F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

O’sish  va  rivojlanish  bir  tekisda  kechmaydi

  yani,o’sish  va  rivojlanish 

jarayonlari,  uzluksiz  davom  etadi,  lekin  turli  yoshlarda  bir  xilda  kechmaydi, 

turlicha  bo’ladi.  Bir  yoshgacha  bolaning  bo’yi  47%  ga,  umrining  ikkinchi  yilida 

13% ga, uchinchi yili – 9% ga (foizga) o’sadi. 4-7 yoshlarda uning bo’yi yiliga 5-7 

% (foizga), 8-10 yoshida esa -3% (foizga) ortib boradi 

 Jinsiy  balog’atga  yetish  davrida  o’sishning  tezlashuvi  kuzatiladi.Yiliga  bola  8-10 

sm ga o’sishi mumkin, 16-17 yoshida o’sish yana sekinlashadi, 18-20 yoshida esa 

bo’y o’sishi asosan to’xtaydi. Tana vazni, ko’krak qafasi aylanasi va organizmning 

boshqa a’zo va tizimlarining o’sishi va rivojlanishi ham umuman olganda ana shu 

bir tekisda rivojlanmaslik qonuniyatiga bo’ysinadi. 



 

260 


 

Turli  a’zo  va  tizimlar  o’sish  va  rivojlanishi  bir  paytning  o’zida  sodir 

bo’lmaydi

. Bola organizmi bir butun deb olinsa ham, uning turli a’zo va tizimlari



 

bir xil


 

rivojlanmaydi (geteroxronik). Bu holatni P.K.Anoxin organizmning yashab 

ketishi  uchun  eng  zarur  bo’lgan  tizimlar  va  funktsiyalar  birinchi  navbatda  va 

tezlikda rivojlanishi mumkinligi bilan tushuntiradi. 

Umrining  birinchi  yillarida  asosan  bosh  miya  massasi  tez  ortadi:  yangi 

tug’ilgan bolada u 360-390 g bo’lsa, birinchi yilning oxirida u 2-2,5 marta ortadi, 

uchinchi yilning oxirida esa 3 marta ortadi va 1,100 g ga yetadi. 7 yoshli bolaning 

miyasi  1250  g  og’irlikka  ega  bo’ladi,  keyinchalik  esa  miya  massasasi  juda  sekin 

ortadi. 7 yoshli bola miyasining po’stloq  qavati yuzasi katta odamlarnikining 80-

90% ni (foizni) tashkil qiladi, chunki bu davrda shartli reflekslar jadal shakllanadi. 

Limfa tizimi esa kechroq -10-12 yoshlarga kelib yaxshi taraqqiy eta boshlaydi. 

Qaysi  bir  funktsional  tizim  jadal  o’sib  rivojlanayotgan  bo’lsa,  u  omillar 

ta’siriga  o’ta  sezgir  bo’lishi  aniqlangan.  Masalan,  miyaning  jadal  rivojlanish 

davrida  organizm  ovqat  tarkibida  oqsil  tanqisligiga  sezgir,  so’zlash  harakatlari 

rivojlanishi 

davrida–so’zlashish, 

muloqotda  bo’lishga  sezgir,  harakatlar 

rivojlanishida esa harakat faolligiga sezgir. 

Bola  organizmining  turli  ishlarni  bajarishga  qodirligi,  tashqi  muhit 

omillariga  chidamliligi  turli  funktsional  tizimlar  yetuklik  darajasiga  bog’liq. 

Chunonchi,  bosh  miya  qobig’ining  integral  funktsiyasini  ta’minlovchi  funktsiyasi 

sekin-asta  6-7  yoshlarda  yetiladi,  o’qishni  boshlash  mumkinligini  ko’rsatadi.  Shu 

sababdan  bundan  yoshroq  bolalarni  ko’p  o’qitish  ularning  keyinchalik 

rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Atmosfera  havosidan  kislorodning  to’qimalarga  yetkazib  beradigan  tizim 

ham sekin-asta rivojlanadi va 16-17 yoshlarga kelib yetiladi.  Shuni hisobga olgan 

holda  gigiyenistlar  bolalarga  jismoniy  ish  bajarishni  cheklaydilar.  O’smirlik 

davriga  kelib  yurak-qon  tomir,  nafas  tizimalari  morfofunktsional  yetilgandan 

keyingina  ularga  og’irroq  jismoniy  ishlarni  qilishi,  chidamliligini  rivojlantirish 

mashqlari  bajarishga  ruxsat  berish  mumkin.  Xulosa  kilib  aytish  mumkinki, 




 

261 


 

organizmning  turli  xil  o’quv,  mehnat  va  sport  faoliyatiga  tayyorgarligi  bir  xilda 

shakllanmaydi.  Shuning  uchun  turli  xil  ishlarni  bajarish,  turli  analizator  va 

funktsional  tizimlarga  ta’sir  etuvchi  atrof  muhit  omillari  ham  turlicha 

me’yorlanadi. Turli a’zo va tizimlar o’sish va rivojlanishi geteroxronligi qonuniyati 

turli  tashqi  muhit  omillari,  faoliyatlarni  bolalar  va  o’smirlar  uchun  me’yorlashga 

ilmiy asos bo’lib hisoblanadi. 

Turli jinslarda o’sish va rivojlanishni o’ziga xos kechishi. 

Jinsiy farq qilish – 

bu modda almashinuvi, o’sish va rivojlanishning kechishi xususiyatlarida namoyon 

bo’ladi. Masalan, balog’atga yetguncha o’g’il bolalar atropometrik ko’rsatkichlari 

qizlarnikidan  yuqoriroq  bo’ladi.  Balog’atga  yetish  davrida  qizlarning  bo’yi,  tana 

vazni va ko’krak qafasi aylanasi shu yoshdagi o’g’il bolalarnikidan kattaroq bo’lib 

qoladi.  15  yoshida  o’g’il  bolalarning  o’sishi  jadallashadi  va  ular  yana  qizlardan 

bo’y-basti  kattaroq  bo’lib  qoladilar.  Bu  bilan  bir  vaqtning  o’zida  ko’pgina 

funktsional tizimlar, ayniqsa, mushak, nafas, yurak qon tomir tizimari rivojlanishi 

ham  bir  xilda  bo’lmaydi.  Masalan,  barcha  yoshdagi  o’g’il  bolalar  va  o’smir 

yoshdagi  o’g’il  bolalarning  qo’l  bilaqlari  va  yozuvchi  mushaklari  kuchliroq 

bo’ladi,  qizlarga  nisbatan  o’g’il  va  qiz  bolalar  faqat  jismoniy  ish  qobiliyatlari 

bo’yichagina  emas,  balki  ruhiy  fiziologik  ko’rsatkichlar  bo’yicha  ham  farq 

qiladilar. 

Jinsiy  dimorfizm  jismoniy  mashqlarni  gigiyenik  me’yorlashda,  o’quv 

tarbiyaviy  jarayonlarni  tashkil  qilishda  hisobga  olinadi.  Bu  o’quvchilarni  kasbga 

yo’naltirishda,  sportga  tanlashda  va  yosh  sportchilarni  tayyorlashda  muhim 

ahamiyatga ega. 

Kritik  holatlarda  organizm  hayotini  saqlab  qolishga  qaratilgan  tizimlar 

puhtaligi mavjud bo’lsa ham bolalar va o’smirlar o’quv, mehnat va sport faoliyatini 

tashkil qilishda optimal zo’riqishlar ruxsat etiladi. 

Gigiyenist olimlarimiz tomonidan o’sayotgan organizmga uning funktsional 

holatlarini  hisobga  olgan  holda  o’quv  mashklari  berish  va  uning  salomatligini 

muhofaza  qilish  va  mustahkamlash  maqsadida  trenirovka  mashqlari  belgilash 




 

262 


 

maqsadga  muvofiqligi  nazariyasi  ilgari  surilgan.  Bir  vaqtning  o’zida  rezerv 

xususiyatlarini ko’paytirish, tabiat in’om etgan barcha imkoniyatlarini to’liq ishga 

solish uchun har bir bolaga ma’qul keladigan, to’g’ri keladigan tavsiyalar beriladi. 



O’sish  va  rivojlanish  jarayonlarining  genetik  –  irsiy  va  tashqi  muhit  omillari 

ta’sirida  farqlanishi. 

Genetik  omil  o’sish  va  rivojlanish  tempini,  alohida  a’zo  va 

tizimlarining voyaga yetishini belgilab beradi. Lekin tashqi muhit omillari ta’sirida 

chetga chiqishni kuzatish mumkin. 

O’sish  va  rivojlanishning  notekisligi  qonuniyati  turli  yosh  bolalar  va 

o’smirlarni  guruhlashtirishga  va o’sish va  rivojlanish  davrlarini  belgilashga  ilmiy 

asos bo’ladi. Bu o’quv tarbiyaviy jarayonlarni to’g’ri tashkil qilish, bolaning yasli, 

bog’cha,  maktabga  borish  vaqtini,  mehnat  faoliyatini  belgilash  vaqtlarini  va 

boshqalarni to’g’ri belgilash uchun kerak. 

Shuning uchun yetilish davrini bir nechta 



yosh davrlariga

 ajratilgan. 

«Yosh  davri»  tushunchasiga  o’sish  va  rivojlanish,  organizmning  fiziologik 

xususiyatlari o’xshash, bir xil bo’lgan davr kiritilgan. Bu davr ichida organizmning 

tashqi  muhit  ta’sirotlariga  beradigan  javob  reaktsiyasi  deyarli  o’xshash  bo’ladi. 

Shu bilan birga bu davr ichida organizm morfofunktsional rivojlanishining ma’lum 

bir bosqichi tugallanadi va turli ishlarni bajarishga tayyorgarlikga erishiladi. 

1965 yil Moskvada bo’lib o’tgan Halqaro simpoziumda organizmning o’sish va 

rivojlanish xususiyatlarini baholashga asoslangan davrlar belgilangan. Uni biologik 

sxema deb ham ataladi, uning asosida 7 ta yetilish davri belgilangan (6.1.1-jadval). 



Bolalar va o’smirlarni yoshga oid davrlari 

6.1.1-jadval 

№ 

Yetilish davrlari 



 

Yangi tug’ilgan chaqaloqlik davri 



1-10 kun 

Emizikli davri 



11 kundan 1 yoshgacha 

Ilk bolalik davri 



1-3 yoshgacha 

Birinchi bolalik davri 



4-7 yoshgacha 

Ikkinchi bolalik davri 



8-12 (o’g’il bolalar) 


 

263 


 

8-11 (qizlar) 

O’smirlik davri 



13-16 yosh (o’g’il bolalar) 

12-15 (qizlar) 

O’spirinlik 



17-21 (o’g’il bolalar) 

16-20 (qizlar) 

 

Bundan  tashqari  ijtimoiy  asoslangan  yosh  davrlariga  ajratish  sxemasi  ham 



bor (6.1.2-jadval). 

6.1.2-jadval 

№ 

Ijtimoiy yosh davrlari 



yoshi 

1. 


Yasli yoshi 

3 yoshgacha 

Bog’cha yoshi 



3-7 yoshgacha 

Maktab yoshi 



7/6 -10 yosh (kichik) 

11-14 yosh (urta) 

O’smirlik davri 



15-18 (katta maktab) 

 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish