harakatlaridagi o’zgarishlar, o’zlashtirishini pasayishi, ishtahani yo’qolishi, ba’zi
bir funktsional asab ruhiy buzilishlar (yig’loqilik, jizzakilik, asab tarangligi va
boshqalar) hisoblanadi. O’ta toliqishni mikrosimptomatikasi yaqqol emas, yashirin
va o’zgaruvchanligi bilan harakterlanadi. O’ta toliqishda shuningdek turli
284
vegetativ, ayniqsa yurak qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilishi
mumkin.
O’ta toliqishni yaqqol ko’zga tashlanuvchi belgilari:
• keskin va uzoq davomli aqliy va jismoniy ish qobiliyatni pasayishi;
• asab ruhiy buzilishlar (uyquni buzilishi, qo’rquv hissi, o’zini telbalarcha tutishi);
• vegetativ funktsiyalar regulyatsiyasini turg’un o’zgarishlari (aritmiya,
vegetotomir distoniyasi);
• organizmni nobop omillar va patogen mikroorganzmlar ta’siriga bo’lgan
qarshilik kuchini pasayishi.
O’ta toliqish belgilari qisqa muddatli dam va hattoki me’yoriy kechki
uyqudan so’ng ham yo’qolmaydi. Maktab o’quvchisini ish qobiliyatni to’liq
tiklanishi va organizmidagi asab ruhiy va regulyator jarayonlar buzilishlarini
yo’qotish uchun ko’proq davomli dam, ayrim hollarda esa medikamentoz
vositalarini, fizioterapevtik muolajalar va davolovchi gimnastikalarni majmuini
qo’llash zarur.
Bolani faoliyati o’ta toliqishga olib kelmasligi, balki uni o’sish va
rivojlanishiga ijobiy ta’sir etish uchun uni me’yorlashtirish zarur.O’quv faoliyatni
gigiyenik me’yorlashtirish organizmini o’qish va tarbiyalash jarayonida optimal
holatini ta’minlashga asoslangan bo’lib, organizmni funktsional imkonidan
oshmasligi bo’lishi kerak. Shu bilan birga o’quv faoliyat rivojlantiruvchi, mashq
qildiruvchini rolini bajaruvchi, o’sayotgan organizmni yaxshi rivojlanishiga
ko’mak beruvchi bo’lishi kerak.
Bolalar va o’smirlar funktsional imkonlari organizmini morfofunktsional
yetukligi bilan belgilanadi. gigiyenik me’yorlashda ma’lum yoshga oid davrni
o’rtcha morfofunktsional ma’lumotlariga tayaniladi. Ammo gigiyenik me’yor
mazkur guruh yoshdagi hamma bolalar uchun optimal bo’lmaydi. Shu sababli
bolani faqat yoshini emas, balki bolani individual o’ziga xosliklarini, nafaqi
pasport yoshini emas, balki biologik yoshini ham hisobga olish zarur.Rivojlanish
tempi sekin kechuvchi bolalarda ish qobiliyat ko’rsatkichlari anchayin past va
285
ko’pincha ularda nutqni rivojlanishini va ba’zi psixomotor funktsiyalarni orqada
qolishi kuzatiladi.
Tiklanish davrini kattaligini organizmni dastlabki toliqish bo’lmagan
holatiga qaytish imkonini hisobga olish muhim hisoblanadi. Fiziologlar olib borgan
tadqiqotlar ko’rsatishicha organizmni pasaygan ish qobiliyatini tiklanishi 2 fazadan
iborat: funktsional darajasini tiklanishi va erishilgan tiklanish holatini
mustahkamlanishi.
(6.6.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: