Odam bilan odamsimon maymunlar o‘rtasidagi farqli tomonlar quyidagilardan iborat:
1.Odamning qo‘li oyog‘iga nisbatan ancha qisqa. Agar odamning qo‘li oyog‘i uzunligining 65-70% ni tashkil etsa, shimpanzeda u 103-110% , orangutanda esa 140% ni tashkil etadi.
2. Odamning bosh barmog‘i boshqa barmoqlariga nisbatan kalta va yo‘g‘on. Boshqa barmoqlari ham odamsimon maymunnikiga nisbatan kaltaroq.
3. Odamning umirtqa pog‘onasi lotincha S-xarfi shaklida etilgan bo‘lib, o‘tirganda, yurganda, chopganda va sakraganda zarbani kamaytirish vazifasini o‘taydi.
4. Odam tik yurishi natijasida uning ichki organlari chanoq suyagini bosadi. Shuning uchun maymunning chanoq suyagiga nisbatan odamniki keng bo‘ladi.
5. Odamning ko‘krak qafasi ham o‘zgargan. Agar gorizontal holatda yuruvchi hayvonlarda ko‘krak qafasi ikki yon tomondan siqilgan va oldinga botib chiqqan bo‘lsa, odamda yon tomondan keng, oldi tomondan botiq bo‘ladi.
6. Maymunlar jag‘ suyagi yaxshi, odamda kuchsiz rivojlangan. Odamda kalla suyagining miya qismi yuz qismiga nisbatan ancha katta, maymunlarda esa kichikroqdir. Agar kalla suyagining miya qismi 100% deb olsak, u holda yuz qismi odatda 36-38%, shimpanzeda 30-96%, orangutanda 102 % ni tashkil etadi.
7. Odam miyasining xajmi va og‘irligi odamsimon maymunlarnikiga nisbatan 3-5 marta ortiq. Odam bosh miya qutisining xajmi 1600sm, odamsimon maymunlarniki 600sm.
8. Odamning tomog‘i yaxshi rivojlangan bo‘lib, ma’noli nutq organiga aylangan. Natijada faqat insonga xos bo‘lgan ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Nutq, ya’ni gapirish ikkinchi signal sistemasi deb ataladi va insonga xosdir.
9. Tirik organizmlarning rivojlanishiga, belgi va xususiyatlarning shakllanishida xujayra yadrosidagi xromosomalar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Chunki ularda irsiyatning moddiy asosi bor. Shunga ko‘ra, odam bilan maymunlarning xromosomalari qanday, ular odam paydo bo‘lishi masalasiga biror yangilik kirita oladimi, degan savol olimlar diqqatini o‘ziga tortdi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlarning ba’zi yakunlari 1966-yilda italiyalik olim Kiarelli tomonidan e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, martishkasimon maymunlarning ayrim turlariga mansub organizmlar xujayrasida 54 ta, boshqalarida 72 ta, gibbonda 44 ta, gorilla, shimpanze, orangutanda 48 ta, odamda 46 ta xromosoma bo‘lib, odam xromosomasi tashqi ko‘rinishidan odamsimon maymunlar xromosomasiga o‘xshaydi.
Odam bilan antropomorf (odamsimon shakldagi) maymunlarning qon-qarindoshligini aniqlashda nerv sistemasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ranglarni aniqlash jihatdan shimpanze odamga ancha o‘xshaydi. U narsalarning katta kichikligini, shaklini ajratadi. Maymunlarning yuz (mimika) muskullari tuzilishi odamnikiga o‘xshagani uchun g‘azab, qo‘rquv, shodlik, qayg‘u, kulgu va boshqalarni o‘z yuzida aks ettiradi. Yuzda bu hodisalar ma’lum muskullarni qisqarishi tufayli sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, emotsiya (hayajon)ni boshqarish, ko‘zini yoshlanishi, ba’zi xarakatlar ham aks etadi.
Maymunlar fel atvori psixologlar va fiziologlar tomonidan o‘rganilgan. Ularda juda ko‘plab shartsiz reflektor faoliyatlar xosligi aniqlangan. Ularda daraxtga chiqish, narsalarni ushlash va sakrash bilan bog‘liq xarakat reflekslari rivojlangan. Bu reflekslar ovqat topish instinktlari bilan bog‘liqdir. Mo‘ljal olish, chamalash reflekslari ularning fe’l atforida katta o‘rin tutadi. Shu tufayli maymunning diqqati bir narsadan ikkinchisiga tez jalb bo‘ladi.
Tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, shartli refleks ham maymunlarda katta o‘rin tutadi.
Suxumi maymunlar pitomnigidagi kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, tuban maymunlar (gamadrilalar, makakalar) xam bir necha mashqdan keyin tosh otish va nishonga tekizishni o‘rganib olishadi. Maymunlar kerakli narsani olish uchun tayoqdan foydalana oladi, quduqdan suv oladi va xatto suv sepib, olovni o‘chiradi.
Bunday tajribalar o‘tkazish juda qiziqarlidir. Orangutanlarning bir qancha xillarda ximoyalanishi kuzatilgan. Bunda u qurol tosh tayoqlardan foydalanadi. Yosh orangutan kovakka yog‘och qo‘yib, ikinchi uchiga qo‘lini qo‘yganicha va undan richag sifatida foydalanganligini Darvin kuzatgan. Darvin yana bir kuzatishga, maymun zarbadan ximoyalanish uchun o‘zini ko‘rpa bilan pana qilgan.
Shimpanzeda murakkab fe’l-atvor kuzatiladi. Tabiiy xolatda u mevalarni maydalash uchun toshlardan foydalanadi. V.Keller degan olimning Tenerifda (Ispaniya) kuzatishicha, shimpaneze o‘simlik ildizini kovlab olish uchun tayoqlardan foydalangan. Bunda u tayoqni bosib yerga chuqur kiritadi. Tayoqlarning biri yetmasa 2 chisidan foydalangan. Ikkinchi marta bu ishini juda tez bajaradi.
I.P.Pavlov tajribalaridan Rafael degan maymun oldin umuman u o‘rgatilmagan bo‘lsa xam, bakdan kurushkaga suv olib pechkani ustidagi olmani olishga xarakat qilgan va olovni o‘chirgan. Boshqa bir tajribada Rafael bir soydan o‘tishda xoda tashlab ko‘prik sifatida foydalangan. Shunisi xarakterliki, xar bir xarakatning natijasida erishgan yutig‘i Rafaelni shodlantirar edi. Aksincha, ishi o‘ngidan kelmasa u asabiylashib, jaxli chiqar va jazavasi tutib, yerga agnar, ayanchli tovush chiqarar edi. Odam antropomorf maymunlar bilan bitta ajdoddan kelib chiqqan bo‘lsa ham, uning shakllanishi jarayonida sifat jixatidan yangi jamoa bo‘lib yashaydigan odam uchungina xos qonuniyatlar rivojlangan.
Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi konsepsiyasida odam aqliy faoliyatining prinsipial farqlari fiziologik jixatdan ochib berilgan. Ana shu konsepsiyaga muvofiq, hayvonlar o‘zlarining sezgi organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ta’sirotlar orqali atrofidagi dunyoni idrok etadi.
Shunday qilib, tashqi dunyodan keladigan signallar ko‘z, quloq, tuyg‘u va boshqa sezgilar orqali hayvonning nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi signal sistemasi ana shular xisoblanib, bu sistema odamda va hayvonlarda umumiy bo‘lib, odam uning o‘zini xayvon ajdodlardan meros qilib olgan. Biroq odam yana ikkinchi signal sistemasiga xam ega bo‘lib, bunda yozilgan yoki faqat xayol qilingan so‘zlar signallar o‘rnini bosada. Bu signal sistemasi fikrlarimizni ifodalash vositasidir. Odam oliy nerv faoliyatining hayvonlar oliy nerv faoliyatidan tubdan farq qilishi xam mana shundadir. “Suv-deb yozgan edi, I.P.Pavlov bizni odam qildi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |