To‘lqin uzunligi va yorug‘lik...
Agar yorug„likni to„lqin sifatida tushunadigan bo„lsak, cho„zish va siqish mumkin
bo„lgan oddiy to„qlindan farqli o„laroq, yorug„lik to„qlinlarining vakuumda
tarqalishida ular hech qanday o„zgarishga uchramaydi. Siqish va cho„zish deganda biz,
λ bilan begilanuvchi va to„lqin uzunligi deb nomlanuvchi takrorlanuvchi shablonning
o„lchamlarini o„zgartirishni nazarda tutamiz.
Tarqalish tezligi doimiy boi‟lganida, λ ning qiymati qancha katta bo„lsa, chastota ν ning
qiymati shuncha kichik bo„ladi. Shu sababi λ va ν o„zaro teskari kattaliklar bo„lib,
ularning nisbati
formula orqali ifodalanadi. Bunda λ – masofa o„lchov
birliklarida, ν esa, teskari vaqt birliklarida o„lchanadi. Tushunarliroq bo„lishi uchun,
ko„rinadigan nurlar haqida so„z yuritsak, bunda ko„zimiz to„lqin uzunligining
o„zgarishlarini, rang o„zgarishi sifatida qabul qiladi. Agar binafsharang nurni olib, uni
cho„za boshlasak, u avval ko„k, keyin yashil, zarg„aldoq, qizil ... tarzida o„zgaradi va
vaqti kelib u ko„rinmay qoladi. Siqishda ham shunday hol yuz beradi. To„lqinlar
diapazoni, bizning ko„rish organlarimiz sezgirligi chegarasidan chiqib ketadi va bizga
ko„rinmaydigan ikki xil spektrni – ultrabinafsha va infraqizil nurlar sohasini tashkil
qiladi.
29
Maksvellning ishlari bilan tanishar ekan, olmon fizigi Genrix Gers, ko„zga
ko„rinmaydigan elektromagnit to„lqinlarni tutishga kirishdi. Gers, elektromagnit
to„lqinlarning haqiqatan ham nur ekanligi, faqat ular inson ko„ziga ko„rinmas
bo„lgani uchun, biz ularni avvallari hech qachon ko„rmaganligimizni isbotlab berdi.
Odam ko„zi bunday to„lqin uzunligidagi nurlarni qabul qila olmaydi.
Fiziklar va muhandislar Maksvell tenglamalari uchun amaliy tadbiq
sohalarini tez topishdi va ularning qo„llanilishiga, tenglamalarda ifodalangan
murakkab uyurmalar va aylanishlar tizimi ham halaqit berolmadi. Vaqt o„tishi
bilan, nazariyadagi bunday murakkabliklar o„z-o„zidan chetga chekindi. Bu xuddi,
qurilsih yakunlanganidan so„ng, keraksiz bo„lib qolgan havoza singari taasurot
uyg„otar edi. Bu haqida Eynshteyn, o„ziga xos bo„lgan lo„ndalik bilan quyidagicha
izoh bergan edi:
«
O„n yillar davomida aksariyat olim-fiziklar, Maksvell nazariyasini
yaqqol ifodalashi lozim bo„ladigan qandaydir mexanik struktura topilib
qolishiga umid bog„lagan edilar. Lekin bu boradagi barcha untilishlarni
puchga
chiqargan
narsa,
yangich
tushuncha
bo„lmish
maydon
tushunchasining bo„linmas ekanligining tan olinishi bo„ldi. Boshqacha
aytganda olimlar, maydon nazariyasining mexanik asosi yo„q ekanligiga
ko„nishga majbur bo„lishdi
».
Maydon tushunchasi nafaqat bir jismning boshqasiga ta‟sir ko„rsatishi
haqidagi savollarga javob berdi, balki, u shunchaki, qulay bo„lganligidan, keng
qo„llanila boshladi. Lekin uning asosida fizika uchun boshqa bir yangi muammo
kelib chiqdi: shu choqqacha oniy harakat ta‟sirlarga asoslangan deb hisoblab
kelingan tortishish nazariyasini qayta ko„rib chiqish mumkinmi? Bu muammoga
yechim topish uchun Eynshteyn yangi namunanadagi nazariyani – umumiy
nisbiylik nazariyasini ixtiro qilishiga to„g„ri keldi.
30
Ilm-fanning ilg„or nazariyalari keyingi texnologik ishlanmalar uchun ajoyib
poydevor tayyorladi. Kulon, Ersted, Amper, Faradey va Maksvellar ortidan,
Markoni
1
, Grexem Bell, Morze, Tesla, Edison va shuningdek, ilm-fan yutuqlari
evaziga boylik orttirib olish ilinjida bo„lgan tijoratchilarning butun bir to„dasi
yopirilib kirdi. Ular orasida Yakob va German Eynshteynlar ham, o„z ulushlarini
olish maqsadida elektromagnit maydon nazariyasining amaliy tadbiqlari sohasiga
qo„l urishdi.
Aka-ukalar
Myunxenda
ish
boshlashgan
ilk
davrlarda,
barchasi
risoladagidek ketayotgan edi. 1885 yilda ular tarixda birinchi marta Oktoberfest
2
ni
elektr chiroqlari bilan yoritish bo„yicha shartnoma tuzishga muvaffaq bo„ldilar.
1891 yilda esa ular Frankfurtdagi Xalqaro Elektrotexnika ko„rgazamasida ishtirok
etishdi.
Elektrotexnika sanoati boshni aylantirib yuboradigan darajada jadallik bilan
rivojlanar edi. 1880 yildan 1890 yilgacha bo„lgan oraliq 10 yillikda yangi turdagi
telekommunikatsiya vositalariga bo„lgan talab shu darajada yuqori bo„lganki, bu
vaqtda eng kamtarona ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar ham, bu soha evaziga
mo„maygina pul ishlab olishlari mumkin edi. Biroq, asta-sekinlik bilan gigant
nemis kompaniyalari, kichik korxonalarni va ayniqsa oilaviy biznesga asoslangan
ishlab chiqarishlarni bozordan siqib chiqara boshladi. Bu esa oxir-oqibatda ularning
kasodga uchrashiga olib keldi. 1894 yilda Yakob Eynshteyn va K° elektrotexnika
zavodi birinchi marta kasodga uchradi. Korxona boshqaruvining Italiyalik vakili
bo„lgan Lorentsi Garrone, ishlab chiqarishni Italiyaga, aniqrog„i Paviya shahriga
ko„chirishni taklif etdi. Albert Eynshteynning otasi German Eynshteyn,
Garronening bu taklifini foydali va zararli jihatlarini yaxshilab mulohaza qilib, yetti
o„lchab bir kesayotgan bir vaqtda, tavakkalchiroq bo„lgan akasi Yakob allaqachon
chiptani olib Italiyaga ketayotgan poyezdga chiqib bo„lgan edi.
Olmoniyada qolgan German va Paulinalar ham, Yakobning ortidan
borishdan boshqa iloj topa olishmadi. Ular Myunxen yaqinidagi xushmanzara bog„-
rog„lar ichida joylashgan osoyishta xonadonlarini, do„st-birodarlarini, ona tili
jozibasini, hamda, o„g„lilarini tashlab Paviyaga yo„l olishdi.
Eynshteynning ota-onasi oilaviy moddiy qiyinchiliklar farzandlarining
ta‟lim olish jarayoniga salbiy ta‟sir ko„rsatmasligi lozim deb hisoblashardi va shu
sababli uni uzoq bir qarindoshlarining qaramog„iga tashlab ketishadi. Yosh
1
Markoni – radio ixtirochilaridan biri. G„arbda radioni ilk bor ixtiro etgan odam sifatida aynan u tan
olinadi. Vaholanki, radioning asl ixtirochsi A.S. Popov bo„lgan.
2
Myunxendagi Terezenvize maysazorida xar yili 16-sentyabrdan 2-oktyabrgacha o„tkaziladigan
pivo festivali.
31
Eynshteyn ota-onasi Milandan jo„natgan jo„shqin va uzun maktublarni qabul qilib
olar, lekin ularga telegrafcha qisqalik bilan javob berardi. Uning qisqa satrlaridan
oila davrasining ajoyib mehr taftidan mosuvo bo„lgani holda, endilikda maktab
muhiti ham chidab bo„lmas holga kelib qolgani ravshanlar edi. Yaqinlashib
kelayotgan harbiyga jalb qilinish masalasi esa, Albertni kundan-kun tushkunlikka
tushirar va umidsizlantirardi.
Olmoniyada o„zini xuddi qamalib qolgandek his qilayotgan yosh Eynshteyn,
nima qilib bo„lsa ham u yerdan ketishga qaror qildi. U oilaviy vrach tomonidan
imzolangan maxus ma‟lumotnoma yozdirib olishga muvaffaq bo„ldi. Bu
ma‟lumotnomada, yosh Eynshteynga, asabiy zo„riqishning xavfli oqibatlarini oldini
olish uchun, zudlik bilan o„z ota-onasi yoniga yo„l olishi lozimligi tavsiya qilingan
edi. Ma‟lumotnoma o„z kuchini ko„rsatdi va gimnaziya direktori, shundoq ham o„z
sevimli o„quvchilari safida bo„lmagan Eynshteynni darslardan ozod qildi. Eng
qiyini ortda qolgan edi. 1894 yilning 29 dekabrida, Albert Eynshteyn va uning ota-
onasi borib o„rnashgan Milan shahrini 350 km masofa ajratib turardi va u
ko„nglidagi qo„rquv va tahlikani yengib o„tib, ushbu masofani ortda qoldirishga
qaror qildi. U yangi yil ta‟tilidan keyin Luitpold gimnaziyasi partasiga qaytmasligi
haqida ota-onasiga aniq qilib yozib yubordi.
Bu qaror Eynshteynning butun kelajagini so„roq ostiga qo„yardi. Bir
tomondan, tugallanmagan o„rta malumot bilan u biror bir olmon oliy o„quv yurtiga
kira olmaydi. Harbiyga majburlik tushunchasi esa, uni batdardan ikkilantirardi.
O„sha zamonlarda Olmoniyada, 17 yoshga to„lgan va bu yoshda vataniga xizmat
qilish o„rniga mamalakat tashqarisida yurgan har qanday fuqaro, o„z-o„zidan sotqin,
yoki, qochoq hisoblanar edi.
Ulug„vor Alp tog„larini gorizontda kuzatib, xushmanzara yo„l orqali
velosipedda Genuyaga ketib borar ekan, Eynshteyn Olmoniya fuqaroligidan voz
kechib, Shveytsariya fuqaroligini qabul qilishni rejalashtirib qo„ydi. Oilaviy
korxona faoliyatida ishtirok etish g„oyasini ham inkor etar ekan, Alebrt Syurix
Politexnikumiga (Oliy Politexnika bilim yurti) o„qishga kirishga qaror qildi. Bu
variant qator afzalliklarga ega edi: Syurix Olmoniyaga qaramasa ham, lekin u
Shveytsariyaning nemis tili asosiy til sanaladigan hududiga kirar edi; shuningdek,
bu shahar fizika va matematika bo„yicha oliy ma‟lumotli mutaxassislar yetishtirib
chiqarish bilan nom qozongan edi. Bu shahrda, zamona ilm-fani osmonidagi yorqin
olim va pedagoglaridan bo„lgan Genrix Veber, Adolf Gurvits, German Minkovskiy
singarilar ishlab, talabalarga dars berishgan.
1895 yilning katta qismini Albert Eynshteyn Paviya va Milan orasida
o„tkazdi va asosan Politexnikumga kirish imtihonlariga tayyorgarlik bilan band
bo„ldi.
32
Yuqorida:
Do'stlaringiz bilan baham: |