Eynshteynning yaqin do‘sti, muhandis Mishel Bessoning Eynshteyn ilmiy
g‘oyalariga javoban bildirgan munosabati
.
Biroq baribir auditoriyalarda Eynshteynning o„rni bo„sh qolayotgani tobora sezilib
borardi va bu hurmatsizlik ifodasi sifatida baholanardi. Nihoyat toqati toq bo„lgan
37
Veber Eynshteynga murojaat qildi: «
Yigitcha, siz aqllisiz, siz juda aqllisiz, lekin
sizda nihoyatda katta kamchilik bor. Siz e‟tirozlarga umuman chiday olmaysiz. Har
qanday e‟tirozlarga.
» Syurixga ilk kelganida yordam qo„lini cho„zgan professor,
endi bitiruv vaqti kelganida Eynshteynga nisbatan teskari to„nini kiyib oldi.
Yakuniy imtixonlarni a‟loga topshirgan talabalar ichidan faqat Eynshteynga
kafedrada ishda qolish taklifi berilmadi. Boshqa ilmiy muassasalar eshiklari ham
uning uchun yopildi. Potensial ish beruvchilarning aksariyati yangi bitiruvchilarni
ishga qabul qilishda asosan professor Veber tavsiyalariga murojaat qilishardi va
Veber bu borada odatda tezkorlik va muqobillik javoblar berardi. Har qanday
boshlang„ich tadqiqotchining ilk qadamlari qo„yiladigan birinchi bosqich – assistent
lavozimiga qabul qilish borasidagi Eynshteynning barcha so„rovlari javobsiz
qoldirildi. Avvaliga Albert Eynshteynni bundan jahli chiqqan. U 1901 yilga oid
qaydnomalarining birida quyidagicha yozgan edi: «
Bu qari va tor fikrli kishilar
o„zlari bilan salom-alikda bo„lmaganlarga qanday g„ovlar tayyorlashayotganligini
o„ylash ham qo„rqinchli. Bu odamlar har qanday yosh va navqiron kishi timsolida
o„zlarining chirib qolgan obro„lari uchun xavf-xatarni ko„radilar xolos
». Keyinroq
esa unga bunday omadsizliklarni yengib o„tish uchun yumor hissi yordam berdi.
Politexnikum doirasida yuzaga kelgan ushbu ixtilof, Eynshteyndagi
jamiyatning yozilmagan qoidalariga nisbatan «allergiya» sababli paydo bo„lgan
ziddiyatlar ichida yagonasi emasdi. 1896 yil qishki smestri boshlanishi bilan,
Albert, Serbiyalik talaba qiz – Mileva Marich bilan tanishadi. Bu qiz Albert
Eynshteyndan uch yosh katta bo„lib, Shveytsariyaga universitet ta‟limini davom
ettirish uchun kelgan edi. Chunki Avstriya-Vengriya davlati tarkibida bo„lgan uning
vatanida ilm-fan yo„lida mehnat qilish ayollar uchun mos emas deb hisoblanardi.
Albert Eynshteynning ota-onasi, uning Mari Vinteler bilan munosabatlariga
hayrixoh bo„lganlari uchun, farzandlari hayotida Mileva Marichning paydo
bo„lishini, xuddi sharpadan qo„rqqandek qo„rquv bilan kutib olishdi. Albertning
onasi Paulina, o„g„lining yangi paydo bo„lgan ma‟shuqasiga nisbatan shunday
«xushomad» so„zlarni aytardiki, natijada u karikaturalardagi bezori qaynona
timsoliga o„xshab qoldi. Uning fikricha, Mileva «juda qari», «ko„rimsiz» qiz bo„lib,
«yaxshi oilaga kelin bo„lish uchun umuman munosib bo„lmagan ayol» edi. O„zining
haq ekanligiga ishonchi komil bo„lgan Paulina, o„g„lini u haqida ogohlantiruvchi
salbiy bashoratlar bilan ko„mib tashladi: «
U o„zingga o„xshagan kitobparast
zararkunanda, senga esa, ayol kerak
», «
Sen o„ttizga kirganingda, u qari
yalmog„izga aylanib bo„lgan bo„ladi
» kabi so„zlar shular jumlasidanir. Tabiiyki,
har doimgidek Albertning nuqtai nazari boshqacha bo„lgan. U bu haqida shunday
yozgan edi: «
Men ota-onamning xavotirlarini juda yaxshi tushunaman, ularning
fikricha, erkak uchun xotin bu – faqat muayyan moddiy muvaffaqiyatlarga
erishganidan so„nggina yetishish mumkin bo„lgan ziynat singaridir. Lekin men ayol
va erkak munosabatlari uchun bunday g„oyalarni tadbiq etishni me‟yordan
38
ortiqcha dabdaba deb qarayman. Bunday tushunchaning mantig„iga suyanadigan
bo„lsak, unda xotin va yengiltak ayollarning o„rtasidagi farq, faqat unga yaxshi
yashash sharoitlari hosil qilib berganlik uchun umrbodga birga yashash
shartnomasi tuzgan singari bo„lib qoladi. Bunday nuqtai nazar, aksariyat
odamlarda bo„lgani kabi, mening ota-onamda ham, hissiyotlarning aql ustidan
hukmron bo„lib qolishi natijasidandir. Lekin bizlar baxtli yashashimiz uchun va
hayotdan ko„proq bahra olishimiz borasida omadimiz keldi
». O„g„lining bunday
fikrlashi Paulinani oromini yo„qotshiga sababchi bo„ldi.
Eynshteynning ota-onasi, o„g„lining qaroriga yig„i-sig„i bilan munosabat
bildirishdi. Xuddi u o„lib ketgandek edi. Milevaning bitiruv imtihonlaridan
yiqilganini eshitgan Paulina «
U endi nima qiladi
» - deb so„ragan edi. Bu savolga
Albert qat‟iyat bilan, «
U
endi mening xotinim bo„ladi!
» - deb javob bergan.
O„g„lidan bu gapni eshitgan ona bechora, to„shakka yiqilib, bo„g„zidan otilib
chiqayotgan yig„i ovozini yashirish uchun boshini yostiq bilan berkitib yotib oldi.
Eynshteyn bu voqealarni barcha tafsilotlari bilan birga Milevaga hikoya qilib berdi.
Mileva ham bo„lajak qaynonasiga unchalik yoqinqirash bilan qaramagan: «
Aftidan
bu tannoz xonim, nafaqat mening, balki o„z farzandining hayotini ham chidab
bo„lmas darajaga keltirmoqchi shekilli
» - deb yozgan edi u.
Paulinaning xatti-harakatlari o„sha zamon zodagonlariga xos bo„lgan odatiy
isatklardan birini, ya'ni, farzandiga munosib qalliq topish ilinjini ifodalagani rost.
Albert esa, Milevaga yanada maftun bo„lib, ularning Politexnikumdagi
ma‟ruzadagi ilk uchrashuvlaridanoq hayratini yashirolmay qolgandi. U singari
odam uchun, Paulinaning «
U
o„zingga o„xshagan kitobparast zararkunanda
»
ko„rinishidagi eng jiddiy yomonlashlari ham, eng katta maqtov so„zlari kabi
tuyulardi. O„sha vaqtlarda ilmiy yutuqlar haqida orzu qiladigan qiz, noyob
qimmatbaho la‟l sinagri edi. Bir-birlariga qattiq ko„ngil qo„ygan Albert va Mileva,
tadqiqotlarni birga olib borar, birga muhokama qilar va oilaviy ziddiyatlarni
birgalikda yengib o„tishardi. Ular kelajak uchun ulkan rejalar tuzib, shunchaki
o„zaro muhabbat bilan emas, balki ilm-fanga bo„lgan yuksak rag„bat orqali ham
qattiq bog„lanib qolgan edilar.
Albert va Milevaning o„sha paytdagi hamma yozishmalari, barcha narsani
yutib yuboruvchi narsalar, ya'ni, faqat muhabbat hamda, faqat fizika haqida
bo„lgan. Yoshlar nihoyat baribir o„z maqsadlariga yetishdi. 1903 yilda ular turmush
qurishdi. To„y tantanalariga ikki tarafdan ham birorta qarindosh-urug„ kelmadi.
Mileva Vengriyadaligida qiz farzand dunyoga keltirdi (Eynshteynning bu
farzandining taqdiri haqida hech nima ma‟lum emas), keyinroq ularning oilasida
yana ikkita o„g„il farzandlar dunyoga keldi. Lekin tez orada osoyishta romantik
hayot o„rniga, turmushning yo„qsillik bilan yo„grilgan shavqatsiz sinovlari kirib
keldi. Doimiy moddiy yetishmovchiliklar tufayli Mileva va Albertning
39
munosabatlari asta-sekin darz keta boshladi. Ularning har biri oila simfoniyasidagi
o„z partiyasini rashk va kesatiqlar bilan yakunlaydigan odat chiqarishdi, ora-sirada
esa, katta va kichik janjallar ko„tarilib, bunda bolalar aziyat chekadigan holatlar
ham ko„payib qoldi. Siyqasi chiqqan va o„sha zamon uchun oddiy holat bo„lgan
bunday yakun, agar uning ishtirokchilaridan biri, keyinchalik XX asrning eng
buyuk shahslaridan biriga aylanmaganida, hikoya sifatida mutlaqo unutilib ketgan
bo„lar edi.
Yuqorida chapda:
Do'stlaringiz bilan baham: |