Ko’proq toliqishga olib keluvchi fanlar, maktab o’quvchilari uchun yangi
dars jadvaliga kiritilgan fanlar hisoblanadi: 2-sinf uquvchilari uchun -
tabiatshunoslik, 4-chi -tarix, 5-chi - geografiya, botanika, adabiyot, 6-chi - fizika,
7-chi uchun -kimyo.
Kichik maktab yoshida o’qish fani hisoblanadi, chunki tez o’qish jarayoni
murakkab va ko’proq toliqishga olib keladi. Maktabda o’qishning hamma davrida,
shuningdek 8-10-sinflarda, fizika va geometriya ko’proq toliqishga olib keluvchi
fanlar hisoblanadi. Ko’proq toliqishga olib keluvchi darslarni eng optimal ish
qobiliyat bo’lgan soatlarga, mehnat va jismoniy tarbiya darslarini – o’quv kunining
o’rtasiga, ularni bolalarda aqliy mehnatni jismoniyga o’zgartirish uchun qo’llash
(ular uchun eng yaxshisi - 3-4-darslr toliqishga ta’sir etayotganda) lozim. Bolalar
maktabga borganida ularning harakat faolligi 50% ga pasayadi, shu sababli
gigiyenistlar o’quv kun tartibiga har kunlik jismoniy tarbiya darsini yoki har kunli
soatli, dinamik pauzani o’quv kunning o’rtasiga kiritilishi haqida ko’rsatma
beradilar.
Kichik sinflar bilan ishlash amaliyotida kombinatsiyalashtirilgan, bir qancha turli
faoliyatlarni birgalikda olib borilishi kuzatiladi.
Bir xil masalan matematika, chizmachilik, o’qish fanlarni qo’shib olib
borilishi maqsadga muvofiq emas. Ko’proq murakkabroq fanlarni o’quv jadvaliga
2-3 darslarga , boshiga ham emas yoki oxiriga ham qo’yilishi tavsiya etilmaydi,
ya’ni ish qobiliyat yuqori bo’lgan davrga to’g’ri kelishi kerak. 2 yoki 3 murakkab
(masalan, fizika, matematika, chet tili) darslarni ketma ket qo’yish tavsiya
etilmaydi. Fanlar ketma-ketligini maqsadga muvofiq holda, tabiiy-matematik va
292
gumanitar fanlarini jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula darslari bilan, aqliy
faoliyatni jismoniyga o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday faoliyatlarni
almashinuvi faol dam bo’lib xizmat qiladi va nafaqat o’quv kuni balki o’quv hafta
mobaynida yuqori ish qobiliyatni ta’minlaydi.
Sanitariya qoidalar bilan o’quvchilarni haftalik o’quv-mehnat yuklamasi
reglamentlangan.
Umumta’lim maktab o’quvchilarining ruxsat etilgan o’quv yuklamasi oshmasligi
kerak:
1 sinf- 22 soat
2 sinf- 24 soat
3 sinf- 26 soat
4 sinf- 26 soat
5 sinf- 32 soat
6 sinf- 34 soat
7 sinf- 35 soat
8 sinf- 36 soat
9 sinf- 37 soat.
O’quv haftasini to’g’ri tashkillashtirish
yuqori ruhiy gigiyenik ahamiyatga
ega.
Dushanbada maktab o’quvchilari o’quv faoliyatga kirishishi sekin astalik
bilan boshlanadi, shu sababli bu kunda hali ish qobiliyat o’zining optimal
darajasiga yetmagan.Ko’proq mahsuldor hisoblanadi seshanba va chorshanba.
Payshanbadan boshlab sekin astalik bilan toliqish yuzaga kela boshlaydi va juma
va shanba kunlari oshib boradi. Deyarli hamma sinflarda toliqish ko’pincha jumaga
to’g’ri keladi, buni kutilayotgn dam sababli ijobiy emotsional holat bilan
tushuntirish mumkin. Dushanba va juma kunlari ish qobiliyat past ko’rsatkichlari
kuzatilishi sababli o’quvchilarda yuqori asab zo’riqish bilan bog’liq nazorat ishlari,
nazorat so’rovlari o’tkazilishi joiz emas; shuningdek yangi murakkab materialni
tushuntirish ham maqsadga muvofiq emas.
293
O’quv jadvalini tuzishda uy vazifasini bajarishga ko’p vaqt talab qiluvchi
fanlarni bir kunga qo’yish tavsiya etilmaydi. Buni hisobga olmaslik uy vazifani
bajarishdagi yuklamani notekis taqsimlanishiga olib keladi. Maktabda o’quv
jadvalini tuzishga qo’yilgan gigiyenik talablarga binoan o’quvchilar organizmining
o’quv kun va o’quv hafta mobaynida fiziologik funktsiya va ish qobiliyatini
o’zgarishini hisobga olishi kerak.Darslarni baholash uslubi sifatida fanlarni
qiyinlilik bo’yicha baholashni rang shkalasidan foydalanilishi tavsiya etiladi.
(6.6.2-jadval).
7.6.2-jadval
.
Fanlarni qiyinlilik bo’yicha baholashni rang shkalasi
Fanlar
Qiyinlilik darajasi
bo’yicha balllar
soni
Matematika, rus tili (o’zbek maktab o’quvchilari uchun)
11
Chet tili
10
Fizika, kimyo
9
Tarix
8
Ona tili, adabiyot
7
Tabiatshunoslik, geografiya
6
Jismoniy tarbiya
5
Mehnat
4
Chizmachilik
3
Rasm
2
Ashula
1
294
O’quv jadvali to’g’ri tuzilgan hollarda yuqori sinf o’quvchilari uchun
ko’proq o’quv yuklama seshanba va (yoki) chorshanba kunlariga, kichik va o’rta
sinf o’quvchilari uchun chorshanbani sal yengilroq bo’lgan holda seshanba va
payshanba kunlariga to’g’ri kelishi tavsiya etiladi. Yuqoridagilarni inobatga olgan
holda shunday taqsimlanishi kerakki yuklamaning ko’proq hajmi haftaning
o’rtasiga to’g’ri kelishi kerak. Bu kunlarga yoki ko’proq qiyin fanlar kiritilishi yoki
yengil va o’rtacha yengil fanlar qo’yilganda, soatlarni boshqa kunlarga nisbatan
ko’paytirilishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki kun davomida eng optimal ish
qobiliyat 10-12 soatgacha intervalga ya’ni asosiy o’quv yuklama o’rta va katta
sinflarda - 2, 3, 4-darslarga to’g’ri kelishi kerak.
Maktab o’quv jadvalini gigiyenik baholash uchun haftada kunlar bo’yicha ballar
yig’indisi topiladi va grafik tarzda ifodalanadi. (Kuchma V.R.)
Do'stlaringiz bilan baham: |