Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Eynshteynning o‘z shogirdi Ester Salamanga yozgan xatidan



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Eynshteynning o‘z shogirdi Ester Salamanga yozgan xatidan
.
Eynshteynning ilmiy salohiyati sekin-astalik bilan butun dunyo bo„ylab tan 
olina boshladi. U «
Taqdir mening nufuzli odamlardan jirkanishimga jazo tariqasida 
o„zimni ham nufuzimni yuqori qilib qo„ydi
» - deb noligandi.
Ajrim jarayonida Albert Milevaga boshqa endi yolg„iz yashashga va‟da 
bergan edi: «
Men endi tanho yashash baxtidan o„zimni tiya olmayman. Yolg„izlik 
menga ifodalab bo„lmas darajadagi batiyotlik bag„ishlamoqda
». Biroq, orada to„rt oy 
ham o„tmasdan, Albert Eynshteyn yangi oila qurib oldi.
O„g„lining kelini bilan ajrashishgani haqidagi xabarni Paulina Eynshteyn 
xursandchilik bilan kutib oldi. U go„yo lotoreyadan yutuq yutgandek edi. «
Bechora 
otang buni ko„rganida qanday xursand bo„lgan bo„lradiya...
» - degan edi Paulina. 
Biroq, oradan bir yil o„tib, dunyoga daho fizikni tug„ib tarbiyalab bergan mushtipar 
ona oshqozonida saraton xastaligi aniqlandi. Paulina bu mash‟um xabardan keyin 
uzoq yashamadi. Uning o„limi Albert Eynshteyn uchun juda kuchli zarba bo„ldi.
1804 yildayoq, Bavariyalik astronom Iogann Georg fon Zoldner (1776-1833), 
yorug„lik nurining, og„irlik kuchiga nisbatan ta‟sirli (sezuvchan) bo„lgan 
zarrachalardan iborat ekanligiga da‟vo qiluvchi Nyuton korpuskulyar nazariyasiga 
asoslanib, quyidagicha ajoyib bir ilmiy xulosa shakllantirgan edi: «
Osmon jismi 
yaqinidan o„tayotgan yorug„lik nuri, mazkur osmon jismining tortishish kuchi 
ta‟sirida, osmon jismiga nisbatan qarama-qarshi yo„nalishga tomon og„adigan 
giperbola chizadi
». Fon Zoldner shuningdek, Quyosh yaqinidagi og„ish burchagi 
(yoki, perturbatsiya burchagi) 0.84 sekundni tashkil qilishini ham hisoblab chiqqan 
edi. Bunday og„ishni Yerdan turib sezish mumkinmi? «
Quyosh yaqinidagi 
qo„zg„almas yulduzlarni kuzatishda ushbu og„ishni e‟tiborga olishimiz zarur bo„lar 
edi. Lekin, bunday kuzatuvni Yerdan turib amalga oshirish imkoni yo„qligi bois, biz 
bu og„ishni e‟tiborga olmasak ham bo„laveradi
». XIX asrda korpuskulyar nazariya 
o„rniga yorug„likning to„lqin nazariyasi maydonga chiqdi va fon Zoldnerning 
g„oyalari tez orada ko„pchilikning xotirasidan chiqib ketdi. Qolaversa, uning 
g„oyalarini amaliy tekshirib ko„rish uchun o„sha davrning ilmiy-texnik imkoniyatlari 
yetarli emas edi. 


107 
Fon Zoldner izidan borib Eynshteyn ham o„zining 1911 yil iyulida e‟lon 
qilingan «Og„irlik kuchining yorug„likning tarqalishiga ta‟siri» nomli maqolasida 
amalda aynan o„sha g„oyani ilgari surdi va uning og„ish burchagi haqidagi hisob-
kitoblari ham, fon Zoldnerniki bilan deyarli bir xil bo„lib chiqdi. Agar fon Zoldnerga 
ko„ra ushbu og„ish burchagi 0.84 sekund bo„lgan bo„lsa, Eynshteyn bu bu burchakni 
0.83 sekun ekanligini ta‟kidlar edi. Biroq Eynshteyn aytgan og„ish burchagi, fon 
Zoldnerniki qaraganda diametral qarama-qarshilikka ega edi:
«
To„liq tutilish vaqtlarida Quyosh yaqinidagi yulduzlarni ko„rish imkonli 
bo„ladi va demak bu g„oyani amalda tekshirib ko„rish mumkin. 
[...]
Garchi bu 
boradagi bungacha bo„lgan avvalgi g„oyalar yetarlicha asoslanmagan va 
xatarlidek tuyulgan bo„lsa hamki, astronomlarning ushbu fikrga nisbatan 
qiziqishi namoyon qilishlari maqsadga o„ta muvofiq bo„lgan bo„lar edi
».
Eynshteynning yuqorida tilga olingan maqolasi «Fizika solnomalari» jurnalida 
bosilib chiqqanidan naq uch yil o„tib, 1914 yilning 21-avgustida Quyoshning to„liq 
tutilishi hodisasi yuz berdi. Bu esa, Eynshteyn nazariyasini tekshirib ko„rish uchun 
ajoyib imkoniyat edi.
Visbadenlik yosh astronom Ervin Freyndlix (1885-1964) ushbu nazariyani 
tekshirib ko„rishga qaror qildi. Lekin uning to„liq Quyosh tutilishini kuzatish mumkin 
bo„lgan 
kam 
sonli 
quruqlik 
hududlaridan 
bo„lgan 
Qrimga 
uyushtirgan 
ekspeditsiyasiga I-jahon urushi to„g„anoq bo„ldi. Urush e‟lon qilinishi bilanoq, ya'ni, 
1-avgust kuni bir guruh olmon astronomlarini josuslikda ayblab Chor Rossiyasi 
tomonidan hibsga olindi. O„zining Paul Erenfestga yozgan maktubida Eynshteyn: 
«
Mening yaqin do„stim, astronom Freyndlix Rossiyada Quyosh tutilishi bilan bog„liq 
tajribalarni o„tkazish o„rniga, bu mamlakat turmalarining qanday ekanligini o„z 
tanasida his qilib, tekshirib yuribdi
» - deb shikoyat qilgan edi. Biroq bu 
muvaffaqiyatsilik aslida muvaffaqiyat edi. Chor Rossiyasining qilig„idan noligan 
Eynshteyn, aslida ruslar bu ish bilan o„ziga ko„mak berib yuborishganini kech bildi. 
Ma‟lum bo„lishicha, nazariya va ilmiy tahlillarning o„sha 1914 yildagi holatida hali 
ancha kamchiliklar mavjud bo„lib, Freyndlixning amaliy tekshirishlari bu nazariyani 
tasdiqlash o„rniga, uni inkor qilib yuborishi ham ehtimoldan holi emasdi.
Eynshteyn o„z ishlarini sinchiklab mukammallashtirdi va yuqorida ham aytib 
o„tilgan – 1915 yil 25 noyabrdagi ilmiy konferensiyada qilgan chiqishida o„zining 
tartiblangan va tuzatilgan natijalarini e‟lon qildi. Endilikda bu hisob-kitoblar natijasi, 
fon Zoldnernikidan va o„zining avvalgi hisoblari natijasida keskin farq qilar edi. Unga 
muvofiq, protuberansiya burchagi 0.84 yoki, 0.83 sekund bo„lmay, balki 1.7 sekundni 
tashkil qilar ekan. Bu natija og„irlik kuchiga nisbatan mumtoz nyutoncha qarashlarni 
hamda, relyatvistik yondoshvni o„zaro qiyoslash uchun ajoyib imkoniyat edi. 1919 yil 
29-may sanasidagi to„liq Quyosh tutilishida, Kembrij rasadxonasi boshlig„i Artur 
Eddington (1882-1944) nazariya ma‟lumotlarini amalda sinab ko„rdi: 


108 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish