F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

(6.6.2-rasm). 

                    I                                              II                                               III 

 

6.5.2-rasm. 

O’quvchilarni ish qobiliyatining kunlik va haftalik egriligi dinamikasi  

I – ish qobiliyatni ko’tarilish davri; II – yuqori va turg’un ish qobiliyati davri;  

III –ish qobiliyatni pasayish davri; a – to’liq bo’lmagan kompensatsiya zonasi; b – 

oxirgi uzilish

 

zonasi; v - progressiv tushish zonasi. 



Rasmda  o’quvchilarni  ish  qobiliyatini  egriligi  tasvirlangan  bo’lib,  ish 

qobiliyatni  oshib  borishi,  so’ngra  yuqori  darajada  ushlanib  turilishi  (yuqori 

mahsuldorlik, ish qobiliyat) kuzatiladi. Keyin ish qobilyatni pasayishi, yoki toliqish 

davri  yuzaga  keladi.  Bu  bosqichda  uch  davr  ajratiladi:  to’liq  bo’lmagan 

kompensatsiya zonasi, oxirgi uzilish

 

zonasi, progressiv tushish zonasi. 



Bu  qonuniyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  darsni,  o’quv  haftaning,  chorak 

yoki  yilni  boshlanishi  yengillashtirilgan  bo’lishi  darkor,  chunki  bu  davrda 

o’quvchilarni  mehnat  mahsuldorligi  pasaygan  bo’ladi. 

O’quvchilarga  yuqori 

talablar  birinchi  davrni  tugallanishiga  qo’yilishi  mumkin,  chunki  bu  davrda  ish 

qobiliyat  eng  yuqori  darajasiga  erishgan  bo’ladi.  Bu  vaqtda  yangi  va  qo’proq 

qiyinroq  o’quv  materialini  berish  yoki  nazorat  ishlari  o’tkazilishi  maqsadga 

muvofiq  hisoblanadi.  O’quv  haftasi,  chorak  va  yil  o’rtasida  o’quv  yuklamani 




 

288 


 

ko’proq  hajmi,  fakultativ  mashg’ulotlar,  to’garak  ishlar  va  boshqalar 

rejalashtirilishi kerak. 

Toliqishning  birlamchi  belgilarini  paydo  bo’lishi  yuqori  va  turg’un  ish 

qobiliyatni tugallanishi haqida ma’lumot beradi. Ish qobiliyatni progressiv tushish 

zonasida  jadal  yuklamalarni  bajarish talab  etish  mumkin  emas: bunda organizmni 

energetik  potentsialini  kuchsizlanishi  yuzaga  keladi,  qaysiki  maktab  o’quvchisini 

salomatlik  holatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Asosiy  yuklamalarni  bola  maktabda, 

darsda – umumta’lim maktabda o’quv jarayonini bosh shaklida oladi. Shu sababli 

darsni gigiyenik reglamentlashga jiddiy e’tiborni qaratilishi kerak. Bu avvalom bor 

o’quv jarayonini optimizatsiyalashtirishga kiradi. 

Pedagogik  jihatdan  bu  tushunchaga  darsni  asosiy  o’quv birligi sifatida,  uni 

mazmuni,  hajmi,  usullari,  vositalari  va  o’qitish  tempini  uni  samaradorligini 

oshirish  maqsadida  takomillashtirsh  kiradi.  Darslarni  gigiyenik  optimizatsiyalash 

avvalom  bor  har  bir  darsni  va  shunigdek  o’quv  faoliyatlarni  alohida  turlarini 

(o’qish,  yozish,  hisoblash,  filmlarni  ko’rish  va  boshqalar)  davomiyligini 

reglamentlash yo’li bilan erishiladi. 

Bizning  mamlakatda  dunyoni  boshqa  mamlakatlarida  bo’lganidek  darsni 

davomiyligi  45  daqiqa  deb  belgilangan.  Agar  o’rta  sinf,  katta  sinf  o’quvchilari 

uchun darsning bunday davomiyligi optimal bo’lsa, kichik sinf o’quvchilari uchun 

esa  chegaraviy  hisoblanadi.  Ilmiy  tadqiqotlar  bilan  isbotlangan,  1  –  sinf 

o’quvchilari  uchun  45-daqiqalik  davomiyligi  ko’plik  qiladi.  O’quvchilarda  faol 

diqqat davomiyligi 15 daqiqadan oshmaydi, oxirgi 10-15 daqiqa ularda keskin ish 

qobiliyat  pasayib  ketadi  va  bosh  miya  po’stlog’i  neyrodinamikasi  buziladi. 

Bolalarda maktabni 1-sinfiga qo’yiladigan talablarga adaptatsiyani yengillashtirish 

maqsadida  o’quv  mashg’ulotlarini  "bosqichma-bosqich"  o’quv  yuklamani  sekin 

astalik  bilan  oshirib  borish  tartibi  qo’llanilish  kerak:  sentyabrda  -  3  dars    35 

daqiqalik davomiyligi bilan; ikkinchi chorakdan - 4 dars har biri 35 daqiqa.  

Bunda  oxirgi  10  daqiqa  (darslar  dvomiligi  45  daqiqa)  bolalar  bu  vaqtda 

sinfda  qoladilar  o’qituvchi  bu  vaqtdan  toliqishni  yo’qotish  uchun  foydalanadi 




 

289 


 

(badiiy kitob o’qish, stol usti o’yinlari, jismoniy mashqlar va b.). Boshlang’ich sinf 

o’qituvchisi  bolalarni  aqliy  ish  qobiliyatini  oshirish  va    mushaklar  statik 

zo’riqishini yo’qotish uchun darsda fizkult daqiqalarni tashkillashtirishi kerak. 

Toliqish  profilaktikasi  faqatgina  darslar  davomiyligini  emas,  balki  uni 

elementlarini reglamentlash bilan erishiladi. Darsda o’quv faoliyatni ayrim turlarini 

davomiyligini  reglamentlash  organizmni  funktsional  holatiga  va  bolalarni  ish 

qobiliyatiga  mashg’ulotlar  ta’sirini  asosiy  fanlar  (yozuv,  o’qish,  matematika) 

bo’yicha  qiyosiy  o’rganishga  asoslanadi.  1-sinfda  eng  murakkab  mashg’ulotlar 

yozuv  va  o’qish  darslari  deb  aniqlandi.  Uzluksiz  o’qish  davomiyligi  6  yoshli 

bolalar uchun 8 daqiqadan oshmasligi kerak. Uzluksiz yozish optimal  davomiyligi 

7  yoshli  o’quvchilar  uchun  mashg’ulot  boshida  2  daqiqa  40 

sek 

va  uni  oxirida1 



daqiqa  45 

sek


.  14-15  yoshda  uzluksiz  yozish  davomiyligi  (diktant)  20  daqiqa 

bo’lishi kerak. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish