F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Bolalar va o’smirlarni salomatlik va jismoniy rivojlanishi holati. O’suvchi



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

6.1. Bolalar va o’smirlarni salomatlik va jismoniy rivojlanishi holati. O’suvchi 

organizmning o’sish va morfologik o’ziga xosliklarining umumiy 

qonuniyatlari 

 

Gigiyenani  boshqa  bo’limilaridan  farq  qilib  bolalar  va  o’smirlar 



gigiyenasida  hamma  gigiyenik  tadbirlar  asosi  sifatida  turli  yoshga  oid  davrlarda 

ularni anatomo-fiziologik o’ziga xosliklarini hisobga olish yotadi.  

 

Bolalikni turli davrlarga shartli ravishda bo’lish bolalar bilan munosabatni 



yengillashtiradi, ularning rivojlanishini to’g’ri baholashga imkon beradi. Insonning 

hayot siklini shartli ravishda uchta bosqichga bo’lish mumkin: yetilish, yetuklik va 

qarish  davrlari.  Organizmning  bir  bosqichdan  ikkinchi  bosqichga  o’tish  davrini 

belgilash uchun uning o’sish, rivojlanish atrof muhit bilan (shu jumladan ijtimoiy 

muhit bilan) o’zaro aloqalari xususiyatlarini o’rganish kerak. 



 

258 


 

Yangi  tug’ilgan  chaqaloq  tashqi  muhitga  mutlaqo  o’rganmagan  bo’ladi. 

Uning organizmi to’liq yetilishi uchun ko’p yillar, uzoq davom etadigan o’sish va 

rivojlanish davrlari kechishi lozim. 

O’sish  deganda  biz  to’qima  va  a’zolar  hujayralari  ko’payishi,  yangi 

to’qimalar  hosil  bo’lishi  hisobiga  umumiy  massasining  ortishini  tushunamiz. 

Rivojlanish –  bu  sifat, o’zgarishi  bo’lib, a’zo  va  to’qimalarning  differentsiyalanib 

shakllanishi, mukammallanishi va o’zga funktsiyalari paydo bo’lishidir. O’sish va 

rivojlanish bir-biri bilan o’zaro dialektik birlikda, bog’lanishda. Bu organizm hayot 

jarayonining ikki tomoni bo’lib, uning asosida moddalar va energiya almashinuvi 

yotadi. O’sish jarayoni bolalik va yoshlik davrida ayniqsa jadal kechadi va yetuklik 

davriga  kelib  asosan  tugallangan  bo’ladi.  Rivojlanish  esa  yetilish  davrida  jadal 

kechsada, lekin u inson hayotining oxirigacha davom etadi. 

Yetilish  davri  jinsiy  yetuklikka  erishish  bilan  ta’riflanadi.  Lekin  insonning 

yetukligini  faqat  uning  jinsiy  jihatdan  yetukligi  bilan  baholab  bo’lmaydi.  Buning 

yana  bir  muhim  belgisi  uning  ijtimoiy  majburiyatlarini  bajarishga,  jamiyat 

manfaatlari  yo’lida  mehnat  qilish,  ijod  qilishga  tayyorligidir.  Har  bir  shaxs 

rivojlanishining ijtimoiy-jamoaviy mazmunini ana shunday tushunmoq kerak. 

Jinsiy yetuklikka 13-15 yoshlarda erishiladi. Hozirgi paytda qizlarning hayz ko’ra 

boshlashi o’rtacha davri 12 yosh ekanligi fikrimizning dalilidir. 

Mehnat  qilishga  yetuklik  bundan  ancha  keyinroq  shakllanadi.  Chunki 

mehnat  qilish,  yetuklikga  jamiyatdagi  ijtimoiy  faollikda  tajriba  orttirish  natijasida 

erishiladi.  Bundan  tashqari,  hozirgi  paytda  jinsiy  yetuklikka  avvalroq  erishilsa 

ham, ilmiy texnika rivojlanishi davrida mehnat qilishga yetuklik aksincha, kechroq 

paydo  bo’ladi.  Shu  sababdan  organizm  to’liq  yetuklik  darajasiga  erishish 

chegarasini 20-21 yosh deb olish lozim.  

Xuddi  shu  yoshda  organizmning  to’liq  yetilishi  va  o’sish  jarayonlari 

tugallanadi,  shu  bilan  birga  u  keraqli  bilimlar  to’playdi,  unda  ijtimoiy  –ma’naviy 

qarashlar  shakllanadi,  ya’ni  bu  insonning  biologik  va  ijtimoiy  vazifalarini 

bajarishga imkon yaratadi. 




 

259 


 

Yetilishning  barcha  bosqichlarida  (tug’ilgandan  boshlab  to’liq  yetilguncha) 

o’sish va rivojlanish ma’lum qonuniyatlar asosida kechadi.  Bunda quyidagi oltita 

qonuniyat bor. 

1.

 

o’sish va rivojlanish bir tekisda kechmaydi. 



2.

 

turli  a’zo  va  tizimlar  o’sish  va  rivojlanishi  bir  paytning  o’zida  sodir 



bulmaydi, 

3.

 



turli jinslarda o’sish va rivojlanishni o’ziga xos kechishi. 

4.

 



butun  organizm  va  uning  funktsional  tizimlari  biologik  jihatdan 

ishonchliligi. 

5.

 

o’sish  va  rivojlanish  jarayonlarining  organizm  genetikasiga  (irsiyatga)  va 



tashqi muhit omillariga bog’liqligi. 

6.

 



akseleratsiya. 

Yosh  avlodning  salomatligi  va  rivojlanib  borishi  ustidan  nazorat  olib  borar 

ekan,  shifokor  o’sayotgan  organizmning  yoshiga  xos  xususiyat  belgilarini 

bilgandagina, olingan ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qila oladi. Bu bilimlar unga kun 

tartibi, o’quv tarbiya  jarayoni,  ovqatlanishi va boshqalarni to’g’ri  tashkil  qilishga 

asos bo’ladi. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari tashqi muhit omillarini bolalar va 

o’smirlar gigiyenasiga oid  me’yorlashning nazariy asosidir. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish