F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”


     Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

6.8.     Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini 

tekshirish va baholash 

     


Bolalar  va  o’smirlarning  jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlari  ularning  integral 

ko’rsatkichlari  qatorida  baholanadi  va  u  bolalarning  oilada,  maktabgacha  bo’lgan 

bolalar  muassasalarida  va  maktablarda  yaratilgan  tarbiya  va  o’qitish  sharoitlari  va 

bolalarning  salomatlik  holatini  ta’riflab  beradi  (kasalliklarning  bor-yo’qligi). 

Hozirgi vaqtda  UASh oldiga na faqat kuzatuv ostidagi bolaning ayrim bolalarning 

jismoniy  rivojlanishini  nazorat  qilish,  balki  uyushgan  jamoalardagi  bolalarning 

jismoniy rivojlanishini nazorat qilishdan iborat. Bu bolalarning yashash muhitidagi 

gigienik omillarni o’z vaqtida to’g’ri baholash va korrektsiya qilishga imkon beradi, 

jumladan  bolalarning  ovqatlanishi,  jismoniy  mashqlarning  turi  va  darajasi,  ish    va 

o’qish joylarining tashkil etilganligi, to’g’ri tuzilgan kun tartibi, hamda maktabdagi 

mashg’ulotlarning  tartibi  va  harakteri,  bolalar  muassasalarining  sanitar-texnik 

jihozlanganligining  to’g’riligi,  xonalarning  yoritilish  sifati  kabilar.  Bolalar  va 

o’smirlarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari oilada va hamda maktabgacha va 

maktab 


muassasalaridagi 

tarbiyalash  va  o’qitish  sharoitlarinng  qanday 

yaratilganligiga  bog’liqdir.  Bunday  eng  ko’p  ahamiyatga  ega  bo’ladigan  omillar 

qatoriga  bolalarning  ovqatlanish  sifati,  jismoniy  yuklamalarning  harakteri  va 

darajasi, o’qish joylarining tashkil etilganligi, olqilona tuzilgan va bajariladigan kun 

tartibi, maktabdagi darslarning tartibi va harakteri, bolalar muassasalaridagi sanitar-




 

312 


 

texnik jihozlarning sozligi, xonalarning yoritilish sifati va b. kiradi. Shuning uchun

 

vrach bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanish belgilarini tekshirish va baholay 



olishni bilishi va olingan natijalar asosida ularga yaratilgan tarbiyalash va o’qitish 

sharoitlari haqida fikr yuritaolishi kerak. 

      Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash albatta yiliga bir marta 

o’tkazilib,  olingan  natijalarni  har  bir  bolaning  shaxsiy  rivojlanish  kartasiga  yozib 

borilishi shart. 

    


Bolalar  va  o’smirlarning  jismoniy  rivojlanishi  haqida  bir  qator  belgilar 

(ko’rsatkichlar) orqali fikr va xulosa chiqarish mumkin bo’lib, bu ko’rsatkichlar uchta 

guruhga bo’lingan: 

1.Somatometrik ko’rsatkichlar - bo’y, vazn va ko’krak qafasi aylanasi (KQA); 

2.Fiziometrik  ko’rsatkichlar-  mushaklar  kuchi,  o’pkaning  tiriklik  sig’imi,  A/B 

(arterial bosim) qiymati, puls tezligi, teri osti yog’ qavatining qalinligi; 

3.Somatoskopik  ko’rsatkichlar  -  skeletning  holati,  badan  terisining  holati,  doimiy 

tishlarning soni, jinsiy rivojlanish formulasi. 

   Bu belgilarni tekshirishda ayrim qoidalarga rioya qilinishi kerak. 

   Bolaning 

bo’yi  yog’ochli  yoki  temirli  bo’y  o’lchagichda  aniqlanadi. 

O’lchashlarning  ertalabki  soatlarda  o’tkazilishi  kerak.  O’lchash  vaqtida  bo’y 

o’lchagichning  vertikal  taxtasiga  bola  tanasining  quyidagi  qismlari  tegib  turishi 

kerak:  kurak  oralig’idagi  umurtqa  pog’onasi,  dumba  sohasi,  tovonlar;  bosh  biroz 

oldinga  egilgan  holda  bo’ladi.  Vazn  tibbiy  tarozi  yordamida  aniqlanadi.  Bolaning 

yoshini  hisobga  olgan  holda  (bola  nonushta  qilgan  bo’lishi  shart-  tahminan-0,3kg) 

olingan qiymatlardan(ovqat uchun - 0,3kg), kiyimlardan (yil fasllariga muvofiq -0,3-

0,5kg)  va  vazndan  esa-0,5kg  (yozda)  -  1kg  (qishda),    olib  tashlanadi.          KQA 

santimetrli  tasma  yordamida  aniqlanadi,  buning  uchun  tasma  orqa  tarafda  kurak 

burchaklari  sohasida,  oldi  tomonda  esa,  o’g’il  bolalarda  -  4  qobirg’a  sohasida,  qiz 

bolalarda ko’krak bezi aylanasining ustki qismida turishi kerak.     



 

313 


 

 Mushaklar  kuchi  qo’l  dinamometri  yordamida    (qo’l  mushaklari  kuchi)  yoki 

oyoq  dinamometri  (orqa  kurak  atrofi  va  umurtqa  pog’onasi  yonidagi  mushaklar 

kuchi). 


      O’pkaning tiriklik sig’imi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun 

bolaga  spirometrga  qanday  puflash  (to’liq  nafas  chiqarish)  kerakligi  haqida  yo’l-

yo’riq beriladi.       A/B tonometr yordamida, puls tezligi esa  - palpator aniqlanadi.     

Teri  osti  yog’-kletchatkasining  qalinligi  maxsus  shtangentsirkul  yordamida  

o’lchanib, santimetrlar (sm)da ifodalanadi.      Somatoskopik belgilar tavsiflash orqali 

ifodalanadi, jinsiy yetilish belgilari esa formula yordamida ifodalanadi. O’g’il bolalar 

uchun bu formulaga ko’pincha qov va qo’ltiq ostidagi junlarning o’sganlik darajasini 

(mas., R


o

, Ax


1

 ko’rinishida, bu demak tekshiriluvchi bolada qov sohasida tuklar hali 

chiqmagan, qo’ltiq ostida esa, 1 darajali ya’ni bitta-yarimta o’sish bor deganidir). Qiz 

bolalarning  jinsiy  rivojlanishini  ifodalashda  ko’krak  bezining  rivojlanganligi, 

menstiruatsiya  siklining  boshlanish  vaqti-menarxe  qo’shiladi  (mas.,  R

2

,  Ax



2

  Ma


2

Me



13

  -  bu  degani,  tekshiriluvchi  qiz  bolada  qov  va  qo’ltiq  osti  sohasida  2  darajalik 

rivojlanish,  sut  bezi  ko’krakdan  ko’tarilgan,  menstruatsiya  esa,  13  yoshdan 

boshlangan demakdir).  

Bolalar  va  o’smirlarning  jismoniy  rivojlanish  ko’rsatkichlarini  baholash 

jismoniy  rivojlanish  standartlari  bilan  taqqoslash  orqali  bajariladi.        Bolalar  va 

o’smirlarning  jismoniy  rivojlanish  standartlari    bolalarning  jinsi,  yoshi,  millati  va 

yashash  joyiga  bog’liq  bo’ladi.  Shuning  uchun  jismoniy  rivojlanish  holati  haqida 

xulosa  chiqarish,  masalan  agar  shahar  sharoitidagi  bola  uchun  qishloq  joylarida 

yashaydigan  bolalarning  standartlari  bilan  taqqoslansa,  olingan  natija    noto’g’ri 

hisoblanadi.  Jismoniy  rivojlanish  standartlarini  tayyorlash  uchun  tekshirishlar 

o’tkaziladi,  olingan  natijalarni  matematik  ishlovdan  o’tkaziladi.  Buning  uchun 

tekshirishdan  kam  deganda  har  bir  jins  va  yosh,  bir  hil  millat  va  bir  joyda 

yashaydigan  100  ta  bola  o’tishi  kerak  bo’ladi.  Jismoniy  rivojlanish  standartlarini 

ishlab  chiqish  uchun  olingan  ma’lumotlar  statistik  ishlovdan  o’tkazish  usuli  va 



 

314 


 

olingan standartlarning qiymatlari yoki regressiya shkalasi, yoki sentil shkalasi, yoki 

biologik rivojlanish standartlari ko’rinishida rasmiylashtirilishi mumkin.   

   Jismoniy  rivojlanishni  shaxsiy  tarzda  baholash    uchta  usulda  bajarilishi 

mumkin,  ammo  ilgari  bunday  baholashlar  4  usulda  amalga  oshirilar  edi:  regressiya 

shkalasi bo’yicha, kompleks sxema bo’yicha, sentil shkalasi bo’yicha (sigmali og’ish 

usuli- 4- usul).     


Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish