1. Politsentrizm gipotezasi. Bu gepotezaga ko‘ra, aqlli odam yer yuzining bir qancha joyida turli xil ajdodlardan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda odamni bir nechta irqlari bor.
Shunga asoslanib, bir gruppa olimlar turli irqlar o‘rtasidagi farqlar hozirgi zamon odamiga oid belgilarga nisbatan qadimiydir. Shunga ko‘ra, hozirgi zamon odami birdaniga bir qancha markazdan kelib chiqqan, deb ko‘rsatadilar. M: Veydenrayx fikricha, hozirgi odam 4 ta markazdan kelib chiqqan: 1. Avstraliyaning mahalliy xalqi janubiy Sharqiy Osiyoda pitekantropdan; 2. Mangoloid va Amerika irqining vakillari Sharqiy Osiyoda sinantropdan; 3. Negr va bushmenlar Janubiy Afrikada rodeziya odamidan; 4. Janubiy G‘arbiy Osiyoda palestin odamidan Yevropa irqiga oid odamlar kelib chiqqan, deydi.
Amerika antropologi K.Kuk hozirgi zamon odami 5 markazdan, venger antropologi A.tom 3-4 markazdan kelib chiqqan deydi.
Rus olimilari P.I.Boriskovskiy, G.F.Debets, G.P.Grigoryev, Y.M.Semyonovlar ham odam ko‘p markazdan kelib chiqqan, degan politsentrizm gepotezasini himoya qiladilar.
2. Monotsentizm gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, hozirgi odamlar bir joyda, bir ajdoddan kelib chiqqan. Rus olimlari M.G.Leven, V.P.Yakimov, Y.Y.Roginskiy va boshqalar bu gepotezani himoya qiladilar. V.P.Yakimovning fikricha, Yevropada tarqalgan neandertal odam ikki yo‘nalishda taraqqiy etgan. Birining bosh miyasi sifat jihatidan, ikkinchisining bosh miyasi miqdor jihatidan o‘zgargan. Bosh miyasi sifat jihatidan o‘zgarganlaridan hozirgi zamon odamlari kelib chiqqan, deb o‘qtiradi.
Keyingi paytlarda olimlar ana shu 2 ta gipotezani uyg‘unlashtirib keng monotsentrizm gipotezasini ishlab chiqmoqdalar.
Shuni aytish kerakki, keyingi yillarda paleantrop va neantroplar orasida oraliq formalar suyagining qoldig‘i Sharqiy O‘rta Yer dengizi, old Osiyoning bir qancha joylarida topilgan. Mana shu dalillarga asoslanib, rus antropologi Y. Y. Roginskiy aqlli odam keng teritoriyada tarqalgan yagona ajdoddan kelib chiqqan, degan fikrni ilgari suradi.
Turli davrlarda qazilma holda uchragan odamlar suyagining qoldig‘ini o‘rganish vaqt o‘tishi bilan odamlarning tashqi qiyofasi chiroyli, uzun bo‘yli bo‘lganligi kalla skeletining yuz qismi kichik, miya qismi katta, peshona, qosh do‘ngliklari rivojlanganligi, ensasi oldinga chiqqanligi nutq taraqqiy etganligini ko‘rsatadi. Tik yurish, tayanch vasifasidan ozod bo‘lish xilma xil harakatlar bajarish, qurollar yasash, qo‘l mehnat quroliga aylanganligida, nutqning taraqqiy qilishida va jamiyatning tashkil topishida mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |