Toshkent 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKARSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGITOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“
Pochta aloqasi texnologiyasi
” kafedrasi
“
Pochta aloqasida raqamli texnologiyalar
” fanidan
Amaliy ish
1-topshiriq
Mavzu: O‘zbekiston Pochtasi AJ da raqamli
texnologiyalarni kiritishning joriy holati
Bajardi: 130-18 guruh talabasi
Turdialiyev Zafar
Tekshirdi:
Jo‘rayev Lazizjon
Toshkent 2021
Reja:
1
Pochta sohasida raqamli texnologiyalar keng joriy qilinishi
2 Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda pochta tizimining o‘rni
qanday?
3
Prezidentimizning “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4921-son
4
Xulosa
5 Foydalanilgan adabiyotlar
Toshkent 2021
1
Pochta sohasida raqamli texnologiyalar keng joriy qilinishi
Barchamizga ma’lumki, bugun texnologiyalar shiddat bilan
rivojlanmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning har
bir jabhasiga kirib bordi. Hozirda har bir mamlakatning
rivojlanishi va
uning raqobatbardoshligi zamonaviy raqamli texnologiyalarning davlat
va jamiyat hayotining barcha sohalariga qay darajada joriy etilganiga
bog‘liq bo‘lmoqda. Buni isboti sifatida bir yildan ortiq vaqtda davom
etayotgan pandemiya sharoitida raqamli
texnologiyalar qanchalik
muhim va zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Hozirgi kunda yangi va qulay xizmatlar qatoriga "Tezkor pochta"
jo‘natmalarni qisqa vaqt ichida jo‘natish va etkazib berish, hujjatlarni
elektron jo‘natish kabi xizmatlarni qo‘shishimiz mumkin.
Viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochta xodimlarni
markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz”
tamoyili asosida
Toshkent 2021
pochta jo‘natmalarini manzilgacha yetkazib berish amaliyoti joriy etilib,
elektroskuterlar sotib olindi.
Hozirda elektron to‘lov tizimi kengayganligi sababli, aholi 60 dan
ortiq to‘lov turlari (telefon, uyali aloqa va kommunal xizmatlar, Internet
xizmatlari, jarimalar va boshqalar) uchun to‘lovlarni elektron tarzda
amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Chekka hududlar uchun autsorsing asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish
bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Shunga asoslanib, 513
ta pochta bo‘limlarida Yagona interaktiv
davlat xizmatlari portali
orqali 17 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi tashkil etildi.
Istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu elektron tijoratdir. Shuni inobatga
olgan holda, joriy yilning fevral oyidan boshlab "O‘zbekiston pochtasi"
AJda "Unisavdo.uz" milliy onlayn savdo platformasi sinov rejimida ish
boshladi. Uning yordami bilan tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini respublika
bo‘ylab kim oshdi savdosiga qo‘yishlari mumkin. O‘z navbatida,
"O‘zbekiston pochtasi" OAJ sotib olingan tovarlarni
xaridorning
manziliga yetkazib beradi. Shunday qilib, milliy pochta operatori
sotuvchi va xaridor o‘rtasida kafil sifatida javobgarlikni o‘z zimmasiga
oladi. Ayni paytda mutaxassislar yetkazib berilgan mahsulotlarni saqlash
va qadoqlash tizimini ishlab chiqmoqdalar.
Pochta aloqasi tizimi
bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan
bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim
soha hisoblanadi.
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta
aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida
2 mingga yaqin pochta aloqasi ob’ektiga ega bo‘lib,
barcha aholi
punktlarini qamrab olgan.
Shu bilan birga, Milliy operator tarmog‘ini rivojlantirish
bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida Umumjahon
Toshkent 2021
pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida
O‘zbekiston 93-o‘rinda qolmoqda.
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish,
sohaga zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish, pochta aloqasi
xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali
Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50
talikka kiritish maqsadida:
1. Quyidagilar pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha:
pochta va kurerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib
kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan
hamkorlikda