F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


 Bolalar va o’smirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

6.7. Bolalar va o’smirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni 

qo’llashda tavsiya qilinadigan tadbirlar 

Bolalar  va  ular  orasida  kuzatiladigan  kasalliklarning  oldini  olish  tadbirlariga 

tashqi muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf qilish bilan birga bola organizmi 

va  uning  himoya  qobiliyatini  oshirish  va  tashqi  muhit  omillariga  moslashish 

mexanizmini yuqori darajaga ko’tarish ham kiradi. 

Odam organizmini tashqi muhit omillariga va unda kuzatiladigan o’zgarishlarga 

moslashishi, uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. 

Organizmning  moslashish  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  bolani  tashqi 

muhit  omillarining  salbiy  ta’sirlariga  chiniqtirmoq  zarur.  Masalan,  chiniqqan 

bolalar organizmida past harorat salbiy o’zgarishlarni deyarli paydo qilmaydi. 

Chiniqish deganda organizmning tashqi muhit omillariga qarshilik ko’rsatish va 

ko’nikish  qobiliyatlari  oshganligi  tushuniladi.  Organizmning  jismonan 

rivojlantirishda asosiy ijobiy ta’sir etuvchi omillardan biri — chiniqish hisoblanadi. 

Chiniqish  natijasida  past  harorat  ta’siridan,  asab  tizimi  ishtirokida  teri  sathida 

joylashgan  juda  ko’p  miqdordagi  retseptorlar  ta’sirlanib,  teri  va  yuqori  nafas 

yo’llaridagi shilliq qavatda joylashgan qon tomirlari oldin qisqa muddatli reflektor, 

yurak  urishi,  nafasning  tezlashishi  va  chuqurlashishi  kuzatiladi.  Bu  o’z  yo’lida 

moddalar  almashinuvi  jarayonining,  nafas  koeffitsientining  oshishiga  hamda 

organizm haroratining qisman ko’tarilishiga olib keladi. 

Past  haroratli  muolajalar  ta’siridan  qon  tomirlardagi  o’zgarishlar  3  bosqichda 

o’tadi: torayish, kengayish va paretik torayish. 

Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayish va kengayish bilan chegaralanganda 

chiniqish  belgilari  yuzaga  keladi.  Paretik  qisqarish  muzlash  alomatini  keltirib 

chiqarishi va shu tufayli organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. 

Chiniqtiruvchi  muolajalarni  qo’llashda  yetarli  darajada  natija  olish  uchun 

quyidagi talablarga rioya qilish zarur: 




 

308 


 

a) tavsiya  qilinadigan  chiniqtiruvchi  muolajalarni  sekin-asta  ma’lum  darajada, 

ta’sir etish kuchini oshirgan holda qo’llash; 

b) organizmga past harorat bilan surunkasiga ta’sir qilish; 

v) barcha chiniqtiruvchi vositalar orqali umumiy holda ta’sir qilish. 

Chiniqtiruvchi  muolajalarni  tavsiya  qilishdan  oldin  bolaning  salomatligi, 

shaxsiy  xususiyatlari  (asab  tizimi),  yoshi,  jinsi,  turmush  sharoiti  va  h.k.  hisobga 

olinishi zarur. 

Salomatligi  zaif  bolalarga  alohida  e’tibor  berish,  ularga  chiniqtiruvchi 

muolajalarni shifokor nazoratida qo’llash kerak. 

Ushbu muolajalarni yilning istalgan faslida boshlash mumkin, lekin yoz va kuz 

faslida chiniqtiruvchi omillar ta’sir kuchini sekin oshirib borish samaraliroqdir. 

Eng  yaxshi  chiniqtiruvchi  omillar  toza  havo,  quyosh  nuri  va  suv  muolajalari 

hisoblanadi.  Organizmni  chiniqtirish  maqsadida  mahalliy  va  umumiy  usullarni 

qo’llash  mumkin.  Mahalliy  usul  umumiy  usulga nisbatan  kam  ta’sir  ko’rsatuvchi 

kuchga ega bo’lsa ham, organizmda umumiy o’zgarishlar keltirishga qodirdir. 

Chiniqtiruvchi omillar qanchalik to’g’ri tavsiya qilinganligi hamda o’z vaqtida 

kerak  bo’lgan  o’zgarishlarni  kiritish  maqsadida  chiniqish  belgilarini  quyidagi 

ko’rsatkichlar  orqali  ifodalash  kerak:  o’zini  qanday  his  qilishi,  harakatchanligi, 

toliqishi, ishtahasi, uxlashi va h.k. 

Chiniqtiruvchi  muolajalar  ta’sirida  bola  organizmida  biror  salbiy  o’zgarishlar 

sezilsa, shu zahoti uning sababi aniqlanib, tegishli o’zgarishlar kiritish zarur. 

Havo  vannasi  boshqa    muolajalardan  o’zining  hammabopligi,  yoqimliligi  va 

qulayligi bilan ajralib turadi. 

Havo vannalari  mahalliy  va umumiy  bo’ladi.  Havo vannalarga  yilning  hamma 

faslida  ochiq  havoda  o’tkaziladigan  ertalabki  badantarbiya,  sayr  qilish,  kunduzgi 

uyqu, ustki kiyimlarni sekin-asta kamaytirish va h.k. kiradi. 

Bolalarning ochiq havoda bo’lishi tetiklikni, ularning asab va endokrin tizimlari 

faoliyatini  hamda  moddalar  almashinuvini  oshiradi.  Tashqi  muhit  omillari  ularga 

turlicha  ta’sir  qiladi,  shu  sababli  muolajalarni  har  bir  bolaning  asab  tizimini 




 

309 


 

faoliyati  hamda  uning  turini  hisobga  olgan  holda  tavsiya  qilmoq  kerak. 

Respublikamiz  iqlim  sharoitida  havo  muolajalari  ertalab  soat  8—10  orasida 

olingani ma’qul. 

Kamqonlik,  sil  intoksikatsiyasi,  asab  faoliyatida  o’zgarishlari  bo’lgan  bolalar 

yoz kunlari (20—22° haroratda) daraxtlar tagida yoki shiyponlarda havo olganlari 

ma’qul. 

Suv muolajalari bilan chiniqish keng tarqalgan bo’lib, ancha natijali hisoblanadi. 

Bunday  holat  suvning  fizikaviy  xossasi,  ya’ni  yuqori  darajada  issiqlik 

o’tkazuvchanligi, issiqlikni saqlovchi va mexanik ta’siri bilan ifodalanadi. 

Suv muolajalari ichida eng tarqalgan hammabop va qulayi — badanni suv bilan 

namlangan  lattada  artish  (umumiy  va  mahalliy)  dir.  Bunday  muolaja  ayniqsa, 

nimjon  va  yosh  bolalarda  yaxshi  natija  beradi.  Nam  latta  bilan  artinishni  ertalab 

bajargan ma’qul. Bu muolaja yaxshi natija bersa, bir-bir yarim  oydan so’ng bosh 

ustidan  suv  quyishga  o’tish  mumkin.  Bunday  chiniqish  ancha  kuchli  ta’sir 

ko’rsatadi.  Qish  faslida  badanni  ho’l  latta  bilan  artish  imkoni  bo’lmaganda 

oyoqlarni suvli tog’oraga solib chiniqish mumkin. 

Yoz faslida eng yaxshi va yoqimli ta’sir ko’rsatuvchi suv muolajalaridan biri — 

dush qisoblanadi. Dushning organizmga ta’siri oddiy suv quyishga (bola ustidan) 

nisbatan kuchli. Bunda suvning haroratidan tashqari joylarning mikroiqlimi hamda 

jo’mrakdan tushgan suvning mexanik ta’siri ham bor. 

Dush  qabul  qilishdan  oldin  shifokor  bilan  maslahatlashish  lozim.  Tez-tez 

shamollab  turuvchi  bolalarga  dushda  hamda  ochiq  suv  havzalarida  cho’milish, 

chiniqtiruvchi  omil  sifatida  tavsiya  qilinmaydi.  Chunki  bunda  hamma  muolajalar 

(past harorat, quyosh nuri, suvning teri sathiga ta’siri) natijasida bola organizmida 

salbiy  o’zgarishlar  kuzatilishi  mumkin.  Dengiz  suvida  cho’milganda  suvning 

mexanik  ta’siriga,  dengiz  sathidagi  mikroiqlim,  jismoniy  harakat  hamda  suv 

tarkibidagi tuzlar ham qo’shiladi. Cho’milishdan oldin va keyin ovqatlanish tavsiya 

etilmaydi.  Cho’milib  bo’lgandan  so’ng  badanni  quriguncha  mayin  tukli  sochiqda 



 

310 


 

artish  zarur, quyosh nurida quritish  yaramaydi.  Cho’milish uchun  eng  qulay  vaqt 

ertalabki va kechki soatlar hisoblanadi. 

Bo’g’imlari  va  mushaklari  kasallangan,  surunkali  buyrak  hamda  qon-tomir 

tizimida  xastaliklari  bor  bolalarga  ochiq  suv  havzalarida  cho’milish  tavsiya 

etilmaydi. 

Chiniqtiruvchi  muolajalar  ichida  quyosh  nurlari  ham  foydali  hisoblanadi.  Ular 

ta’sirida  moddalar  almashinuvi  kuchayadi.  Quyoshdagi  UB  nurlar  faol  biologik 

xususiyatlarga  ega,  ular  uzunligiga  qarab  qisqa  (280  nm  gacha),  o’rtacha 

uzunlikdagi (280—320 nm) va uzun (320 nm dan uzun) bo’ladi. Qisqa to’lqinli UB 

nurlar to’qimalardagi oqsillarni denaturatsiyaga uchratish qobiliyatiga ega, o’rtacha 

uzunlikdagi UB nurlar teri sathidagi  7—8 degidroxolesterindan vitamin  «D» ning 

sintez bo’lishida ishtirok etadi. Bu o’z yo’lida iste’mol qilingan ovqat mahsulotlari 

tarkibidagi  kaliy  va  kaltsiy  tuzlari  o’zlashtirishini  ta’minlab,  raxitning  oldini 

olishga  yordam  beradi.  Uzun  to’lqinli  UB  (infraqizil)  nurlar  teri  sathidagi  qon 

tomirlarini kengaytirishi natijasida organizm haroratini oshirishi mumkin. 

Yuqorida  qayd  etilgan  biologik  xususiyatlarni  hisobga  olgan  holda  shifokor 

maslahatiga  ko’ra  quyosh  nurlarini  chiniqtiruvchi  muolaja  sifatida  tavsiya  etish 

mumkin,  aks  holda  denaturatsiyaga  uchragan  to’qima  organizmga  salbiy  ta’sir 

qiladi.  Uzun  to’lqinli  nur  ta’sirida  ba’zan  teri  kuyishi  («oftob  urishi»  va  h.k.) 

mumkin. 

Bir  yoshgacha  bo’lgan  bolalarga  quyosh  muolajalari  tavsiya  etilmaydi,  undan 

katta  bolalarga  ham  bunday  muolajalarni  qabul  qilishlari  uchun  shifokor 

tavsiyanomasi  bo’lmog’i  kerak.  Quyosh  vannasidan  so’ng  bola  ustidan  oftobda 

isitilgan  suvni  quyish  va  badani  quriguncha  sochiq  bilan  artish  hamda  dam  olish 

uchun salqin joyga o’tqizish lozim. 

Quyosh  nurlaridan  foydalanish  uchun  respublikamizda  eng  yaxshi  vaqt  ertalab 

soat  8  dan  11  gacha  va  kunning  ikkinchi  yarmi  soat  17—18  gacha  hisoblanadi, 

chunki  bu  vaqtlarda  o’rtacha  uzunlikdagi  UBN  ko’p  bo’ladi,  hamda  harorat 

birmuncha pasayib, quyosh nurlari yer sathiga qiya tarzda tushadi. 




 

311 


 

O’pka sili, yurak yetishmovchiligi (dekompensatsiya holidagi), qon kasalligi bor 

bolalar  va  o’smirlarga  quyosh  nurlari  bilan  organizmni  chiniqtirish  tavsiya 

etilmaydi. 

Bolalar  doskaga  qaraganda  boshini  bir  tomonga  engashtirishni  odat  qilmasligi 

uchun qar bir o’quv choragida ularni bir qatordagi partadan boshqasiga o’tkazish 

lozim. 

Sinf  doskasining  yuzasi  tekis,  silliq,  yaltiramaydigan  va  qopqora  yoki  yashil 

rangda,  kattaligi  175x120  sm;  5—8  sinflar  uchun  95  sm,  hamda  9—11  sinflar 

uchun 100 sm bo’lishi kerak. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish