eng ko’p yig’indisi dushanba yoki shanba kunlariga to’g’ri kelsa yoki o’quv
295
D SH CH P J SH
6.5.4-rasm. Hafta dinamikasida fanlar qiyinliligini nomuvofiq taqsimlanishi
O’quv jarayonini ilmiy jihatdan tashkillashtirishda
tanaffuslarni, avvalom bor uni
davomiyligini reglamentlash
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Darslar orasidagi tanaffuslar davomiyligi bo’yicha yetarli bo’lishi, ya’ni
damni ikki fazasini “funktsional potentsiallarni” va “tiklangan daraja”ni
mustahkamlanishini ta’minlashi kerak. Aks holda ish qobiliyat juda tez pasayib
ketadi va toliqish yuzaga keladi. Tanaffuslar o’zini yaxshi natijasini beradi,
qachonki organizmning faoliyat turini o’zgartirishga, haraktli bo’shashish
imkonini bersa. Ish qobiliyatni tez tiklanishiga olib keluvchi bo’lib ijobiy emotsiya
bilan ochiq havoda harakatli o’yinlar hisoblanadi. Tanaffusni ochiq havoda tashkil
etilishi yilning faslidan qat’iy nazar chiniqtiruvchi ta’sirga ega bo’lib, hamda
markaziy asab tizimi faoliyatini oshiradi, o’quv yuklamaning o’quv kuni, hafta,
chorak, yil davomida toliqishga olib keluvchi ta’sirini kamaytiradi.
Umumta’lim maktablarida hamma sinf o’quvchilari uchun darslar
oralig’idagi tanaffuslar davomiyligi 10-daqiqali etib belgilangan. Katta tanaffus (2-
darsdan keyin) 30 daqiqalik bo’lishi kerak. 1-ta katta tanaffus o’rniga 2-chi va 3-
chi darslardan so’ng 20 daqiqalik 2ta tanaffus tashkil etish ruxsat etiladi.
O’quv mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish o’quv haftalari va choraqlari
orasida ham damni to’g’ri tashkil etilishini ko’zda tutadi.
296
Maktab o’quvchilarini salomatligini saqlash maqsadida har bir chorak
tugallanishida kanikullar ko’zda tutiladi. Birinchi sinf o’quvchilari uchun
qo’shimcha kanikullar belgilangan.
Maktab o’quvchilarini kun tartibini tuzishning gigiyenik asoslari
Bolalarni yoshining o’ziga xosliklariga mos keluvchi ratsional kun tartibi
turli, shuningdek ochiq havodagi faoliyatini almashinuvini, optimal harakat tartibi,
to’laqonli dam, davomiyligi yetarli bo’lgan uyquni ta’minlaydi, bolaning normal
o’sib va rivojlanishiga ko’mak bo’ladi.
Bolalar va o’smirlarni yoshining o’ziga xosliklariga mos holdagi kun tartibi
quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga oladi:
• ovqatlanish tartibi (ovqat qabul qilish oralig’i va ovqatlanishning necha
marotabaligi);
• kun davomida ochiq havoda bo’lish vaqti;
• uyquning necha marotabaligi va davomiyligi;
• ta’lim muassasasida va uy sharoitida majburiy mashg’ulotlar bajarish vaqti va
joyi;
• bo’sh vaqti, bolani o’z hohishiga ko’ra harakat faolligini ta’minlanish imkoni.
Kun tartibiga rioya qilinishi, hamma elementlarni, faoliyat turlarini boshlanishi va
tugallanishini bir vaqtga to’g’ri kelishi bolalarda o’sha vaqtga yetarli darajada
shartli refleks yuzaga kelishiga olib keladi.Bu ishlab chiqilgan refleks natijasida
bola organizmi kutilyotgan faroliyat turiga tayyor turadi.
Bunday hollarda hamma jarayonlar tez va oson kechadi. Kun tartibini saqlashni,
hayotiy stereotipni saqlashni asosiy gigiyenik ahamiyati shundan iborat. Bola
hayotining asosiy qonuniyati to’g’ri tuzilgan va doimo rioya qilinadigan kun
tartibidir.
To’g’ri tashkil etilgan kun yaxshi kayfiyat yuzaga keltiradi, o’quv va ijodiy
faoliyatga, turli o’yinlarga qiziqish uyg’otadi, bolani normal rivojlanishiga ko’mak
bo’ladi. Bolani emotsional holati, uni quvonchlari va muvaffaqiyatsizliklari o’sish
va rivojlanishida o’z aksini topadi. Ruhiy zo’riqish, depressiya, ruhiy shikastlanish
297
hamma vaqt o’sishni tormozlanishiga olib keladi. Shunday bola uchun murakkab
ruhiy vaziyatlar, yasli,bolalar bog’chasi yoki maktabga borish bolani o’sishini bir
necha
haftaga
tormozlanishiga
olib
kelishi
mumkin.
Maktabdagi
muvaffaqiyatsizliklari yoki oilaviy mojarolar o’sishni sezilarli orqada qolishiga
olib kelishi mumkin. Bu bolalarni o’sish jarayonlarini blokirovkalovchi
neyroendokrin mexanizmlarni tahlikali va depressiya holatini ustunligi bilan
bog’liq.
Pediatrlar bolalarni o’sishi uchun ikki yetakchi omillarini ta’kidlab o’tadilar.
Birinchi –
adekvat jismoniy harakatchanlik
osteogenez va tog’ayni o’stiruvchi
stimulyator hisoblanadi.
Mushaklar ishi o’sish stimulyatorini ajralishini ham
faollashtiradi. Ortiqcha, masalan yukni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib
o’tqazish bilan yuzaga keluvchi vertikal yuklama qarama qarshi samara-o’sishni
tormozlanishini beradi. Shu sababli shifokorlar doimo bolalar hayoti tartibini
nazorat qilishlari: rivojlanishiga zararli ta’sir ko’rsatuvchi gipokineziya, sport yoki
ish turlari bilan shug’ullanishga yo’l qo’ymasliklari kerak.
Kun tartibining ikkinchi muhim tomoni ye
tarli uyqu
. Aynan uyqu vaqtida
bola organizmi skeletini shakllanishini belgilab beruvchi hamma asosiy metabolik
va hujayraviy jarayonlar kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: