2. Antropogenezni, ya’ni odam evolyutsiyasining harakatlanuvchi sotsial faktorlar. Odamlar borgan sari takimillashgach ish qurollari ishlab chiqishi, oziq-ovqat tayyorlash, uy-joy qurish, atrof-muhitni xavf xatardan saqlashga imkon berdi. Natijada odam evolyutsiyasida tabiiy tanlanishning roli ortgan. Ammo odamning tarixiy rivojlanishida biologik va sotsial faktorlar o‘zaro bog‘liq xolda ta’sir ko‘rsatgan. Har bir odamlar to‘dasi qurol yasash, ovlash, o‘simliklarni yig‘ish, hayvon va o‘simliklarni parvarish qilish, xonakilashtirish va madaniylashtirish singari omillarni yosh avlodga o‘rgatgan. Yosh avlod ularni o‘zgartirgan, yangiliklar bilan boyitgan. Birgalikda hayot kechirish, olovdan foydalanish, go‘shtli ovqat iste’mol qilish, tafakkur, nutqning rivojlanishi, bosh miya hajmining ortishi, yanada kattalashishiga ayollardagi jinsiy organlarning tuxum yo‘lining ensiz bo‘lishi to‘sqinlik qilgan. Bu qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun tanlanish ayollarga chanoq suyagi sekinlashishiga olib kelgan. Odatda, yangi tug‘ulgan chaqaloqning miyasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishi asosan go‘daklik va bolalik davrida sodir bo‘ladi. Sut emizuvchi hayvonlarda (tuxum qo‘yuvchilardan tashqari) yangi tug‘ulgan organizm mustaqil hayot kechirishga tayyor bo‘lgani holda, ya’ni tug‘ilish odam bolasi mustaqil hayot kechira olmaydi. Shu sababli ayollar bolalarni uzoq muddat parvarish qilishga va oqibatda erkakka birmuncha qaram bo‘lishga majburdir. Shunga ko‘ra, jamoa ayollarga va ularning bolalariga g‘amxo‘rlik qila boshlaganlar. Bu esa o‘z navbatida jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni-hamkorlikni kuchaytiradi.
Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli
Uchlamchi davrning o‘rtalarida yashagan odamsimon maymunlar qanday qilib odamga aylangan?. Maymunlar galasidan kishilik jamiyati qanday sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan?.
A.Uolles 1864 yilda odamning kelib chiqishiga oid asarida odamning kelib chiqishini diniy aqidalarga bog‘laydi. Ch.Darvin 1871 yilda yozilgan “Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” asarida odamsimon maymunlardan odamning kelib chiqishining biologik jihatdan analiz qilib beradi. Lekin bu protsessda sotsial faktorlar rolini tushunmaydi.
Odamsimon maymunlarning odamga aylanish jarayonlarining va uning asosiy sabablarini birinchi marta F.Engles 1876 yilda yozilgan “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli” asrida materialistik asosida tushuntirib bergan. U odam bilan hayvonlar o‘rtasidagi asosiy farq mehnat ekanligini, mehnat tufayli odamlar maymunlar olamidan ajralib chiqqanligini hamda tabiat kuchlari ustidan xukumronlik qila boshlaganligini ta’kidlagan. Kishilik jamiyati o‘zining barcha muvafaqqiyatlariga mehnat tufayli erishgan, mehnat qilish uchun mehnat qurollaridan foydalanishni bilish zarur. Shuning uchun ham mehnat qilish mehnat qurollarini tayyorlashdan boshlangan.
Shuni aytish kerakki, bir gruppa maymunlar daraxtlarda yashagan davridayoq vazifalar qo‘l va oyoq o‘rtasida bo‘lingan. Bu esa qo‘l yordamida ovqat topish va tayoq, toshlar yordamida dushmandan saqlanish imkoniyatini tug‘dirgan. Daraxtlardan yerga tushib yashashga o‘tgan maymunlarning mehnat qurollarini tayyorlashi, ulardan foydalanishi qo‘l bilan oyoq o‘rtasidagi vazifalarining yanada taqsimlanishiga olib kelgan, ya’ni qo‘llar tobora mehnat qurollarini tayyorlaydigan va ishlatadigan organga aylangan. Oyoqlar esa yurish organiga aylana boshlagan. Qo‘l mehnat qurollari yasash va undan foydalanish tufayli bo‘g‘indan bo‘g‘inga o‘ztara borib, faqat mehnat organi bo‘lib qolmay, ayni vaqtda u mehnatning mahsuli hamdir.
Har qanday tirik organizm, jumladan maymunlar ham bir butun organizmdir. Bu butunligi uchun organlari o‘zaro uzviy bog‘lanishda bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Karrelyatsiya qonunga ko‘ra, biror organning o‘zgarishi boshqa organning ham o‘zgarishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, odam qo‘lining asta-sekin takomillashishi, oyoqning esa tik yurishga moslanishi organizmdagi boshqa organlarning ham ma’lum darajasi o‘zgarishiga olib kelgan.
Ajdodlarimiz o‘lik va tirik tabiat qarshiliklarini yengishda yakka odam ojizlik qilishini va jamoa bo‘lib yashaganda esa bir-biriga tez yordam bera olishini yaxshi tushuna borgan va shu tufayli to‘da-to‘da (jamoa) bo‘lib yashashga o‘tganlar. Ma’lum vaqt o‘tishi bilan bu “uyishgan” odamlar shu darajada yetdiki, ularda bir-biriga nimanidir aytish ehtiyoji tug‘iladi. Bu ehtiyoj o‘ziga kerakli organni paydo bo‘ldi. Nutq bilan birga fikrlash (ong) qobiliyati ham vujudga keldi. Avvalo mehnat, so‘ngra ma’noli nutq, mana shu ikkita eng muhim stimul bo‘ldiki, maymunning miyasi, sezgi organlari asta-sekin odam miyasi va sezgi organlariga aylandi. Engles odamning paydo bo‘lishida mehnatning rolini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
F.Engels fikricha, maymunning odamga aylanishi jarayonida rol o‘ynagan yana bir muhim hodisa go‘shtli ovqat iste’mol qilishdir. Go‘shtli ovqat iste’mol qilinishi tufayli miyaning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarar bo‘lgan moddalarni, ya’ni o‘simliklardan olingan ovqatga nisbatan ko‘proq ola boshlaganligini isbotlab: “... bu hol miyaning bo‘g‘indan-bo‘g‘inga tezroq va to‘laroq takomillashuviga imkon beradi” , degan edi. Go‘shtli ovqat iste’mol qilish bora- bora olovdan foydalanishga sabab bo‘lgan. Ovqatni pishirib iste’mol qilish tufayli hazm qilish jarayoni ancha qisqargan va kishilar hayotidagi barcha jarayonlar uchun zarur bo‘lgan energiya tejala boshlagan. Natijada odamning organlari kompleks ravishda rivojlana borgan. Olovdan foydalanish ajdodlarimizga faqat issiq mintaqa emas balki sovuq o‘lkalarda ham tarqalishga imkon bergan.
F.Engels jamiyatdagi odamlar “... qo‘l, nutq organlari va miyaning birgalikdagi faoliyati tufayli tobora yuqoriroq maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yish, tobora murakkabroq ishlarni bajarish va ularga erishish qobiliyatini hosil qiladilar” deydi. U o‘z asrida odam paydo bo‘lishiga katta rol o‘ynagan biologik faktorlarni ham e’tibordan chetga qoldirmadi. Biroq u ijtimoiy faktor bo‘lgan mehnatni asosiy hisoblangan va birinchi o‘ringa qo‘ygan. Biologik faktorlar, ya’ni maymunlar gavdasida yuz bergan o‘zgarishlar ajdodlarimizni mehnat qurollaridan foydalanishi, keyin uni ishlab chiqarishga tayyorlagan faktorlar hisoblanadi. Agar muhit jarayoni bo‘lmaganda umumbiologik omillar tufayli maymun odamga aylanmagan bo‘lardi.
Faqat mehnat qurollaridan (cho‘p, suyak) foydalanish emas, ana shu qurollarni ishlab chiqarish ham muhim hisoblanadi.
Odam mehnatining o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, odam mehnat qurolini o‘zi yaratadi, birorta hayvon ham bunga qodir emas.
F.Engels nazariyasiga ko‘ra, mehnat inson hayotining asosiy shartidir. Sharti bo‘lganda ham shunday shartidirki, ma’lum ma’noda odamning o‘zini mehnat yaratgan, deb aytish mumkin.
Mehnat faoliyatining vujudga kelish protsessi juda uzoq vaqt davom etgan. Dastlab tosh inson qo‘lida pichoqqa aylanishidan shu qadar uzoq vaqt o‘tishi kerak ediki, bizga ma’lum tarixiy davr buning oldinda arzimas davr bo‘lib qoladi, deb ko‘rsatgan edi Engels.
Odamsimon maymunlardan odam paydo bo‘lishi prsessining asosiy etaplari quyidagilar edi:
1. Qo‘lning mehnat quroli ishlab chiqaradigan organga aylanishi davri. Bu davr juda uzoq vaqt davom etgan.
2. Ma’noli nutqning rivojlanishi davri. Oldin imo-ishora, keyin ma’nosiz, keyin ma’noli tovushlar-nutq paydo bo‘lgan. Bu mehnat jarayoni va jamoa bo‘lib yashash tufayli paydo bo‘lgan.
3. Markaziy nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining yuksak darajada rivojlanishi davri. Mehnat, nutq nerv sistemasining murakkablashuviga olib kelgan.
4. Jamiyatning vujudga kelishi davri. Bu odamlar madaniyatini oshishi, ya’ni madaniy evolyutsiya tufayli kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Odam ajdodlari skeletining qazilmalarini solishtirib ko‘rilsa, bundan 20-30 ming, 5-10 ming va 500 yillar oldin yashagan va hozir yashayotgan odamlar o‘rtasida madaniy taraqqiyot jihatdan katta farq bor. Bu madaniyat avloddan-avlodga o‘tish orqali o‘tib kelmoqda.
“Orttirilgan irsiyat” tufayli sotsial taraqqiyot amalga oshadi. Orttirilgan irsiyat qonuniyatlari biologik evolyutsiya qonuniyatlariga nisbatan boshqacha yo‘l bilan boradi.
Madaniy evolyutsiya biologik evolyutsiya asosida amalga oshgan. Bu evolyutsiyalar nomo avlodi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bunda biologik evolyutsiya ta’siri kamayib, madaniy evolyutsiya ta’siri kuchayib borgan. Bu narsani to‘liq analiz qilish darvinizm emas, balki madaniyatshunoslik fanining vazifasidir.
Ana shu tarixiy rivojlanish natijasida odam tabiat sharoitlariga passiv emas, balki aktiv, ya’ni tabiat qonunlarini bilib undan foydalanishni bilgan. Odamning hayvonotlardan yana bir muhim farqi ana shunda va odam yana yuqorida aytilgan mehnat tufayli shunga erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |