4. Kasalxona ovqatxonasi (ovqatxonadagi xonalar va jihozlarning tarkibi, ovqat
78
2.10. Tez buziluvchi ovqat mahsulotlarining sifatliligini baholash
UAShning asosiy vazifalaridan biri ovqatdan zaharlanish hodisalarining
oldini olish bo’yicha ishlar va aholi orasida oqilona ovqatlanish mahoratlarini
shakllantirish, xususan sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga o’rgatish
hisoblanadi. Bu ishlar asosan tez buziluvchi ovqat mahsulotlariga taalluqli bo’lib,
birinchi navbatda sut, sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari hisoblanadi.
Bu mahsulotlar ham sog’lom va ham bemorlar uchun eng asosiy ovqat
mahsulotlari qatoriga kirib, ular muayyan sharoitlarda juda og’ir kechadigan
ovqatdan zaharlanish hodisalariga sababchi bo’lib qoladi, xususan - konservalar,
botulizmning kelib chiqishidagi asosiy sababchi mahsulot bo’lib qoladi.
Inson ovqatlanishi uchun foydalanadigan ovqat mahsulotlari, bu
mahsulotlarning to’plami miqdor va sifat jihatdan to’la qiymatli, turli tuman va
yaxshi ta’m ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak. Iste’mol qilinadigan ovqatlar
hayvon mahsulotlari (go’sht, baliq, sut, tuxum) va o’simlik mahsulotlari (don-dun,
sabzavot va mevalar)ga bo’linadi. Har qanday ovqat mahsuloti muayyan ovqatli
qiymati bilan ta’riflanadi. Mahsulotning ovqatli qiymati uning tarkibidagi u yoki
bu ko’rinishdagi oziqali moddalarning miqdoriga bog’liq holda o’zgaradi. Ovqat
mahsulotlari
tarkibidagi
oziqali
moddalarning
miqdoriy
ko’rsatkichlari
organizmning ehtiyojini qondira olishi lozim. Ko’pgina ovqat mahsulotlari turli
xildagi oziqali komponentlarni o’z tarkibida tutadi. Shuning uchun u yoki bu
turdagi mahsulotning ustunligi uning energiya manbai, plastik materialligi,
vitaminli va mineral moddalarga boyligi bilan ahamiyatlidir.
Hayvon mahsulotlari avvalam bor plastik materiallar manbai, non va yorma
mahsulotlari, yog’lar esa energetik manba, sabzavot va mevalar bo’lsa, organizmga
faol komponentlarning kirish manbai hisoblanadi.
Oziq-ovqat
mahsulotlari
yangi,
mikroblar
bilan
zararlanmagan,
ifloslanmagan, tabiiy tarkibi qoniqarli, sanitariya qonunlariga zid bo’lmaydigan va
taqiqlangan qalbakilashtirish hollari bo’lmasligi, tarkibi mexanik qo’shimchalardan
holi bo’lishi kerak.
79
Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida
O’zbekiston respublikasida ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, etishtirish, ularga
ishlov berish, ularni tashish, saqlash realizatsiya jarayonlarining sifatli bo’lishini
muntazam nazorat qilish uchun sanitariya-veterinariya nazorati tashkil etilgan
bo’lib, DSENM xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatligini aniqlash uchun quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1. Organoleptik usul – mahsulotning rangi, hidi, ta’mi, tashqi ko’rinishi,
konsistensiyasi aniqlanadi
2. Fizikaviy usul – mahsulotning harorati, zichligi, namligi aniqlanadi.
3. Kimiyoviy usul – mahsulotning kimyoviy tarkibi, (pH) muhiti, hamda begona
qo’shilmalarning borligi aniqlanadi.
4. Mikroskopik usul – mahsulotning morfologik tuzumini, parazitlarning borligi
aniqlanadi.
5. Bakteriologik usul – mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanganlik darajasi va
tabiati aniqlanadi.
6. Biologik usul – mahsulotlarning zaharliligi tajriba hayvonlarida o’rganiladi.
7. Radiometrik usul – mahsulotlarning radioaktiv moddalar bilan zararlanganligi
aniqlanadi.
Ko’rsatma va imkoniyatlarga ko’ra yuqorida ko’rsatilgan usullarning
barchasi yoki ulardan ba’zilari qo’llaniladi. Eng ko’p organoleptik, fizikaviy va
kimyoviy tekshirish usullari qo’llaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini to’liq gigiyenik baholash DSENM
ning sanitar-gigiyenik laboratoriyalarida amalga oshiriladi, ammo ayrim hollarda
tez buziluvchi mahsulotlarning sifatliligi DPM ning ovqatxonasida ham eng oddiy
usullar yordamida tekshirilib, ularning sifatiga baho berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: