Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi


1s 2s 3s 4s 5s 





1-rasm 
2-rasm 
Yulduz va Yer sirtidagi 
vaqt shkalalarining 
qiyoslanishi. 
Taqqoslash shuni 
ko‘rsatmoqdaki, 
yulduz yaqinidagi 
gravitatsiya maydoni 
zichligi, bizning 
sayyoramiz yaqinidagi 
gravitatsiya maydoni 
zichligidan farq qiladi. 


114 
Eynshteyn Shvartsshildning ishlarini diqqat bilan sinchiklab tekshirib chiqdi. 
Taasufki iste‟dodi beqiyos yosh astronomning tadqiqotlari to„satdan to„xtab qoldi. U 
nemis armiyasining sharqiy frontiga jalb etildi va frontdaligi paytida unda teri 
autoimmun kasalligi aniqlandi. Tadqiqodchi Potsdamga qaytib keldi va oradan ikki 
oy o„tib vafot etdi.
Shvartsshild tomonidan o„rtaga tashlangan, qizilga siljishning favqulodda 
keskin ko„rinishi haqidagi mulohaza Eynshteynni ham qattiq qiziqtirib qo„ydi. Lekin, 
endilikda butun dunyoga taniqli bo„lib borayotgan olim Eynshteyn ham, «
Siljish 
borasida Shvartsshild qayd etgan holat haqiqatan ham real voqe‟likka to„g„ri 
kelmaydi
» - deb xulosa yasagan edi. Biroq, biz yuqorida yodga olib o„tgan boshqa bir 
olim – Uiler, qora tuynuklarga bag„ishlangan ilk ilmiy konferensiyadayoq, ularning 
haqiqatda mavjudligini isbotlabgina qolmasdan, balki, ilmiy jamoatchilik e‟tiboriga 
qora tuynuklar haqida yetarlicha mufassal axborotlarni ham taqdim etdi. Qachonki 
yulduzning hayotini ta‟min etib turgan yadro qonilg„isi tugab borar ekan, uning taqiri 
qator parametrlarga, shu jumladan o„zining tug„ilgan vaqtidagi boshlang„ich 
massasiga bog„liq bo„lib qoladi. Yakunda shunday bo„lib chiqishi ham mumkinki, 
halokatga yuz tutgan yulduz, gravitatsiya kuchlari ta‟siri, ya'ni, o„z og„irligi kasriga 
ko„ra kollapsga uchraydi. .
«[...]
Tezkor siqish natijasida,o„layotgan yulduz sirti kuzatuvchidan yana va 
yana kattaroq tezlik bilan uzoqlasha boshlaydi. Uning yorug„ligi spektrning 
qizil qismi tomon siljiydi. Soniyaning kichik bir ulushlari ichida u shu darajada 
xiralashadiki, biz endilikda uni ko„rolmay qolamiz...Xuddi Cheshir mushugi 
singari, yulduz ham ko„zdan g„oyib bo„ladi va faqat uning tabasumi –
gravitatsion tortishishi qoladi xolos
».
Biz zamon-makon egrilanishi materiayning tarkibini aks ettirishini bilamiz. Aytaylik, 
Quyoshni Manxetten orolining yarmichalik o„lchamgacha zichlab kichiklashtirsak, 
uning materiyasining zichligi qora tuynuk zichligi darajasiga erishadi. Zamon-
makondagi materiayning konsetratsiyasi shunday chegaraviy darajaga yetadiki, u 
haqida hatto Eynshteyn va Shvartsshilda ham o„z qaydlarida bir nima deyishga 
botinisha olmaganlar. Biroq, ma‟lum bo„lishicha Butun Olam – Koinot shunday 
g„alati bir maskan ekanki, uning hozirgi olimlar aniqlagan ko„lami, relyatvistika 
otalari bo„lgan Eynshteyn va uning safdoshlarining tasavvuridagidan ancha 
boshqacharoq ekan. Qora tuynuk yaqinida vaqt keskinlik bilan sekinlashadi, 
yulduzning o„zi esa, hodisalar gorizonti deb nomlanuvchi ko„rinmas sfera bilan 
o„ralgan bo„ladi. Hodisalar gorizonti esa, o„z navbatida, o„ziga xos bir qaytib 
bo„lmas, yoki, borsakelmas chegara sifatida qaralmoqda. Ushbu gorizontga 
yaqinlashib borgan odam, uning sferasi ichkarisidagi olamda qamalib qolgan va 
milliardlab yillardan buyon sargardon yurgan nurlarni ko„radi. Bu esa qora 


115 
tuynukning tug„ilishidan boshlab uning taraqqiyotining barcha bosqichlarini birma-
bir namoyish qilib beruvchi film singari bo„ladi.
Qora tuynuklarni hech bir spekr orqali kuzatib bo„lmaydi. Uni sezish, 
ko„rinmas odamni tutib olish kabi ish emas. Ko„rinmas odamni tutish uchun nigohni 
pastga qaratish – uning qordagi yoki, loydagi qoldirgan izlarini izlash kerak bo„ladi. 
Qora tuynuklarning mavjudligini to„g„ridan-to„g„ri tasdiqlovchi dalillar mavjud emas. 
Biroq, teleskoplardan qayd etilayotgan ayrim hodisalar – yulduzlar va 
galaktikalarning gravitatsion siljishlari – aynan qora tuynukning ta‟siri natijasida 
vujudga kelayotgan bo„lishi ehtimol. Eynshteynning qora tuynuklarga nisbatan 
bildirgan ishonchislizligi kesatiqdek tuyuladi. Frimen Dayson qayd etganidek, 
«
Koinotdagi qora tuynuklar – nisbiylik nazariyasining butun mazmun mohiyatini 
o„zida to„liq va yaqqol aks ettiruvchi yagona jismlardir
». 
Merkuriy perigeliysining siljishi yoki, qora tuynuklar – relyatvistik koinotning 
qiziqarli va ajib manzaralarini namoyon etadi, lekin bu bilan nisbiylik nazariyasining 
boshqa muhim tafsilotlari borasida ham e‟tibordan chalg„ib qolmaslik kerak. 
Yuqorida qayd etilgan hodisalarni tavsiflovchi tenglamalarni, Butun Olam – 
Koinotning barcha energiyasi va materiyasini 
T
bilan belgilagan tarzda, boshqa 
sohalar uchun ham tadbiq etish mumkin. Zamonaviy kosmologiyaga eng birinchi 
bo„lib kirib bordi, lekin u to„qnash kelgan masalalar shu darajada murakkab ediki, 
dastlabki paytlarda olim faqat taxminiy hisob-kitoblar bilan kifoyalanishga majbur 
bo„ldi. Uning bu borada qo„ygan ilk qadami, materiyaning beto„xtov bo„linishi 
haqidagi g„oyasi edi. U shuningdek, koinot bo„ylab barcha yo„nalishlar teng kuchli 
ekanligini, hamda, sanoq tizimining tasodifiy burchak ostida burilishi, o„lchash 
natijalarining qiymatlarini o„zgartirmasligini ma‟lum qildi (gomogenlik va izotropiya 
sharoitlari).
1917 yilda koinotning insoniyatga ma‟lum bo„lgan chegarasi, Somon Yo„li 
galaktikasining oniy fotosuratlaridan iborat axborot ko„lami bilan cheklangan edi. 
Bo„shliqdagi yulduzlarning ulkan to„dasi. Lekin, turli fotosuratlarni tekshirish va ular 
orqali hisoblashlarni amalga oshirishda, galaktikadagi yulduzlarning harakati sezila 
boshladi. Gravitatsiya kuchlarining ta‟siri ostida, yulduzlar o„z joylaridan siljib, bir-
birlariga yaqinlashib borar edi. Eynshteyn o„z tenglamalariga yangi parametrni 
kiritdi. Bu – kosmoligik doimiy bo„lib, uning ma‟nosi vakuumni tavsiflash hamda, 
ayrim kosmologik modellarni tushuntirishdan iborat. 
Ushbu matematik parametrning fizik ma‟nosi tushunarsiz qolmoqda edi. 
Chunki, uni joriy etishdan yagona maqsad – tenglamalarning bir jinsli fazo uchun 
statistik yechimini topishni ko„zlar edi. Eynshteyn Nyutonning yassi koinotini olib, 
uni cho„zib, burab yakunda gipersferaga (to„rt o„lchamli sferaga) aylantirdi. Gipersefa 
yuzasi cheksiz fazodan iborat: kuzatuvchi unda istalgan yo„nalishda harakatlana oladi 
va bunda hech bir chek-chegara bilan to„qnash kelmasdan, har safar boshlang„ich 


116 
nuqtaga qaytib kelaveradi. Bizning koinotimizda uch o„lchamli fazo xuddi 
shishirilgan rezina pufak singari chegaralangandir. Kosmik kema aynan bir yo„nalisda 
parvoz qilib, butun koinotni uchib aylanib chiqishi va boshlang„ich parvoz nuqtasiga 
qaytishi mumkin. 1930 yilda Eddington, koinotning kengayishi hodisasini 
kosmologik doimiydan foydalanib tushuntirish mumkinligini ko„rsatdi. Matematika 
nuqtai nazaridan Eynshteyn koinoti, xuddi dor o„yanyotgan dorbozning burniga 
o„rntilgan ingichka tayoq singari omonat muvozanatda turibdi. Uning 
xarakteristikalaridagi juda kichik o„zgarishlar ham, butun koinotning kengayishi yoki, 
torayishiga sabab bo„lishi mumkin.

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish