Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Elektr nimalarni bog‘lagan



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

 
Elektr nimalarni bog‘lagan... 
Moddaning atomlarni o„zaro bog„lanishini ta‟minlovchi zarralar elektr tabiatiga ega 
ekanligi sababli, modda orqali elektr tokini o„tkazish, bunga teskari effekt berishi, 
ya'ni, uni tarkibiy qismlarga parchalashi mumkin. XVIII-XIX asrlar davomida 
moddalarni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni tashkil qiluvchi eng asosiy 
elementlarini aniqlash maqsadida turli xil parchalash usullaridan keng foydalanilgan 
va elektroliz bunday usullar ichida eng asosiylaridan biriga aylangan. Elektroliz usuli 
moddani shu darajada parchalash imkonini berdiki, u orqali, ilgarilari istalgan boshqa 
turdagi sof kimyoviy tasirga qarshilik qilgan elementlarni ham ilg„ash imkoni paydo 
bo„ldi. Jarayonning mohiyati, parchalanishi lozim bo„lgan modda solingan idishga turli 
qutbli elektrodlarni tushirish bilan bog„liqdir. Elektr o„tkazuvchi muhit hosil qilish 
maqsadida, parchalanishga tayyorlanayotgan modda suvda eritiladi yoki, qizdirib 
eritiladi. Oddiy osh tuzining (NaCl) elektrolizlanishi jarayonini ko„rib chiqamiz. Xona 
haroratida xlorning manfiy ionlari (Cl

) va natriyning musbat ionlari (Na
+
) qattiq 
modda strukturasini hosil qiladi. Avvaliga tuzni eritib olish va uning ionlari orasidagi 
bog„lar bo„shroq holga kelishi uchun, uni 800 °C gacha qizdirib olish kerak. Keyin 
agar yetarli kuchlanishdagi tok berilsa, xlorning manfiy zaryadlangan ionlari, 
elektronlarning tortish kuchi tufayli, musbat elektrodga tomon harakatlana boshlaydi. 
U joyda xlor ionlari, zaharli neytral xlor gazi molekulalariga aylanadi. Natriyning 
musbat ionlari esa, manfiy elektrod yaqinida to„plana boshlaydi va u joyda 
yetishmayotgan elektronlarni o„zlashtirib olib, oddiy modda holidagi natriyga (2Na) 
aylanadi, hamda yuzaga qalqib chiqadi. Ingliz kimyogari Gemfri Devi (1778-1829) 
kaliy karbonati, kalsiy karbonati, kalsiy oksidi (so„ndirilmagan oxak) kabilarni 
elektrolizlash orqali, tarixda ilk bora sof holdagi natriy, kaliy kabi ishqoriy metallar, 
hamda kalsiy ishqoriy yer metallini olishga muvaffaq bo„lgan edi. Maykl Faradey esa, 
elektroliz jarayoni qonuniyatlarini ifodalovchi va har bir elektroddan ajralib 
chiqadigan yoki, olinadigan modda miqdorini aniqlovchi formulalarni keltirib 
chiqardi.


22 
Bir qarashda yuqorida qayd etilgan qonuniyatlar biron-bir alohida o„ta 
muhim nazariy masalalarni taklif etmagan. Olimlar o„zlarini o„rab turgan atrofi-
olam haqida uncha-muncha ma‟lumot to„plab qo„ygan edilar, va bu ma‟lumotlar 
go„yo olamning nisbatan aniq va mantiqan yaxlit bo„lgan umumiy manzarasini 
tasavvur qilish uchun yetarli bo„ladigandek edi. Bir tarafdan, markaziy kuchlar 
yordamida, ya'ni, nuqtaviy massalarni o„zaro bog„lovchi to„g„ri chiziq bo„ylab 
yo„nlagan kuchlar vositasida o„zaro ta‟sirlashuvchi nuqtaviy zarralar mavjud edi. 
Bunday o„zaro ta‟sir bir zumdayoq va masofadan turib sodir bo„lar edi. Boshqa 
tarafdan esa, moddiy muhitda tarqaladigan va o„zaro ta‟sirlashadigan 
zarrachalardan iborat bo„lgan to„lqinlar mavjud edi.
Ko„rib turganimizdek, olimlar voqe‟likni tahlil qilishda, kundalik 
turmushdan olingan hodisalarga tayanganlar. Xususan, hovuzga tashlangan tosh 
(zarra) va uning tashlanishi natijasida suv yuzasida hosil bo„lgan aylanalar 
(to„lqinlar) kabilar asosiy nazariy tahlil vositalari bo„lgan. Biroq, zarralar va 
to„lqinlar borasidagi bilimlar odam tasavvuri uchun qanchalik eski tanish 
bo„lmasin, baribir masofadan turib bir zumdayoq ta‟sir qilish hodisasi anchayin 
g„alati tuyulgan. «
Bizning aqlimiz
– degan edi Eynshteyn, - 
fizikadan tashqarida 
masofadan ta‟sir qiluvchi biror kuchlar borligini bilmaydi
». O„xshash tanqidlarga 
avvalroq tortishish qonunlarining Nyuton talqinidagi ta‟riflari ham uchragan bo„lib, 
uning tortishish qonunlari haqidagi tasdiqlari, bu qonunlarning barcha effektlarini 
miridan-sirigacha matematik usul bilan tushintirib bergan bo„lsa-da, lekin ularning 
sabablari haqida lom-mim demagan edi. Bunday kesatiqlarga nisbatan Nyutonning 
o„zidan olingan javob ko„pchilikka ma‟lum: «
Hyupoteses non figo
» - ya'ni, «
Men 
gipotezalarni o„ylab topmayman
».
Nyuton uddalagan ishlarga bo„lgan hurmat va hayrat, ulardan kelib 
chiquvchi ayrim xulosalardagi yopishmagan o„ng„aysiz tushunchalrni «yopib» 
yubora olishi – albatta ehtimoli yuqori bo„lgan holatdir. Alalxusus, buyuk olimning 
ayrim xulosalari va mantiqiy mulohazalari izidan borsak, biz sayyoramizning 
istalgan burchagiga bir ondayoq biror xabar jo„nata olishimiz mumkin bo„lib 
chiqardi; buning uchun esa, muayyan massaga harakat uzatishimiz kerak bo„lib, 
uning harakati esa u va biz oramizdagi masofaning qisqarishiga sabab bo„ladi va
shu bilan birgalikda, Yerdagi istalgan jismga ta‟sir qiluvchi kuchni ham o„zgartira 
olishi haqidagi xulosa kelib chiqardi.


23 
Markaziy kuchlar nazariyasi nurab tusha boshladi. Sababi, tajribalar 
elektromagnit o„zaro ta‟sirning nafaqat masofaga, balki, tezlik va tezlanishga ham 
bog„liq ekanligiga yaqqol ishora qilib turar edi. Agar zaryadlar tinch holatda turgan 
bo„lsa, mumtoz sxema juda yaxshi ishlar edi. Lekin, zaryadlar tinch holatdan 
qo„zg„lib, harakatga tushishi bilanoq, tenglamalardagi kattaliklar karrali ko„payib, 
kuch vektorlari esa, zarrachalarni bog„lab turuvchi to„g„ri chiziqqa nisbatan og„a 
boshlaydilar (rasmga qarang).
Asta-sekinlik bilan shu narsa ma‟lum bo„la boshladiki, amaldagi 
tushunchalar tizimi tobora muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda va yangi qilingan 
kashfiyotlar yuzasidan tushuntirish berishga qodir bo„lmay qolayotir. Yangicha 
vositalarni qidirib topsih zaruriyati paydo bo„la boshlagan edi. Ingliz olimi Maykl 
Faradey (1791-1867) Kulon, Amper va Erstedlar tomonidan shakllantirilgan 
ga‟royib eksperimental manzarini eng kerakli rakursdan turib kuzatishga muvaffaq 
bo„ldi.
Faradey ko„p jihatdan mislsiz serqirra shahs bo„lgan. Uning o„sib katta 
bo„lgan muhiti shunchalik hokisorlik va kambag„allik bilan kechganki, bu ahvolda 
uning ilmiy muvaffaqiyatlar haqida orzu qilishga ham imkoni bo„lmagan. Shunga 
qaramay, uning yoshligida ish tanlashda omadi kelgan edi. Faradey kitoblarni 
muqovalovchi bo„lib ishlagan va qo„liga tushgan barcha kitoblarni o„qib chiqishga 





Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish