F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


  Bolalar muassasalarini loyihalashtirish, jihozlanishiga gigiyenik



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

6.6.

 

Bolalar muassasalarini loyihalashtirish, jihozlanishiga gigiyenik 



talablar

 

Bolalar  muassasalari  ta’lim  tarbiya  muassasasi  hisoblanib  bolani  shaxs 



sifatida  rnivojlantirish  asoslarini  shakllantirish,  uni  bilimga  bo’lgan  qiziqishlarin, 

madaniy  etnik  ehtiyojlarini,  birlamchi  mehnat  ko’nikmalarini  rivojlantirish, 

salomatligini  saqlash  va  mustahkamlash  uning  vazifasi  bo’lib  hisoblanadi.  Bu 

rejalarni  amalga  oshirish  uchun  maktabgacha  bolalar  muassasalari,  umumta’lim 

maktablari,  «maktab-bog’cha»  turidagi  o’quv  tarbiya  muassasalari,  kasb-texnik 

kolledjlari, akademik litseylar qurish va qayta qurish lozim bo’ladi. 




 

298 


 

Shuning  uchun  bolalar  va  o’smirlar  gigiyenasi  vrachlari  faoliyatida  bolalar 

va  o’smirlar  muassasalarini  loyihalashtirish  va  qurish  ustidan  ogohlantiruvchi 

sanitariya nazoratini o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalashtirish va qurilishiga  gigiyenik 

talablar: 

1.  O’quv  tarbiyaviy  muassasalari  loyihalari  turlari  ularning  nechta  o’ringa 

mo’ljallanganligiga qarab ishlab chikiladi. Bu aholini yashash joyiga qarab (shahar, 

qishloq va h.k.) to’g’ri keladigan loyiha tanlashga imkon beradi.  

2.  Bolalar  va  o’smirlar  muassasalarini  aholi  yashash  kvartallari  ichida 

joylashtirganda  havo  muhitining  holati,  shovqin  bo’lishi,  uylardan  kelish  qulay 

bo’lishi,  ko’chada  jarohatlanishning  oldini  olish  hisobga  olinishi  kerak.  Bunda 

bolalar  muassasasining  hamma  tomonidan  perimetri  bo’yicha  uylar  o’rab  turadi, 

transport  magistrlari  esa  100  m  dan  uzoqroqdan  o’tadi.  Bolalar  muassasasini 

kvartallar ichidagi  yo’l  yuzasida  joylashtirish  mumkin, lekin bu  kichikroq  yo’llar 

bo’lib, ahyon-ahyonda faqat yengil transport yuradigan bo’lishi kerak . 

3.  Kvartallar  aro  kattaroq,  doim  transport  serqatnov  bo’lgan  yo’l  yuzlarida 

joylashtirish mumkin emas. Bu yo’llardan eng kam masofa 500 m bo’lishi kerak. 

4. Barcha bolalar va o’smirlar muassasasining albatta yer uchastkasi bo’lishi kerak. 

Yer uchastkasidan yil davomida o’quv –tarbiya ishlari mehnat va jismoniy tarbiya, 

to’la  qonli  faol  dam  olish,  bolalarni  chiniqtirish  va  boshqa  sog’lomlashtirish 

tadbirlarini  o’tkazish  maqsadida  foydalaniladi.  Har  bir      bolalar    muassasasining 

yer  uchastkasi  o’lchami  rejalashtirilishi,  jihozlari  ulardagi  o’quv-tarbiyaviy 

ishlarning  xususiyatiga  bog’liq  bo’ladi  va  o’ziga  xos  sanitariya  normalari  bilan 

belgilangan. 

5.  Yer  uchastkasi  albatta  ko’kalamzorlashtirishgan  bo’lishi  kerak,  chunki  yashil 

o’simliklar  mikroiqlimni  yaxshilaydi,  havoda  yengil  ionlar  sonini  ko’paytiradi, 

organizm  tonusini  oshiradi,  gazlanish  va  changlanishni  kamaytiradi,  shovqinni 

yutish  va  to’sish  xususiyatiga  ega  bo’lganligi  uchun  ular  shovqin  darajasini 



 

299 


 

pasaytiradi. 

gigiyenik 

talab 


va 

me’yorlar  bo’yicha  yer  maydonining 

ko’kalamzorlashtirilgan maydoni 50% bo’lishi kerak.

  

 



6. Muassasa binosi yer maydonida qizil chiziqdan 25 m chetlatib quriladi. 

7.  Atrofdagi  yer  maydoning  perimetrii  bo’ylab  yashil  o’simliklarni  bo’lishi 

ko’chadagi  shovqin  va  ifloslanishlardan  yaxshi  himoyalanishini  ta’minlaydi. 

Binoning arxitektura – rejali tuzilishi quyidagilar bilan belgilanadi: 

- bolalar jamoalarining yosh asosida ajratilgan bo’lishi ta’minlangan 

- turli xonalarning ishlatilish maqsadga qarab birlashtirilishi 

-  asosiy  xonalarni  ularga  kamroq  shovqin  va  ifloslanishlar  kirishini  hisobga  olib 

ratsional joylashtirish 

- binoda bolalar harakat qilish yunalishlari qarama-qarshiliklariga yo’l qo’ymasdan 

ba’zi bir xonalar o’rtasida qulay va funktsional bog’lanishlar bo’lishini ta’minlash; 

-  yorug’lik  tartibini  ta’minlashni  optimal  hal  qilish  (derazalarni  to’g’ri 

orientatsiyalash  imkoniyati,  yetarlicha  yorug’lik  koeffitsienti  va  tabiiy  yoritilish 

koeffitsientini ta’minlash, insolyatsiya davomiyligini hisobga olish va boshqalar). 

-  havo  issiqlik  tartibini  ratsional  hal  qilish  (havoning  turli  xil  xonalarda  hajmi 

yetarli  bo’lishi,  uni  bolalar  xonada  o’tirganlarida  almashtirish,  ular  chiqib 

ketganlarida esa shamollatish imkoni bo’lishi lozim). 

8.  Bino  asosiy  xonalari  qaysi  tomonga  orientatsiyalanishini  hal  qilganda  optimal 

yoritilish, insolyatsiyalanish va bu omillarining havo muhitiga qanday ta’sir qilishi 

mumkinligi hisobga olinadi. 



 

300 


 

Quyosh  nurlarining  organizmning  tonusi  va  kasalliklarga  qarshi  kurashish 

xususiyatlarini oshirishi hammaga ma’lum. 

Ultrabinafsha  nurlar  «D»  provitaminni  «D»  vitaminga  aylantiradi.  Shuning 

uchun suyaklarning o’sishi va shakllanishida katta ahamiyatga ega. 

Qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlar esa mikroblarga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. 

Bundan  tashqari,  tabiiy  yoritilganlikning  ruhiy  ta’siri  ham  bor,  yetarlicha  yorug’ 

xonalarda odamlarning yaxshi, ko’tarinki kayfiyati bo’ladi.Barcha iqlim hududlari 

uchun  bolalar  muassasalari  asosiy  xonalari  uchun  janubiy  va  janubiy-sharqiy 

orientatsiya  optimal  deb  hisoblanadi.  Chunki  bunda  o’quv  jarayoni  kechish 

vaqtlarida,  kunning  birinchi  yarmida  xonalar  yaxshi  yoritilgan  bo’ladi.  Janubiy 

orientatsiyalangan  xonalarda  kuz,  qish  va  bahor  fasllarida  insolyatsiya  vaqti  uzoq 

bo’ladi. 

Bunda  xonalar  havosi  quyosh  nurlari  bilan  yetarlicha  isitilganligi  uchun 

xonalarning  deraza, eshiklarini ochib, tez-tez  shamollatib  turish  mumkin.II.  III va 

IV  zonalarida  xonalarning  derazalarini  g’arbga  qaratib  qurish  mumkin  emas. 

Chunki  bunda  kunning  ikkinchi  yarmida  quyosh  nurlari  xonaning  eng  cheka 

burchaqlarigacha kirib, uni kuchli isitib yuboradi. Bolalar qisqa muddat bo’ladigan 

va  ularning  ishlashlari  uchun  tekis,  tarqoq  yorug’lik  kerak  bo’ladigan  sinf 

xonalarining  derazalarigina  shimol  tomonga  qaratib  qurish  mumkin.  Masalan, 

kabinetlar,  chizmachilik,  rassomlik  xonalari,  ovqat  tayyorlash,  kir  yuvish  xonalar 

uchun esa shimoliy orientatsiya optimal hisoblanadi. 

Ikkita yonma-yon yoki qarama-qarshi devorlarida derazalari bo’lgan xonalar 

orientatsiyasini istagancha qilish mumkin va bu xonalarni shamollatish qulay. 

Bizning  IV  iqlim  zonamizda  tik  tushuvchi  quyosh  nurlaridan  saqlanish  uchun 

o’quv xonalari derazalariga quyoshni to’suvchi moslamalar o’rnatiladi (jalyuzalar 

va h.k.). 

IV iqlim mintaqasida maktab va Bog’chalarning xonalari derazalarining optimal va 

yo’l qo’yish mumkin bo’lgan orientatsiyalari 6.6.3. – jadvalda keltirilgan. 


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish