97
varog„i kabi bo„lgan, juda past zichliklar va o„zgarmas tezliklarga ega fazoni tasavvur
qilishimiz mumkin. Tezlanishning paydo bo„lishi hamda,
zichlikning ortishi bilan
undagi to„g„ri chiziqlar qiyashayib, oxiri chiziqlarning sinishigacha yetib boradi. Bu
o„zgarishlar, muayyan vaqtga kelib konstantalari ham o„zgara boshlaydigan
Minkovskiy metrikasini ifodalaydi.
Jismlarning gravitatsiya maydonidagi harakati.
Tasavvur qiling, bir nechta odam katta bir choyshabni har tomonlardan cho„zib tortib
turishibdi. Choyshabning o„rtasiga esa katta va og„ir shar joylashtirilgan. Agar choyshabni
tutib turganlar
uni silkita boshlashsa, chiyshab sirtida buklangan va taxlangan joylar hosil
bo„ladi va shar ham harakatga keladi. Harakatga kelgan shar, imkoni bo„lgan barcha
yo„nalishlarda - chuqurliklarga tezlashib va do„ngliklardan
chiqishda esa sekinlashib
harakatlanadi. Sharning harakati, uni tutib turgan choyshabning sirt geometriyasiga to„liq
bog„liq bo„ladi. Biroq sharning bu jarayondagi rolini passiv deb baholash noo„rindir: uning
vazni va harakatiga ko„ra ham choyshab yuzasi o„zgaradi. Endi, agar choyshab ustiga
kichikroq shisha sharcha tashlasak, uning harakati ham choyshab usti yuzasi geometriyasiga va
shu
bilan birga, katta og„ir sharning harakatiga bog„liq bo„ladi. Agar choyshab ko„rinmas
bo„lib qolganda edi, biz katta sharning markazidan hosil bo„lib kelib chiqayotgan sirli
kuchning qanday qilib kichik sharni harakatiga ta‟sir qilayotganini hamda uni xuddiki
ohanrabodek o„ziga tortayotganini kuzatgan bo„lardik. Bizga esa, o„zida joylashgan katta og„ir
jismning harakati va massasi tufayli o„zgarishlarga uchrayotgan (deformatsiyalanayotgan)
ko„rinmas choyshabning
sirt geometriyasi sababidan, shisha sharchaning sirt bo„ylab
harakatlanib chizayotgan egri chiziqlarini tushuntirib o„tirishimizga hojat qolmasdi. Endi, bu
o„xshatishni o„zida biror materiya, (demakki, energiya ham) tutgan gravitatsion maydon uchun
tadbiq qilsak, undagi massa tufayli, zamon va makon uyg„unligi egrilanib, natijada bu
uyg„unlikka dahldor bo„lgan barcha
unsurlarni tezlanishi yoki, sekinlanishiga sabab bo„lishi
mumkinligi, yoki ularni o„z trayektoriyasidan og„ishga majbur qilishini tasavvur qilishimiz
osonlashadi.
98
Massaning mavjudligi, ikinchi tasdiqda ta‟kidlanayotgan to„rt o„lchamli
fazoning arxitekturasini tasavvur qilish imkonini beradi. Birinchi tasdiq esa, mazkur
fazoda harakatlanayotgan istalgan jismning trayektoriyasini bayon qiladi.
Eynshteyn tenglamasi muhim bir geometrik xossani o„zida namoyon qiladi.
Unda invariantlar mavjud bo„lib, demakki, istalgan kuzatuvchi uchun o„rinlidir
(to„g„ridir). Agar fazoning egriligi va masofasi koordinatalar tizimiga bog„liq
bo„lmasa, demak, fizik fenomenlar ham kuzatuvchining
makondagi egallab turgan
vaziyatiga bog„liq emas. Yuqoridagi tarzdagi xulosa bilan, maxsus nisbiylik
nazariyasining postulatlaridan birini umumlashtirish mumkin: har qanday inersial
sanoq tizimlarida, fizika qonunlarining barchasi bir xil ko„rinishda bo„ladi. Lekin, biz
undan ham nari o„tib shunday deyishimiz mumkin: fizika qonunlari, tezlanish bilan
harakatlanayotgan barcha sanoq tizimlarida bir xilda amal qiladi.
German Minkovskiyning qo„li
yengil ekanmi, nisbiylik nazariyasi haqidagi, yaxshi
ma‟nodagi «mashmasha» Gyottingen uniersitetini juda tez qamrab oldi. Olim bilan
bir ilmiy muhitda ishlagan va unga ancha yaqin bo„lgan insonlardan biri, XX asrning
eng nufuzli va sermahsul matematiklaridan sanaladigan olim David Gilbert edi.
Minkovskiy Gilbert yuragida fizikaga nisbatan muhabbat uyg„otish uchun ko„p yillar
davomida katta kuch va mehnat sarfladi. Bu borada u hatto milod (rojdestvo)
bayramidagi mehnat ta‟tillari davomida Gilbert honadoniga mehmonga tashrif
buyurishdan bosh tortish kabi do„stona «tahdid»larga ham qo„l urib ko„rdi. «
Do'stlaringiz bilan baham: