Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Eynshteyn va Nils Bor singari 
odamlar yo„lni zulmatda paypaslab topib, ochib ketayotgan kishilarga o„xshaydilar. 
Ular o„zlarining nisbiylik nazariyasi hamda, atom strukturasi borasida izlayotgan 
konsepsiyalariga yetishmaguncha qo„ymaydilar.Garchi bu jarayonda matematika 
muhim o„rin tutsa hamki, ular kabi olimlarning malaka va ko„nikmalari, hamda, 
tasavvurlari, matematiklarnikidan farq qiladi
».
Eynshteyn Gilbertning ishlarini o„ta kuchli rashk bilan kutib oldi. U bor 
salohiyatini yo„naltirgan nazariyani juda qizg„onar edi. Bu narsa uning ba‟zi 
qaydlarida ham o„z aksini topgan. Biroq, David Gilbert hech qachon hech kim bilan 
va hech qanday tarzda, nisbiylik nazariyasi borasida Eynshteynning birinchiligi 
ustidan bahslashmagan. 1915 yilda Eynshteyn Gilbertga yarashuv maktubi yo„lladi. 
Unda shunday jumlalarni o„qishimiz mumkin: 
«
Bizning o„rtamizda muayyan adovat paydo bo„lgandek va uning sababini men 
izohlab o„tirishni istamas edim. Men yuragimda uyg„ongan achchiq tug„yon 
bilan kurashishimga to„g„ri keldi va men uni to„la yengib o„tdim. Men sen 
haqingda faqat iliq fikrlar ila eslayman va sen ham menga nisbatan shunday 
munosabatda bo„lishingingga umid bog„layman
».
Taqdir hazilini qarangki, Minkovskiy o„zining fizikaga bo„lgan ishtiyoq hamda 
ixlosmandligi bilan Gilbertni yuqturgani singari, o„z navbatida Gilbert ham 
Eynshteynga o„zining ko„lamining kengligidan odam aqlini shoshirib qo„yadigan 
g„oyalarini yuqturdi. Eynshteyn esa, umrining so„nggi o„n yilligini aynan Gilbertdan 
olingan hamda, o„zida elektromagnit hamda gravitatsion maydon nazariyalarini 
birlashtiradigan yaxlit nazariyani barpo etishga bag„ishladi. Bu esa, taqdiri 
muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo„lgan nazariya edi... 


104 
O„zining nisbiylik nazariyasiga taaluqli formulalardan mustahkam ilmiy 
inshoot barpo etish orqali Eynshteyn, olam tuzilishi borasidagi o„z nuqtai-
nazarlarini bayon qilishga urinadi. Bungacha bo„lgan davrlar mobaynida, 
istisnosiz ravishda faqat mavhum mushohadalarga asoslanaib kelgan 
kosmologiya fani, Eynshteyn tufayli ulkan qadam tashlab ilg„orlasha 
boshladi. Gravitatsiya ta‟sirida yorug„lik nurining yo„nalishdan og„ishining 
amaliy tajribada isbotlanishi – Eynshteynga olamshumul shon-sharaf 
keltirdi.


105 
Har bir ilmiy yuksalishdan keyin Eynshteyn kuchli asabiy zo„riqishlar tufayli, ma‟nan 
va jismonan qattiq charchaydigan bo„lib qoldi. Xususan u, 1095 yildagi maqolalari 
yuzasidan o„tkazgan bedor tunlari va favqulodda aqliy faolligi badaliga naq ikki hafta 
ko„rpa-to„shak qilib yotishiga to„g„ri keldi. Nisbiylik nazariyasi esa uning uchun 
keyingi bir necha yill mobaynida sog„ligini tiklashni taqozo etdi. Olimning ahvolini 
og„irlashtiruvchi sabablardan biri, urush haqidagi tinchlik bermas oy-xayollar edi. 
1917 yildan boshlab unda keskin quvvatsizlanish kuzatila boshladi. Eynshteynda tez-
tez o„t-tosh kasalligi huruj qiladigan bo„lib qoldi. U ko„p vaqtini to„shakda 
o„tkazishiga majbur bo„lmoqda edi. Ikki oy ichida Eynshteyn naq 25 kilogramm vazn 
yo„qotdi. 
Yoz kelishi bilan xolavachchasi Elza, o„zi yashaydigan uyning yuqori 
qavatidan Eynshteyn uchun ijaraga uy topdi. Elza serharakatlik bilan Albertga 
g„amxo„rlik qilardi. Uning uchun ovqat tayyorlab, kirlarini yuvib, asta sekinlik bilan 
shunchaki qarindosh-qo„shnidan ko„ra, yanada yaqinroq insonga aylana boshladi. 
Elzaning o„zini to„liq bag„ishlayotganini ko„rib Albert Eynshteyn sobiq xotini Mileva 
Marich bilan uzil-kesil qonuniy ajrashishga qaror qildi. Milevani ko„ndirish uchun 
unga Albert hali olinmagan Nobel mukofotini berishni va‟da qildi. Bunga nisbatan 
Milevaning dastlabki reaksiyasi o„ta keskin nafrat bilan namoyon bo„ldi. Lekin bir 
necha hafta o„tgach, aftidan Mileva endi baribir avvalgi beg„ubor mehr-muhabbatli 
oilasini tiklay olmasligiga amin bo„lgach, ajrashishga rozi bo„ldi. U nima ham qla 
olardi? Taqdirdan qochib qutula olmaydi. Peshonasiga yozganini ko„radi. Endi faqat 
barcha qog„ozbozlik-rasmiyatchilik ishlarini bajarib qo„yish qoldi xolos. Eynshteyn 
bu borada g„alati bir gap aytgan edi: «
Qiziq, qaysi biri uzoqroq cho„zilarkin. Mening 
ajrashuvimmi, yoki, jahon urushimi?
». Ajirim uzoqroq vaqt talab etdi. 
Albatta, uning hayotidagi eng kuchli muhabbati shak-shubhasiz Mileva edi. 
Birinchi turmushidan Albert juda mamnun holda yashardi. Bunda Mileva unga 
nafaqat farzandlarning onasi va oila bekasi sifatida, balki, yuksak ilmiy salohiyatli va 
o„tkir zehnli hamfikr olima sifatida katta o„rin tutgan. Elzaga bo„lgan munosabatlarda 
esa, iliq hissiyotlardan ko„ra, ehtiyotkorlik va biroz hadik seziladi. «
Asl mehr-
muhabbatdan yiroqligi bilan bu nikoh meni cho„chitmoqda!
» - deb yozgan edi u 
qaydlarning birida. Balki, Mileva yigirma yashar yigitcha uchun ideal sevgi bo„lsa, 
Elza esa qirqqa chiqqan erkak uchun shu kabi o„rin tutgandir. Fizik olimga 
xolavachchasi maishiy turmushda tinch-hotirjamlik va chin insoniy mehr o„chog„ini 
ta‟min etmoqda edi. U Albertga ro„zg„or va oila uchun jiddiy majburiyatlarni 
yuklamas, aksincha, boriga ko„nib yashaydigan kamtarin uy bekasi bo„lib chiqdi. 
Ehtimol, Elza va Albert o„rtasida hech qachon ishq ma‟nosidagi kuchli sevgi 
bo„lmagandir, lekin ularning bir-biriga suyanchiq bo„lib, o„zaro mehr hurmat va 
tushunish bilan hayot kechirishgani aniq.


106 
Birinchi xotinimdan farqli o„laroq, hozirgi xotinim ilm-fan haqida hech 
narsa bilmasligi menga juda ma‟qul kelmoqda
.

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish