Evolyutsiya nazariyasi


Odamning kelib chiqishiga oid paleontologik dalillar



Download 10,57 Mb.
bet129/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Odamning kelib chiqishiga oid paleontologik dalillar

Paleontalogiya fani xozir yashab turgan tirik organizmlarni ajdodlarini qazilmalar xolida o‘rganadi.
Tirik organizmlarni ma’lum davrida rivojlanishi, kelib chiqishini isbotlashda paleontalogik dalillar nixoyatda muxim ahamiyatga ega. Qazilma xolidagi maymunlarni o‘rganish odamga xos bo‘lgan xususiyatlar qanday qilib paydo bo‘lganligini, rivojlanganligini tushunishga imkon beradi. Geologlar yer tarixini 5 ta eraga -arxey, proterozoy, poleozoy, mezazoy. Kanazoy eralariga bo‘ladilar. Mezazoy erasining trias davrida umurtqali hayvonlarni murakkab vakillari-sut emizuvchilar vujudga kelgan. Primatlar turkumining vakillari mezazoy erasining bo‘r davrida sut emizuvchilarning tuban vakillari bo‘lgan xasharotxo‘rlardan keyin kelib chiqqan.
Olimlarning fikricha, odamlar xozirgi davrda yashab turgan odamsimon maymunlardan kelib chiqqan, odam va xozirgi odamsimon maymunlar (orangutan, shimpanze, gorilla) o‘tmishda bir tarmoqdan paydo bo‘lib, turli yo‘nalishlarda taraqqiy etgan (sxema).
Dastlab Janubiy-Sharqiy Osiyoda maymunlar asta-sekin Yer yuzasining Avstraliyadan boshqa hamma teritoriyasiga tarqalgan. Daraxtlarda hayot kechirish, besh panja, oyoqlarning xarakatchan bo‘lishi, eshitish va ko‘rish organlar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilgan.
Primatlarning tarixiy uchlamchi. Odamsimon maymunlar tor burunli maymunlarning bir tarmog‘idan rivojlangan.
Qazilma xoldagi maymunlar. Eng qadimgi qazilma xoldagi (qirilib ketgan) maymunlar kaynazoy erasining oligotsen davridan ma’lum. Bu maymunlarning barchasi primatlarning eng sodda vakillari xisoblanadi. Bular parapiteklar, propliopiteklar va ramapiteklar hisoblanadi.
Parapiteklarning kattaligi mushukcha keladigan, tor burunli maymunlar bo‘lgan. Parapiteklar mezazoy erasida xasharotxo‘rlardan ajralib chiqqan o‘tkir tishli, panjalari, qanotlari, tuyoqlari bo‘lmagan, yerda va daraxtda yashashga, meva va xasharotlar bilan oziqlangan. Shajara daraxtlarining chala maymunlar, maymunlar va odamlar paydo bo‘lishiga olib kelgan shoxlari va shu xayvondan boshlangan. Shunday ekan, odam bilan odamsimon maymunlar yaqin qarindoshdir.
Yer sharida iqlim sovushi bilan o‘rmonlar o‘rnini dashtlar egallagan. Ana shunday sharoitda eng qadimgi odamsimon maymunlar mexnat qurollari yaratish, qo‘ldan mexnat qurollari sifati foydalanish, ikki oyoqlab yurish, yerda hayot kechirishga moslashish tomoniga borgan.
Гиббон Орангутан Горилла, Одам
Шимпанзе

Австрапитек


Рамапитек 18 млн. йил олдин

1-sxema. Odamsimon formalarining filogenezining ikki sxemasi (har-xil avtorlar bo‘yicha).


Yerda yangi muhitga moslashish uchun ular boshqa hayvonlar bilan qattiq kurash olib borishgan. Bu hayvonlarning tishlari va panjasi o‘tkir, tez yuguruvchi bo‘lgan. Maymunlar bunday xususiyatga ega emas edilar. Lekin ularning bosh miyasi katta edi. Ular daraxtda yashagan vaqtlaridayoq atrofni ancha yaxshi bilar, ovoz va sharpani sezar edi va ko‘rar edi. Qo‘llari narsalarni ushlar, changallar, otar, uya qurishar edi.
Irsiy o‘zgaruvchanlikning turli shakllari va foydali o‘zarishlari bo‘lgan individlarning tanlab borishi evolitsiyaning bu bosqichida katta rol o‘ynagan. To‘da bo‘lib yashash kuchli yirtqichlarga qarshi kurashda,naslga g‘amxo‘rlik qilishda,o‘z tajribalarini boshqalarga o‘rgatishga yordam bergan.
Uzoq ajdodlarimiz quruqlikda yashaydigan ikki oyoqli mavjudodlar sifatida juda uzoq vaqt davomida takomillashib borgan. Ko‘plab maymunlar yashash uchun kurashda qirilib ketgan. Tabiiy tanlanish jarayonida foydali irsiy o‘zgarishlar nasildan nasilga saqlanib borgan.
Grekcha para-yaqin, pitekos-maymun, ya’ni maymunga yaqin odam, forma degan ma’noni bildiradi.
2. Propliopiteklar bir muncha kattaroq hayvonlar bo‘lagan. To‘rt oyoqlab yurishdan bir oz tik yurishga o‘tgan va natijada oldingi oyoqlari (qo‘llari) xar-xil vazifalarni bajargan deb taxmin qilinadi. Bu maymunlar Yevropa, Osiyo, Afrikada keng tarqalgan. Propliopiteklardan keyin xozirgi davrda yashaydigan gibbonlar tarqalgan, deb taxmin qilinadi. Prapiteklar va propliopiteklarning suyak qoldiqlari, ostki jag‘ suyaklari 1911 yilda Misrdagi Fayum saxrosidan topilgan.
3. Propliopitek grekcha pro-dastlabki, plios-ko‘prik, pitekos-maymun so‘zlaridan olingan, ya’ni dastlabki va odamsimon maymunlar o‘rtasidagi oraliq (ko‘prik) forma degan ma’noni bildiradi. Propliopiteklarning pastki jag‘i 1837 yilda Fransiyada ham topilgan.
Miotsen davrida haqiqiy antropomorf maymunlar paydo bo‘lgan. Ular Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Bular tishlarining tuzilishi jixatidan zamonaviy odamsimon maymunlarga qaraganda odamga ko‘proq yaqin bo‘lgan formalar xisoblanadi. Chunki zamonaviy maymunlar bilan odamlarning ajdodlari shular xisoblanadi. Bular driopiteklar deb ataladi. Driopiteklar dastlab 1856 yilda Fransiyaning Sen-Godan degan joyidan topilgan. Uning yoshi 15-18 mln yilga tengdir. Bu topilmadan xabardor bo‘lgan Darvin uni omad va Afrika antropomorf maymunlari-gorilla va shimpanzening umumiy avlodi, deb atadi. Jag‘lari va tishlarining tuzilishi driopiteklarning odam bilan qon-qarindosh ekanligidan dalolat beradi. Bu jag‘lardagi tishlarda odam va antropeidlarga xos belgilar bor. Ularning pastki jag‘ tishlari odam tishlariga o‘xshaydi, oziq tishlari esa juda rivojlanganligi bilan antropomorf maymunlarga xosdir. Ular o‘z xayotini asosan daraxtlarda o‘tkazgan. Bo‘yi 150 sm, og‘irligi 50 kg, tanasi qora junli, peshonasi tor, miya quttisining xajmi 500 sm3 ga teng. Ular poda-poda bo‘lib yashagan.
1934 yilda Xindistondagi Sivalik tepaliklarining pliotsen yotqiziklarida qazilma antropoidlarning 3 ta yangi turi bramopitek, sugrivapitek va ramapitek topilgan edi.
Ramapitek driopitekka nisbatan ham odam ajdodiga ancha yaqin turadi. Uning yirtqich tishlari tish qatoridan ajralib chiqmagan. Ular 8-10 mln yil oldin yashagan. Avstralopiteklar Janubiy Afrikadan avtralopiteklarning topilishi odam filogenezini aniqlashda muxim o‘rin tutadi. Avstralopitek avtraliye-lotincha janubiy, pitekos gerkcha maymun degan ma’noni bildiradi. Ularni birinchi marta 1924 yilda R.Dard degan olim topgan. Keyinchalik 1935 yilda Janubiy Afrika teritoryasidagi g‘or va konlardan. R.Brum, I.Robinson va boshqalar avstralopiteklarni 5 turga oid 30 dan xilini topdilar. Shuning uchun ularning ba’zilari boshqacha nomlangan, ya’ni pleziantrop (grekcha para-yaqin, yondosh, antropos odam, ya’ni odamga yondosh) deb ataladi.
Avstrolopiteklarning suyak qoldiqlarini tekshirish ularni odamsimon maymun bo‘lganligidan dalolat beradi. Ular asosan ikki oyoqlab yurgan. Bo‘yi odamcha bo‘lgan, ko‘z chuqurchasining joylashishi, tishining tuzilishi, quloq va uning atrofini tuzilishi xozirgi zamon odamsimon maymunlarnikiga nisbatan odamga ko‘proq o‘xshaydi. Ular bunday 800 000-1 000 000 yil oldin Afrikaning janubida yashagan. Ularning bosh miyasining hajmi 520 sm bo‘lgan.
Avstralopiteklar ikki oyoqlab tik yurgan. Ular o‘simliklar bilan oziqlangan, lekin ular go‘shtli ovqat ham istemol qilgan, ya’ni ular hayvonlarni, jumladan pavian larni ovlagan. Shularning dalili sifatida g‘orlardan avstralopiteklar bilan pavianlarning suyak qoldiqlar topilgan.
Agar eng yuqori darajada tuzilgan qazilma odamsimon maymunlar driopiteklar, ramapiteklar, avstralopiteklarning jismoniy tuzilishi bilan hozirgi odamning jismoniy tuzilishi solishtirilsa, ular o‘rtasida juda katta faqr borligini ko‘rish mumkin. Bu farqlar hozirgi odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qazilma odamsimon maymunlardan kelib chiqqan deb aytishga yo‘l qo‘ymaydi. Hozirgi odamlar bilan qazilma odamsimon maymunlar o‘rtasida oraliq formalar o‘tgan bo‘lishi kerak, degan xulosaga olib keladi.
So‘ngi yillarda aniqlanishicha, bir vaqtning o‘zida avstralopiteklarning bir necha turlari yashagan. Ular gavdasining hajmi, tishlarini tuzilishi (o‘txo‘r, hammaxo‘r) bilan farq qiladi. Shulardan odam avlodiga (nomo) yaqin va uning ajdodi deb ataladigani-afar avstralopiteklar hisoblanadi. Uning qoldiqlari Efiopiyadan topilgan bo‘lib, 3,5 mln yil oldin yashagan. M: Sharqiy Osiyoda 300-400 mln. yil oldin yashagan megantroplar shular jumlasidandir. Umuman astralopiteklar juda ko‘p belgilari bilan odamsimon maymunlarga nisbatdan odamga yaqinroq turadi. Bu o‘xshashlik tish va yurish organlarida nerv sistemasiga nisbatan ko‘proq namoyon bo‘lgan. Ular primitiv tosh qurollardan foydalangan, erkin quli bo‘lgan.
So‘ngi yillarda qilingan kashfiyotlar avstralopiteklar va yuksak darajada tuzilgan maymunlarning morfologik jixatdan ularga yaqin turlari Janubiy Afrika va Osiyoda keng tarqalganligini ko‘rsatadi.
Ana shunday topilmalarning umumiy soni ayni vaqtda 350 dan oshib ketganligini aloxida ta’kidlash lozim.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish