8
Eynshteyn tug„ilishidanoq, o„z zamonasi texnik taraqqiyotning eng so„nggi
yutuqlaridan bo„lgan hamda, otasi o„ziga tegishli fabrikada keng qo„llagan elektr
chiroqlari va boshqa turli xil uskunalar bilan hamohang yashagan edi.
Nisbiylik
nazariyasini tasvirlar ekan, Eynshteyn har safar o„z fikrlarini temiryo„llar va soat
mexanizmlariga murojaat etish orqali tushuntirishga urinadi. Olimning bolalik va
yoshlik yillarida temiryo„llar transport vositalarining
yangi turkumi sifatida
maydonga chiqqan edi. Poyezdlar erishayotgan tezliklar, o„sha zamonlar uchun aql
bovar qilmas natija sanalar edi. Shaharlararo soat vaqtini sinxronlash vazifasi,
shundoq ham o„ta aniqlik shaydolari bo„lgan Shveytsariyaliklarning, vaqtni o„ta
to„g„ri belgilashga bo„lgan ishqibozliklarini yanada alangalatib yuborganligini
Eynshteyn Berndaligida ko„rib guvohi bo„lgan edi.
Balki aynan shu hol, uning
tafakkuri va tasavvurlari uchun turtki berib, zamon va makon,
aql bovar qilmas
tezliklar, hamda, sanoq tizimlarining doimiy o„zgarib turishi haqidagi nazariyaning
paydo bo„lishiga sababchi bo„lgandir. Keyinroq, tortishish kuchlarining sirlaridan
biri ham, Eynshteyn zamonasida texnik taraqqiyotning yuqori cho„qqilaridan
sanalgan ixtirolardan biri yordamida qiya ochilgan edi. Bu haqida fizik olimning
o„zi «
Men aniq bilishim kerak bo„lgan narsalardan biri - bo„shliqqa sho„ng„iyotgan
liftdagi odamlar bilan nimalar sodir bo„lshidir!
» – deb xitob qilgan edi.
O„zining ilk maqolalaridayoq Eynshteyn statistik mexanikadan juda yaxshi
xabardor
ekanligini namoyish qilib, an‟anaviy molekulyar-kinetik nazariyaning
barcha imkoniyatlaridan foydalanib bo„lgan edi. Uning mazkur ishlarida,
osmonning moviy rangi, chang zarralarining quyosh nurlarida ko„rinadigan
harakatlari, gul changinig suvli stakandagi titrashi
kabi hodisalar yuzasidan
tushuntirishlar berilgan. Bundan tashqari u, ko„plab fizik-eksperimentator
olimlarning miyasini band etgan hodisa – fotoeffekt fenomeni uchun ham
tushuntirish beradi. Lekin eng asosiysi hali oldinda kutib turgan edi. Eynshteynning
1905 yilda e‟lon qilingan maxsus nisbiylik
nazariyasi haqidagi maqolasi, fanda
uning nomi bilan ataladigan butun boshli bir yangi erani hamda, keyingi avlod
fiziklari uchun haqiqiy kashfiyot va ilhom manbai bo„lib xizmat qiluvchi yangicha
fikrlash manbaini ochib berdi. Olimning o„zi ushbu voqeani quyidagicha izohlagan
edi: «
Do'stlaringiz bilan baham: