Evolyutsiya nazariyasi


Eng qadimgi odamlar arxantroplar



Download 10,57 Mb.
bet131/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

1.Eng qadimgi odamlar arxantroplar
Ko‘p tarmoqli bo‘lgan, ko‘p turga ega bo‘lgan avstropiteklarning bir tarmog‘i keyinchalik progressiv tomonga rivojlanib, qurol yasash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Bu xodisa tik yurish, miyaning yanada rivojlanishi natijasida amalga oshgan. Ular bu davrda olovdan ham foydalanishgan. Bundan taxminan 1, 5-2 mln yil oldin bunday progressiv formalar Afrika, Osiyo bo‘ylab tarqalib, uning alohidalashgan bir qancha guruxlari paydo bo‘lgan. 1960 yillargacha hozirgi odam bilan avstralopiteklar o‘rtasida turuvchi 10 ga yaqin har xil qazilma holdagi oraliq formalar topilgan. Bu formalarning xammasi eng kadimgi odamlar arxantroplar nomini olgan. Arxantrop grekcha arxaios-qadimgi, aptropos-odam degan ma’noni bildiradi.
Eng qadimgi odamlarga xos suyak qoldiqlari xar xil bo‘lishi bilan birgalikda, ular uchun umumiy belgi kurol yasashning rivojlanishi bilan ifodalanadi. Tabiatda uchraydigan turli buyumlarni ishlatishdan ongli ravishda qurol yasashga o‘tish rivojlanishning maymun darajasidan odam darajasiga o‘tish demakdir. Arxantroplar qirrali toshlar yasab, ular yordamida o‘simlik ildizlari, piyozlari. tugunaklarini kovlab olganlar, hayvonlarni jarohatlanganlar, go‘shtini nimtalaganlar.
Dasblabki topilgan tosh qurollar kaynazoy erasining to‘rtlamchi davri boshlariga to‘g‘ri keladi. Topilgan qazilmalarga ko‘ra eng qadimgi odamlar g‘orlarda yashab, yovvoyi otlar, cho‘chqalar, kiyiklar, qushlarni ovlaganlar va o‘ziga o‘xshagan odamlarni ham yegan. Ular o‘zlariga toshlardan boshpana yasagan va olovdan foydalanganlar, Arxantroplar so‘zlashni bilishlari ehtimoldan holi emas, lekin nutq juda tuban darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ularning qiyofasi bir muncha xozirgi zamon odamlari qiyofasiga o‘xshash bo‘lgan, ammo ba’zi belgilari bidan farq ham qilishgan.
Arxantroplarga faqat bita katta tur yoki bitta bosh tur kiradi, bu turni Homa erektus deb nomlaganlar, unga sistematiklar 9 ta kenja turni birlashtiradilar.
Mashhur nemis olimi E.Gekkel o‘zining 1868 yilda yozilgan “Dunyo yaratilishining tabiiy tarixi” nomli asarida maymunning odamga aylanish protsessida maymunga bilan odam uchun umumiy bo‘lgan belgili qandaydir oraliq forma yashagan, deb taxmin qildi, hamda uni pitekantrop deb atadi. Pitekantrop gerkcha pitekos-maymun, antropos-odam degan ma’noni bildiradi.
Gekkel taxminiga 25 yil to‘lmasdanoq Gollandiya olimi Yevgeniy Dyuba Yava orolidan 1891-1892 yillarda pitekantroplarni miya qutisi, son suyaklari va bir qancha tish qoldiqlarini topgan.
Jag‘lari oldinga turtib chiqqan, iyagi rivojlanmagan, qosh burmalari yaxshi rivojlangan. Miya qutisining hajmi boshqa antropoform maymunlarning miya qutisining hajmidan 1,5 marta ortiqdir.
Dyubaning keyingi qazish ishlari bu jon zotning son suyagi zamonaviy odamning tegishli suyagidan juda kam farq qilishini ko‘rsatdi. Shu sababli Dyuba o‘zi topgan formani Petekantropus erektus, ya’ni maymunsimon tik odam deb atadi. Hozir bu tur Homa erektus, deb ataladi.
Yavada yana 5 ta pitekantropning kalla va son suyak qoldiqlari topildi. Ularning tishlari odam tishlariga juda o‘xshash bo‘ladi. Pitekantroplar bo‘yi 165-170 sm bo‘lib, orqa oyoqlari tik yurishga moslashgan, qo‘li esa erkin bo‘lgan. Pitekantroplar dastlabki eng qadimgi odamlar bo‘lgan deb hisoblashgan asos bor.
Eng qadimgi odamlarning pitekantropdan tashqari Xitoyda sinantrop, Germaniyada geydelberg, Afrikada telantroplar va atlantroplar kabi formalari ham topilgan.
Sinantroplar (grekchadan-qadimgi xitoy odami degan ma’noni bildiradi) – ba’zan ularni Xitoy pitekantropi ham deb aytiladi. Sinantrop qoldiqlari Xitoyning shimolida, Chjoy-Kaudyan qishlog‘i yonida. Pekindan taxminan 50 km janubiy-g‘arbda topilgan. Bu yerda 1927-1937 yillari professor Pyay Betsjun boshchiligidagi Xitoy arxeologlari 40 dan ortiq sinantropga oid suyaklar-kalla suyaklari, pastki jag‘ suyagi, tishlarni topdilar. Ular pitekantropga ancha yaqin bo‘lsa ham, ulardan ancha rivojlangan edi. Bo‘yi past erkaklari-156 sm, ayollari-144 sm, peshonasi tor, pastki jag‘i katta, tishlari yirik, iyagi yo‘q, miya qutisining hajmi 1000 sm ga teng. Sinantroplar yashagan g‘orlardan oddiy tosh qurollari, olov, turli hayvonlarning qoldig‘i, o‘simlik urug‘i topilgan. Ular eng oddiy qurollar -yog‘och va toshlardan foydalanganlar. Ammo ularning ba’zilari chirib ketgan va bizgacha yetib kelmagan. Sinantroplar ham olov qilish, uni o‘chirmasdan saqlash, oddiy qurollarni yasash va ulardan ovda foydalanishni bilgan.
1954-1955 yillarda Shimoliy Afrikada va Jazoirning Maskara shahri yaqinida Tirnofin qishlog‘idan fransuz olimi K.Arambur to‘rtlamchi davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarning tishlari va shoxlari, qo‘pol ishlangan qurollar (bolta), deyarli barcha tishlari saqlangan 3 ta pastki jag‘ suyagi topilgan. Bu odamni atlantrop deb nomlagan. U bundan 400 yil oldin yashagan. Atlant-Shimoliy Afrikada qazilmalar topilgan joy yaqinida Atlas tog‘ining nomi, antropos-odam degan ma’noni bildiradi.
1908 yilda professor SHetenzan Germaniyaning Geydelberg shahri yaqinida ikkinchi muzliklararo davrining yer yuzasidan 24 m chuqurlikdagi yotqiziqlaridan odam va antromorf maymunlarga xos belgilarga ega bo‘lgan pastki jag suyagi topiladi. Bu suyak odam suyagidan bir oz katta va yo‘g‘ondir. Bu qoldiq topilgan joyi sharafiga Geydelberg odam deb ataladi.
Odam tarixiy rivojlanishining bu bosqichida dastlab yangi sotsial qonuniyatlar vujudga kelsa ham, lekin tabiiy tanlanish xukumronligi namoyon bo‘lgan. U tik yurishga, yanada takomillashishga, bosh miyani yanada rivojlantirishga tomon yo‘nalgan bo‘lishi kerak. Tabiiy tanlanish tufayli qalimgi odamlar ichidan nisbatan yaxshi rivojlangan tafakkur, nutq va mehnat faoliyatiga ega formalar yashab qolgan, boshqalari esa qirilib ketgan.
Shu tariqa 6 000 000-4 000 000 yil oldin avj olib rivojlangan eng qadimgi odam qoldiqlari topilganligi haqida 1994 yil may oyida televideniya orqali aytadi.
Geydelberg odamlarning tishi maymunlarnikidan ko‘ra odamlarnikiga yaqinroq turadi. Shuning uchun ham SHetenzan bu jag‘larni sinantroplardan 150-200 ming yil keyin yashagan odam jag‘i degan xulosaga keladi. Anna shulardan odam kelib chiqishining keyingi bosqichi qadimgi odamlar tarixiy taraqqiyot tufayli paydo bo‘lgan, deb hisoblanadi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish