6
Eynshteyn inqiloblar zamonasida yashadi. XIX asrda reklama matbuotni egalladi,
1920-yillarda u radioda o„z o„rnini topdi, ikkita o„n yillikdan so„ng esa
televideniyeda ham paydo bo„ldi. Insoniyat ilk bora axborot huruji bilan yuzma-yuz
keldi va uning kuchli zarba to„lqinini qabul qilib oldi. Tarixning o„sha
davrida
mashhurlik cho„qqisiga ko„tarilgan insonlar siymolari barchaning yodida abadiy
qolgan: Charli Chaplin, Merlin Monro, Elvis Presli, Albert Eynshteyn...
Aytish mumkinki, o„z umri poyonida Eynshteyn
butun dunyo iftixorlaridan
biriga aylandi. Kimyoviy qurollar va yadroviy tahdidlarni taqdim etgan ikkita jahon
mojarolaridan keyin, ilm-fan taraqqiyoti oldidagi ta‟zim, muttasil qo„rquv va xavotir
bilan yondosh bo„lib qolgan edi. Tabiat kuchlari oldida ongli ravishda bosh egish va
qurollanish poygasiga chek qo„yish g„oyalarini targ„ib etayotgan paxmoq sochli
parinshonxotir dahoninig timsoli, hafsalasi pir bo„lgan butun boshli bir avlod uchun
ilm-fanning insonparvarlik tamoyillariga nisbatan bo„lgan so„nggi umidi sifatida
gavdalanar edi. O„z eng yuksak shon-sharaf cho„qqisiga erishgan vaqtida u 72
yoshda bo„lgan. Bu vaqtga kelib uning ko„plab otashin g„oyalaridan aksariyatining
tafti so„nib bo„lgan bo„lib, faqat bittasi – kvant mexanikasi va nisbiylik nazariyasini
o„zaro tutashtirish orzusi hali uyg„oq edi. 1980 yilda uning shaxsiy qo„lyozmalari
omma e‟tiboriga havola etildi va olim yodini qadrlovchi izdoshlari, o„z
suyukli
daholarining oddiy inson sifatidagi qirralarini ham bilib olishga muvaffaq bo„ldilar.
Uning paypoq kiymaganligi, trubka chekkani, skripkada kuy chalganligi, hamda,
7
ilm-fan bilan bog„liq bo„lmagan boshqa qator mashg„ulotlari
va qiziqishlari
ayrimlar uchun haqiqiy kashfiyot bo„ldi.
Ko„pchilik xotirasida Eynshteyn, birinchi jahon urushi, natsizm va
makkartizm kabi balolarga mutlaqo qarshi bo„lgan
haqiqiy patsifist
1
va namunali
fuqaro sifatida saqlanib qolgan. Lekin uning shaxsiy hayotini esa unchalik ham
namunaviy deb bo„lmaydi.
«Time» jurnali Eynshteynni asr kishisi deb tan olgan va kimningdir uni bu
shohsupadan mosuvo qila olishi ehtimoldan yiroq narsa. Butun bir yuz yillikning
timsoli sifatida gavdalanuvchi
olimning shaxsiyati, o„ziga tegishli mazkur
shohsupani mutlaqo haqli ravishda egallab turibdi. Eynshteyn biz uchun bu – ikkita
qirg„inbarot jahon urushi, Xirosimadagi yadro qo„ziqorini, yahudiylarning ta‟qib
qilinsihi, yuksak ilmiy zehn-zakovatning taraqqiy etishi va uning jamiyatga
ta‟sirining mislsiz darajada o„sib borishi,
shuningdek, sionizm, senator Makkarti
paranoyasi, qanotli iboralar kolleksiyasi,
E
=mc
2
formulasi, butun dunyoda tinchlik
o„rnatilishi haqidagi orzular... kabi siymolarda namoyon bo„ladi.
Eynshteyn o„z tarjimai holini
shunday tarzda yozganki, unda shaxsiy hayot
haqida yozilgan va qachonlardir tarixda mavjud bo„lgan istalgan boshqa
avtobiografik matndagidan ham oz shaxsiy ma‟lumotlar qoldirgan. Bu tarzda u
ehtimol, o„z shaxsiy hududini saqlab qolmoqchi bo„lgandir. U o„z tarjimai holining
ilk sahifalardayoq quyidagicha dasturiy bayonot qoldirgan edi: «
Do'stlaringiz bilan baham: