Maktabgacha bolalar muassasalarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari.
Maktabgacha bolalar muassasalariga bolalar faqat kunduz kuni yoki kecha-
kunduz bo’ladigan umumiy muassasalar, bolalar bog’chasi, mehribonlik uylari
kabilar kiradi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchilik bo’lgan
bolalar uchun maxsus muassasalar, yoz faslida va kasallikdan keyin
soglomlashtirish muassasalari bor.
Bog’cha yoshidagi bolalar organizmi reaktivligi past, asab tizimi mukammal
emas. Maktabgacha bolalar muassasalarini loyihalashtirishi va kun tartibini
tashkillashtirilishini o’ziga xosliklari quyidagilardan iborat:
-
90 uringacha bo’lgan muassasalarda har bir bolaga 40 m
2
, boshqalarida – 35
m
2
, dan hisoblab yer ajratiladi.
-
Hovlining ko’kalamzorlashtrilgan bo’lishi, turli tuman chiroyli jihozlangan
bo’lishi bolalarning kayfiyatlarini yaxshilaydi va barcha a’zo tizimlarining yuqori
funktsional holatini ta’minlaydi.
-
Bog’cha hovlisida uning binosi, ayvon, ishchi-xo’jalik zonadan tashqari
guruhlar maydonchasi ham bo’ladi – har bir guruh uchun va umumiy (jismoniy
tarbiya uchun, ekin ekish). Hovlining 50% qismi ko’kalamzorlashtiradi.
-
Guruhlar maydonchasi bu ochiq yerdagi bog’chadir, ya’ni bino ichidagi guruh
xonasining davomidir. Shuning uchun ular har bir guruh binodan chiqish joyiga
yaqin joylanishi kerak va ularning soni guruhlar soniga mos kelishi lozim. Har bir
guruh maydonchasida tepasi to’silgan shiypon ayvoncha bo’ladi, bu ularni qishda
shamol, yogingarchilikdan, yozda esa – oftobdan saqlaydi va har qanday ob-
havoda ham ochiq havoda ko’proq bo’lishlari imkonini beradi. Yoz paytida 7-8
soat, qishda 3-4 soat bolalar hovlisida o’ynashlari kerak.
-
Umumiy fizkultura maydonchasida yil davomida qo’shimcha fizkultura
mashgulotlari, o’yinlari o’tkaziladi.
305
-
Hamma guruh maydonchalarini kengligi 1,5 m bo’lgan bitta umumiy aylanma
yo’l birlashtradi.
Umumta’lim maktablarini loyihalashtirishning gigiyenik xususiyatlari
Umumta’lim maktablari eng ommaviy o’quv-tarbiya muassasalariga kiradi.
Maktab binosi qanday qurilganligi, uning xonalar tarkibi va ularning gigiyenik
me’yorlarga qanchalik to’g’ri kelishiga bolalarning sog’lom o’sib rivojlanishi, kun
davomida ish qobiliyatlarining o’zgarishiga bog’liq.
Maktablar binosi qurilishi va foydalanilishiga qo’yiladigan asosiy sanitar-
gigiyenik talablar:
- yer maydoni bo’lishi va uning bolalarni sog’lomlashtirish maqsadida maksimal
ishlatilishi
- binoning sig’imi o’quvchilar soniga ularning ish qobiliyatlarini maksimal
saqlaydigan qilib, iqtisod pedagogik talablarni hisobga olgan holda optimal bo’lishi
- mumkin qadar turli xil yoshdagi bolalarni ajratish;
- o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun atrof
muhitning yaxshi sharoitlarini yaratish;
- mahalliy tabiiy – iqlim sharoitlarini hisobga olish.
Yer uchastkasining maydoni maktablarda har bir o’quvchiga 20 dan 53 m
2
,
maktab-internatlarda esa 50 dan 71m
2
gacha bo’ladi.
Agar maktabda uzaytirilgan kun sinflari bo’lsa, uning yer maydoni maktab-
internatga o’xshab hisoblanadi.
Maktabning yer uchastkasini quyidagi funktsional zonalarga ajratish maqsadga
muvofiqdir:
- o’quv-tajriba
- dam olish,
- sport maydoni,
- xo’jalik maydoni
Dam olish qismida boshlang’ich sinf tanaffuslarda turli xil harakatli o’yinlar
o’ynashlari uchun o’yin maydonchalari tashkil qilinadi, ular boshlang’ich
306
sinflarning binodan chiqish joyiga yaqin joylashishi kerak.Bunday maydonchalar
tayyorlov, o’rta va katta sinflar uchun alohida va yana alohida tinch o’tirib dam
olish joyi bo’ladi.Ko’cha tomondan 6 m kenglikda, ichkaridan esa 1,5 m kenglikda
yashil o’simliklar bo’lishi talab etiladi.
Maktab binosi sig’imining orttirilishi iqtisodiy jihatdan yaxshi lekin salbiy
tomonlari bor:
1. yuqumli kasalliklar, ayniqsa boshlang’ich sinflarda ko’payadi
2 binoning tuzilishi, murakkablashadi, koridorlar uzayib ketadi (200 m gacha)
3 o’quv xonalari bino perimetrii bo’yicha joylashadi, bu orientatsiya esa gigiyenik
talabalarining buzilishiga olib keladi, ya’ni maktab binosi va hovlisida shovqin
kuchli bo’ladi – ba’zida uning darajasi 30 dB. ga yetishi mumkin, maktabni
boshqarish qiyinlashadi, katta jamoada ba’zi bir o’quvchilar o’zini yo’qotib
qo’yadi, bu ularning qobiliyatlari rivojlanishini pasaytiradi
Sport zalida faqat birinchi sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya darsi bilan
mashg’ul bo’lishlari ruxsat etiladi.
Boshlang’ich sinflar ovqatlanish xonasini alohida qilib loyihalashtiriladi.
Maktablar qurishda demografik ko’rsatkichlardan tashqari joyning milliy
xususiyatlari ham hisobga olinishi mumkin.
Maktab binosini loyihalashtirishda barcha asosiy xonalarni guruh va sektsiyalarga
ajratiladi: a. birinchi sinf o’quvchilari o’quv sektsiyasi (sinf xonalari, yotokxona –
o’yinxona, rekratsion xona va sanitariya tarmog’i). b. 2-4 sinflar o’quv sektsiyasi
(bu yerda yotoqxona –o’yinxona bo’lmaydi).
v. 5-9 sinflar o’quv sektsiyasi va 10-11 sinflar, kabinetlar, laboratoriyalar, mehnat
tarbiyasi va kasbga yo’naltirish xonalari.
- sinflarda har bir o’quvchiga 2 m
2
– kabinetlarda -3-4m
2
, o’quv mehnat xonasida
4,5-5,4 m
2
maydon to’g’ri kelishi kerak.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki boshlang’ich sinf xonalari alohida qurilib, turli ob-
havo sharoitlarida ham ular ochiq havoda o’ynab dam olsalar, bu sinf
o’quvchilarining kasalliklar bo’yicha dars qoldirish indeksi kichik bo’lar ekan.
307
Bino ichida boshlang’ich sinf xonalari birinchi qavatda joylashishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |