi bu – miya po’stlog’ining ma’lum bir qismida
quzgalish ko’p bo’ladi boshqa bo’limlarida tormozlanish ko’p bo’ladi.
Esda qoldirish o’tilgan darslarni o’zlashtirish miyada qo’zg’alish jarayonini talab
etadi shu bilan birga farqlangan tormozlanish ham bo’lishi kerak. Boshlang’ich
maktab o’quvchilarida miyada qo’zg’alish jarayoni tormozlanishdan ustun turadi
va farklangan yoki differentsiya jarayoni qiyin hisoblanadi. O’qish, yozish paytida
ko’ruv analizatori zo’riqib ko’ruv yomonlashadi. Charchash davomida eshitish
sezgirligi ham pasayadi.
Ko’pchilik olimlar darsda o’tirgan paytda bo’yin, ensa, orqa mushaklarning
zo’riqishini aniqlaganlar (statik zo’riqish) bilan va panja mushaklari yaxshi
rivojlanmagan va nozik koordinatsiya harakati qiyinligi uchun yozish birinchi sinf
o’quvchilar uchun qiyin hisoblanadi.
280
Shu sababli 1 sinfda darslarning davomiyligi 35 daqiqa, o’quv yili boshida esa
30 daqiqadan va davomli yozish 5-7 daqiqadan oshmasligi kerak
Tanaffuslar 10,15,20 daqiqadan beriladi.
Darsning tuzilishiga qo’yiladigan gigiyenik talablarga o’qitishning ko’rgazmali
va faol ravishda olib borilishi va bir ish turidan ikkinchi ish turiga almashtirish
(fizkult pauza, mikropauza), o’quv kuni va haftani dars jadvalini tuzishda
o’quvchilar ish qobiliyatining kun davomida va hafta davomida o’zgarishini
hisobga olish va boshqalar kiradi.
O’quv jarayonini gigiyenik me’yorlashda uning o’sayotgan, rivojlanayotgan
organizmning imkoniyatlariga mos kelishi ularning funktsional yetukligi hisobga
olinadi.
Gigiyenaning vazifasi o’qitishning murakkabligini saqlagan holda barcha
zo’riqishlarning bolalarning yoshiga mos kelishi va ish qobiliyatini saqlash.
Hozirgi paytda mashg’ulotlar tuzilishga gigiyenik talablar quyidagilardan iborat:
1)
Ratsional kun tartibi va o’qitishni to’g’ri tashkil qilish.
2)
Darslarni to’g’ri olib borishni tashkillashtirish.
3)
Bir kunlik va haftalik soatlar miqdorini me’yorlash.
4)
Darslar va tanaffuslar davomiyligini belgilangan bo’lishi.
5)
Tanaffus va ta’tillar soni va davomiyligini to’g’ri bo’lishi.
Kasbga yo’naltirish masalalarini hal qilish gigiyenistlar, shifokorlar, pedagoglar
va psixologlar oldiga yoshlarni kasbga yo’naltirishni erta va samarali aniqlash
tizimini amalga oshiriladigan yo’lini qidirish vazifasini qo’yadi.
Kasbga yo’nalishni shakllanishi insonda maktab yoshlik yillarida kuzatiladi.
O’smirlik yoshida qiziqish va moyilliklar doirasi kengayadi va mehnat faoliyatida
qatnashishga bo’lgan intilishi yuzaga keladi.Maktab o’quvchilarida kasbga
moyillikni shakllanishi 12 yoshdan 13yoshgacha bo’lgan davrda ko’proq jadal
ravishda kuzatiladi.
Kasbga moyillik 14—15 yoshda stabil harakterga ega bo’ladi. Qizlarda 1-chi
o’rinni faoliyatni “odam — tabiat”, 2-chi — “odam — badiiy tasvir”, uchinchi—
281
“odam — odam” turi egallaydi; o’g’il bolalarda esa, mos ravishda “odam —
texnika”, “odam — tabiat”, “odam — odam”.
Kasbga moyillik ko’proq darajada jins bilan aniqlansa, yetuklik esa yosh
bilan aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda kasbga yo’naltirish uzluksiz ta’limni hamma tizimiga kirib
borishi kerak bo’lib, uning rolini oshib borishi kuzatilmoqda.
Kabga yo’naltirish – bu maktab o’quvchilariga kasb tanlashdashga yordam
berish maqsadida ta’sir etishning ko’p jihatli ilmiy asoslangan tizimidir.
Maktabda
kasbga yo’naltirishni o’tkazishda o’quvchilarning hohishi, ularni salomatlik
holati, har bir shaxsi individual-tipologik o’ziga xosliklari va hamda jamiyatni
ehtiyojlari inobatga olinadi. Kasbga yo’naltirishning muhim shartlaridan biri
kasbni erkin tanlash sharoitlarini yaratish.yu
Do'stlaringiz bilan baham: |