Bor Nils (1885 — 1962)



Download 46 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi46 Kb.
#566947
Bog'liq
Bor Nils


Bor Nils (1885 — 1962)
D aniyalik fizik Nils Xenrik David Bor Kopengagenda fiziolog olim oilasida dunyoga keldi.
1943-yilning tim qorong‘i kuz tunlaridan biri­da Daniya qirg‘oqlaridan kichkina kema­cha sezdirmaygina suzib ketdi. U Eresuni qo‘ltig‘idan eson-omon o‘tib, Shvetsiyada langar tashladi. Gitlerchilar ta’qibidan qochib kelayotgan ikki kishi qirg‘oqqa tushdi.
Bir necha soatdan so‘ng qochoqlarni bombardimonchi samolyotlarda AQSHga jo‘natishdi. Samolyotda o‘tiradigan joy ham yo‘q edi, shuning uchun avval yoshi kattaroq qochoqni samolyotga chiqarishib, uni bombalar turadigan maxsus bo‘lmaga joylashtirishdi.
Xo‘sh, bu sirli daniyalikning o‘zi kim? Nima uchun jahon urushi qizib turgan bir payt­da uni Daniyadan Amerika Qo‘shma Shtatlariga keltirish uchun shuncha kuch, vaqt, mab­lag‘ sarflandi. Bu kishi 20-asrning buyuk olimi, fizik Nils Bor edi. Fashistlar Nils Borni qidirib yuri­shardi, chunki ular buyuk olim yordamida dahshatli qurol – atom qurolini yaratishga umid bog‘lashgan edi.
Yarim asrlik ilmiy ishlari natijasida Nils Bor moddalarning tuzilishiga oid ko‘pgina sirlarni ochdi. U atom kvant nazariyasini yaratdi (bu nazariya hozir ham atom kvant nazariyasi­ning asosi hisoblanadi). Keyinchalik kvant mexanika asoslarini ishlab chiqishda qatnashdi.
Daniyalik fizik Nils Xenrik David Bor Kopengagenda fiziolog olim oilasida dunyoga keldi. 1908-yili Nils Bor Kopengagen universitetini tugatib, doktorlik dissertatsiyasini yoq­lagandan so‘ng (1911-yilda) Angliyaga malakasini oshirishga ketdi. 1911–12-yillarda avval Kembrijda J.J.Tomson rahbarligida, so‘ngra Manchesterda Ernest Rezerford labo­ratoriyasida ish olib bordi. 1914–16-yillarda Manchesterda matematika fizikasi kursi bo‘yicha leksiya o‘qidi. 1916-yildan boshlab esa, Nils Bor Kopengagenda naza­riy fizika kafedrasining boshlig‘i vazifasida ishladi.
U metallarning elektron nazariyasiga bag‘ishlangan dissertatsiya ishidayoq, elektron va atom jarayonlarini, elektromagnit nurlanish hodisalarini tushuntirish uchun klassik fizika tasavvurlari yetarli emasligi haqidagi fikrga kelgan edi. Bu fikrN. Bor1912- yilda taniqli ingliz fizigi E.Rezerford rahbarligida ishlay boshlagandan so‘ng qat’iy ishonchga aylandi. Bundan sal oldinroq E.Rezerford tajriba yo‘li bilan atomning mikroskopik Qu­yosh sistemasiga o‘xshashini ko‘rsatib bergan, unda Quyosh – musbat zaryadlangan og‘ir yadro atrofida «sayyoralar», ya’ni elektronlar aylanishini isbotlagan edi. Bor model­dan foydalanib yangi fizikani – atom kvant fi­zikasini yaratish mumkinligini tushundi.
U birinchi bo‘lib atom modelini yaratdi, atom qanday tuzilganligini tushuntirib berdi. Buning uchun 1922-yilda u Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
Bor nazariyasi fizikada va umuman insonning atrof dunyo haqidagi tasavvurlarida haqiqiy inqilob edi: bu nazariya shuni ko‘rsatdiki, atomlar makroskopik (ko‘zga ko‘rinadigan) jismlarning xatti-harakatini boshqaruvchi qonunlarga mutlaqo o‘xshamaydigan qonunlar bo‘yicha yashaydi.
Nils Bor ko‘p yillar mobaynida Kopengagen fizika muammolari institutini boshqardi. Butun dunyo fiziklari uning obro‘sini tan olish­di. Yevropa, Osiyo va Amerika fizika labo­ratoriyalarida «Bor qanday yangi gap ayt­di?» – deb so‘rashardi. Barcha mamlakatlarning eng mashhur fiziklari Bor oldiga ilmiy kengashlar – seminarlar o‘tkazish uchun kelishar edi.
Yosh olimlarning Bor huzurida bo‘lishni qanchalik istaganliklarini esa aytmasa ham bo‘ladi. Olimlar Bor ishtirok etgan seminarlarda yoshni ham, unvonlarni ham hisobga olmay, munozaraga kirishib ketishardi, chunki ilmiy haqiqat oldida barcha barobar, deb hisoblashardi. Borning o‘zi esa har bir yosh olim bilan bir necha kunlab bahslasha olardi. Agar uning nuqtayi nazari ishonarli darajada rad qilinsa, o‘z fikrida qaysarlik bilan turib olmasdi. U yoshlar bilan bahslarda mag‘lub bo‘lib qolishdan qo‘rqmasligini aytardi va eng asosiysi — haqiqat va sevimli fanning taraqqiyoti, der edi.
Nils Borning fizika va ayniqsa, kvant mexa­nikaning yangi fundamental tamoyillarini kashf etishdagi va tushunishdagi hamda ular­ni fan boyligiga va uning ish quroliga aylantirishdagi xizmatlari beqiyosdir. U mashhur olimgina bo‘lib qolmay, tinchlik uchun tolmas kurashchi, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish tarafdori bo‘lgan. Urush (1941—45) yillari u atom bombasi yaratishda ishtirok etishdan bosh tortgan. Keyinchalik u ko‘p marta barcha mamlakat hukumatlarini atom qurolini taqiqlashga da’vat etdi.
Nils Bor fiziklarning katta maktabini yaratdi va butun dunyo fiziklari o‘rtasidagi hamkor­likni rivojlantirishga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi.
Nils Bor instituti jahondagi asosiy ilmiy markazlardan biri bo‘lib qoldi. Shu institutda kamol topgan fiziklar jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda ish olib boradilar.
N. Bor Daniya qirolligi ilmiy jamiyatining (1917) hamda jahondagi ko‘pgina akademi­yalar va ilmiy jamiyatlarning a’zosi bo‘lgan.


B or Nils (1885 — 1962)
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish