11
mexanizmiga aylantirib, uni xoxish va yoki sanoat inqilobi
talablari doirasida
boshqarish mumkin bo„ladigan ko„rinishga keltirgan bo„lsa, Eynshteyn esa, ilgari
orzu ham qilib bo„lmagan narsalarni ham real voqe‟likka aylantirdi. Shuningdek
uning g„oyalari kimlar uchundir qay darajada tushunarli yoki tushunarsiz
bo„lishidan qat‟iy nazar, hozirgi zamon madaniyatining har jabhasida o„z aks-
sadosini berib kelmoqa.
Eynshteynning ilmiy ishlari – vaqt bo„ylab sayohat, qora tuynuklar,
gravitatsion linzalar,
Butun Olam kengayishi, butun dunyoni bir zumda yo„q qilib
yuborishga qodir bombalar... kabi avvallari ko„z ko„rib quloq eshitmagan hodislarni
o„rganish masalalariga tamal toshini qo„yib berdi. Qo„lingizdagi ushbu kitob,
Eynshteynning eng asosiy kashfiyoti – nisbiylik nazariyasi hamda, kvant
mexanikasi haqida hikoya qiladi. Lekin ba‟zi o„rinlarda olimning boshqa ishlari
haqida ham so„z boradi. Aytish joizki, ushbu ishlarning
har biri ichidan alohida
olingan mustaqil bir qismining o„zi ham, uning muallifiga ilm-fan tarixi
zarvarqalarida zarhal harflar bilan yoziladigan munosib o„rinni ta‟minlab berishi
tayin edi.
Eynshteyn haqida shunchalik ko„p va xo„b yozilganki, u to„g„risida hikoya
qiluvchi kitoblarni yig„ilsa, joylash uchun Bobil kutubxonasining barcha kitob
javonlari ham kamlik qiladi. Lekin bizning ham u haqidagi hikoyalarni davom
ettirishimiz uchun huquq beruvchi sabablardan biri –
hayotimizning har bir
jabhasida to„qnash kelayotganimiz – Eynshteyn nazariyalarining amaliy mahsullari
to„g„risida yozish o„rinli deb hisoblaganimizdir. Turli-tuman texnologik vositalar –
GPS, quyosh batareyalari, yoki DVD pleyerlar – Eynshteyn nazariyalarining u yoki
bu darajadagi mahsullaridir. U yashab o„tgan zamonlardan buyon, hali biror bir o„n
yillik, uning navbatdagi bashoratlaridan birining ilmiy tasdiqlanganligi, yoki, uning
g„oyalari uchun biror yangi amaliy tadbiq sohasi topilganligi, yoxud,
gravitatsiyaning kvant nazariyasi bo„yicha tadiqoqtlarda yangi olamshumul yangilik
qilinganligi to„g„risidagi xabarlarsiz o„tgan emas.
12
1879
yil 14-mart. Germaniyaning Ulm
shahrida, German va Paulina (qizlik
familiyasi Kox) Eynshteynlar oilasida
to„ng„ich farzand – Albert dunyoga
keldi.
1896
yil, Albert Eynshteyn Syurixdagi oliy
texnika bilim yurti (Politexnikum)
talabasi bo„ladi va u yerda bo„lajak
rafiqasi Mileva Marich bilan tanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: