F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 (6.6.3-rasm).

 

 



                

Dsh       SH        CH         P           J          SH 

6.5.3-rasm. Fanlarning haftalik qiyinlilik optimal dinamikasi 

 

 



Maktab o’quv jadvali «maqsadga muvofiq emas» deb hisoblanadi,qachonki ballar 

eng  ko’p  yig’indisi  dushanba  yoki  shanba  kunlariga  to’g’ri  kelsa  yoki  o’quv 

yuklamasi hafta mobaynida bir tekis taqsimlansa. (Kuchma V.R., 

6.6.4-rasm).

 



 

295 


 

 

                 



 D        SH        CH         P          J        SH 

6.5.4-rasm. Hafta dinamikasida fanlar qiyinliligini nomuvofiq taqsimlanishi  

O’quv jarayonini ilmiy jihatdan tashkillashtirishda 



tanaffuslarni, avvalom  bor  uni 

davomiyligini reglamentlash 

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Darslar  orasidagi  tanaffuslar  davomiyligi  bo’yicha  yetarli  bo’lishi,  ya’ni 

damni  ikki  fazasini  “funktsional  potentsiallarni”  va  “tiklangan  daraja”ni 

mustahkamlanishini  ta’minlashi  kerak.  Aks  holda  ish  qobiliyat  juda  tez  pasayib 

ketadi  va  toliqish  yuzaga  keladi.  Tanaffuslar  o’zini  yaxshi  natijasini  beradi, 

qachonki  organizmning  faoliyat  turini  o’zgartirishga,  haraktli  bo’shashish  

imkonini bersa. Ish qobiliyatni tez tiklanishiga olib keluvchi bo’lib ijobiy emotsiya 

bilan ochiq havoda harakatli o’yinlar hisoblanadi. Tanaffusni ochiq havoda tashkil 

etilishi  yilning  faslidan  qat’iy  nazar  chiniqtiruvchi  ta’sirga  ega  bo’lib,  hamda 

markaziy  asab  tizimi  faoliyatini  oshiradi,  o’quv  yuklamaning  o’quv  kuni,  hafta, 

chorak, yil davomida toliqishga olib keluvchi ta’sirini kamaytiradi. 

Umumta’lim  maktablarida  hamma  sinf  o’quvchilari  uchun  darslar 

oralig’idagi tanaffuslar davomiyligi 10-daqiqali etib belgilangan. Katta tanaffus (2-

darsdan keyin) 30 daqiqalik bo’lishi kerak. 1-ta katta tanaffus o’rniga 2-chi va 3-

chi darslardan so’ng 20 daqiqalik 2ta tanaffus tashkil etish ruxsat etiladi. 

  

O’quv  mashg’ulotlarini  to’g’ri  tashkil  etish  o’quv  haftalari  va  choraqlari 



orasida ham damni to’g’ri tashkil etilishini ko’zda tutadi. 


 

296 


 

Maktab  o’quvchilarini  salomatligini  saqlash  maqsadida  har  bir  chorak 

tugallanishida  kanikullar  ko’zda  tutiladi.  Birinchi  sinf  o’quvchilari  uchun 

qo’shimcha kanikullar belgilangan. 



Maktab o’quvchilarini kun tartibini tuzishning gigiyenik asoslari 

Bolalarni  yoshining  o’ziga  xosliklariga  mos  keluvchi  ratsional  kun  tartibi 

turli, shuningdek ochiq havodagi faoliyatini almashinuvini, optimal harakat tartibi, 

to’laqonli  dam,  davomiyligi  yetarli  bo’lgan  uyquni  ta’minlaydi,  bolaning  normal 

o’sib va rivojlanishiga ko’mak bo’ladi. 

Bolalar va o’smirlarni yoshining o’ziga xosliklariga mos holdagi kun tartibi 

quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi: 

•   ovqatlanish  tartibi  (ovqat  qabul  qilish  oralig’i  va  ovqatlanishning  necha 

marotabaligi); 

•  kun davomida ochiq havoda bo’lish vaqti; 

•  uyquning necha marotabaligi va davomiyligi

•   ta’lim  muassasasida  va  uy  sharoitida  majburiy  mashg’ulotlar  bajarish  vaqti  va 

joyi; 

•  bo’sh vaqti, bolani o’z hohishiga ko’ra harakat faolligini ta’minlanish imkoni. 



Kun tartibiga rioya qilinishi, hamma elementlarni, faoliyat turlarini boshlanishi va 

tugallanishini  bir  vaqtga  to’g’ri  kelishi  bolalarda  o’sha  vaqtga  yetarli  darajada 

shartli  refleks  yuzaga  kelishiga  olib  keladi.Bu  ishlab  chiqilgan  refleks  natijasida 

bola organizmi kutilyotgan faroliyat turiga tayyor turadi. 

Bunday  hollarda  hamma  jarayonlar  tez  va  oson  kechadi.  Kun  tartibini  saqlashni, 

hayotiy  stereotipni  saqlashni  asosiy  gigiyenik  ahamiyati  shundan  iborat.  Bola 

hayotining  asosiy  qonuniyati  to’g’ri  tuzilgan  va  doimo  rioya  qilinadigan  kun 

tartibidir.  

To’g’ri tashkil etilgan kun yaxshi kayfiyat yuzaga keltiradi, o’quv va ijodiy 

faoliyatga, turli o’yinlarga  qiziqish uyg’otadi, bolani normal rivojlanishiga ko’mak 

bo’ladi. Bolani emotsional holati, uni quvonchlari va muvaffaqiyatsizliklari o’sish 

va rivojlanishida o’z aksini topadi. Ruhiy zo’riqish, depressiya, ruhiy shikastlanish 




 

297 


 

hamma  vaqt  o’sishni  tormozlanishiga olib  keladi.  Shunday  bola  uchun  murakkab 

ruhiy  vaziyatlar,  yasli,bolalar  bog’chasi  yoki  maktabga  borish  bolani  o’sishini  bir 

necha 


haftaga 

tormozlanishiga 

olib 

kelishi 


mumkin. 

Maktabdagi 

muvaffaqiyatsizliklari  yoki  oilaviy  mojarolar  o’sishni  sezilarli  orqada  qolishiga 

olib  kelishi  mumkin.  Bu  bolalarni  o’sish  jarayonlarini  blokirovkalovchi 

neyroendokrin  mexanizmlarni  tahlikali  va  depressiya  holatini  ustunligi  bilan 

bog’liq.  

Pediatrlar bolalarni o’sishi uchun ikki yetakchi omillarini ta’kidlab o’tadilar. 

Birinchi  – 



adekvat  jismoniy  harakatchanlik 

osteogenez  va  tog’ayni  o’stiruvchi 

stimulyator  hisoblanadi. 

 

Mushaklar  ishi  o’sish  stimulyatorini  ajralishini  ham 

faollashtiradi.  Ortiqcha,  masalan  yukni  bir  joydan  ikkinchi  joyga  ko’chirib 

o’tqazish  bilan  yuzaga  keluvchi  vertikal  yuklama  qarama  qarshi  samara-o’sishni 

tormozlanishini  beradi.  Shu  sababli  shifokorlar  doimo  bolalar  hayoti  tartibini 

nazorat qilishlari: rivojlanishiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi gipokineziya, sport yoki 

ish turlari bilan shug’ullanishga yo’l qo’ymasliklari kerak.  

Kun  tartibining  ikkinchi  muhim  tomoni  ye



tarli  uyqu

.  Aynan  uyqu  vaqtida 

bola organizmi skeletini shakllanishini belgilab beruvchi hamma asosiy metabolik 

va hujayraviy jarayonlar kechadi.  




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish