Keng burunli maymunlar. Markaziy va Janubiy Amerakadagi o‘rmon daraxtlari ustida yashaydi. Ularning burunlari orasidaga to‘siqlar keng bo‘lib, shuning uchun burun teshshiklari yon tomonga qaragan. Ularning dumlari uzun bo‘lib, ko‘pincha changallash organi vazifasini bajaradi. Har bir jag‘ida 18 ta dan tishi bor. Bularga urgichakimon maymun, qora baqiroq maymun, uynoki maymun, koata, va boshqa maymunlar kiradi.
Tor burunli maymunlar. Bu kenja turkum vakillari Afrika va Janubiy Osiyoda uchraydi, qazilma holda Yevropadan topilgan. Ularning burnidagi to‘sik qisqa bo‘lib, nomi shundan olingan. Dumi uzun bo‘ladi lekin changallash vazifasini bajarmaydi. Bazi formalarida dum qisqargan. Har bir jag‘ida 16 tadan tishi bor. Bu kenja turkum 4 ta oilani: Martishkasimon maymunlar, gebbonlar, odamsimon maymunlar va odamlar oilalarini o‘z ichiga oladi.
1. Martishkasimon maymunlar yoki martishkalar. Bu oila vakillari Afrika va janubiy-sharqiy Osiyoda hayot kechiradi. Bu maymunlarning bosh miyasi bir muncha kichik, kuymich qadoqlari yaxshi rivojlangan, dumi uzun. Ularning ko‘pchiligi o‘rmonda yashaydi. Bu oilaga kiruvchilardan makakalar mevalar bilan, paviant, mandrillar, asil martishkalar tog‘ qiyalarida yashab xasharotlar, mayda yirtqich hayvonlar bilan oziqlanadilar.
2. Gibbonlar oilasining vakillari Xindi-Xitoyda, Malayya arxipelagi orollarida tarqalgandir, ular daraxtlarda yashaydi. Oldingi oyoqlari uzun bo‘lishi ular uchun xosdir. Ba’zan yerda yarim vertikal holda yuradi. Dumi va lunj xaltasi yo‘q. Kuymich qadoqlari sust rivojlangan.
Umurtqa pog‘onasining S-simon burilmasi yo‘q. Oldingi oyoqlari bilan daraxtdan-daraxtga sakrab o‘tadi. Ularning bosh yarim sharlari yirik, odamsimon maymunlarnikiga yaqinlashadi. Bularning daraxtlarning mevalari bilan oziqlanadigan bir necha turlari bor.
3. Odamsimon maymunlar oilasining vakillarini jussasi katta, miyasi murakkab tuzilgan, dumi lundi, kuymich qadog‘i yo‘q. Ularning oldingi oyoqlari uzun bo‘lib, kaddini rostlaganida tizzasidan pastga tushib turadi. Tik yurganda barmoqlarini orqa tomoni bilan yerga tayanib yuradi. Xozir odamsimon maymunlar oilasining 3 ta avlodi bor:
1. Orangutanlar avlodining xozirgi vaqtda faqat bitta turi saqlanib qolgan. Malayyada yashovchi xalqlar odamsimon maymunlardan – orangutanlarni “urmon odamlari” (orangutan-urmon odami) deb atashadi Kizish-malla rangli kalin jun bilan qopgangan, bo‘yi 150 sm, og‘irligi 100-200 kg, kallasi yirik, quloqlari qisqa, kichik. Bosh miya hajmi 350-500 sm. Bu maymunlar faqat Borneo va Sumatro orollaridagi botqoqli o‘rmonlardagi daraxtlarda yashaydi, yerda kam yuradi, meva, barg va novdalar bilan oziqlanadi. Bolalarini daraxtga qurgan uyasida tug‘adi.
2. Shimpanze avlodining vakillari Afrikaning turopik o‘rmonlarida yashaydi. Jussasi kichiroq, bo‘yi 140-150 sm, rangi qora. Yuzi yalang‘och, quloqlari kattaroq bo‘lib, odam quloqlariga o‘xshaydi. Oldingi oyoqlari qisqa, orqa oyoqlari uzun bo‘ladi. To‘da-to‘da bo‘lib yashaydi, o‘yinni yaxshi ko‘radi, o‘ynaganda chapak chalib, tayoqlar bilan taqillatadi. Voyaga yetganla kichikroq poda tuziladi. Unda poda yo‘lboshchisi, bir necha urg‘ochi va bolalari bo‘ladi. O‘simliklar, mayda kemiruvchilar, sichqonlar bilan oziqlanadi. Bosh miya hajmi 350-550 sm. Shimpanzening 3 turi bor.
3. Gorillalar avlodining vakillari odamsimon maymunlarning eng yirigi bo‘lib, bo‘yi 2 m gacha keladi, og‘irligi 200 kg. Gorillalarning 1 turi bo‘lib, u 2 ta kenja turga bo‘linadi. Ekvatorial Afrika-Gvineya ko‘rfazidan ichkari tomondagi o‘rmonlarda yashaydi. Rangi qora. Qirg‘oq yoki past-tekisligik gorillasi Afrikaning g‘arbiy ekvator, tog‘ gorillasi esa Kivu ko‘lining sharqi-shimolidagi tog‘larda hayot kechiradi. Gorillalar u yerlarda juda siyrak tarqalgan. Ular 4 oyog‘i bilan yurishadi. 1 kunlik uya qurib bolalarini yotqizadi, o‘zi esa daraxt suyanib, mudrab kechani o‘tkazadi. Mevalar va ildiz mevalar bilan oziqlanadi, asosan yerda yuradi.
4. Odamlar oilasi xozir yashab turgan bitta turni-odamni o‘z ichiga oladi. Odam tuzilishi, rivojlanishi, fiziologiyasi bilan odamsimon maymunlarga boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaqindir. Ayniqsa shimpanze odamga juda o‘xshash.
Odam bilan odamsimon maymunlar o‘rtasidagi o‘xshashliklar quyidagilardan iborat.
1. Odam va odamsimon maymunlar gavdasining katta-kichikligi, qiyofasi bilan o‘xshaydi.
2. Xar ikkalasining qo‘l va ayoqlari bir xil suyak va muskullardan tuzilgan.
3. Ularda skelet, muskullar, qon aylanish, narv sistemasi va ichki organlarning tuzilishi xam juda o‘xshaydir.
4. Xar ikkalasining oyoq (qo‘l) barmoqlarida tirnoqlar bor va ular narsalarni ushlashga moslashgan.
5. Orqa oyoq yurishga moslashgan. Oldingisi esa ko‘proq narsalarni ushlashga moslashgan.
6. Tishlar kurak, qoziq, katta va kichik jag‘ tishlariga bo‘linadi va tishlar ikkalasiga xam bir-biriga mos keladi.
7. Xar ikkalasida xam yuz, kaft va oyoq tagida jun yo‘q.
8. Gorilla va shimpanzening spermatozoidi odamnikiga o‘xshaydi.
9. Bosh miya yarim sharlar, egatchalari va burmachalari xam bir-birinikiga o‘xshaydi. Odamsimon maymunlarning bosh miyasi yaxshi rivojlanganligi sababli ular odiy qurollardan foydalana oladi. N.P.Pavlov va uning shogirdlari odamsimon maymunlar bir yog‘ochni ikkinchisiga ulab, mevani tushirib yeganligi, o‘tni o‘chirishi, yashiklarni taxlab olishni bilishini tajribada isbotlanganlar. Odamsimon maymunlar choy, kofe ichishga tez o‘rganadi.
10. Ularning qoni bir-biriga o‘xshaydi. Shimpanze qnini odamga va aksincha qo‘yish mumkinligi isbotlangan.
11. Odamsimon maymunlar odamlar kabi terlama, sil, dizenteriya, bezgak, gripp kabi kasalliklar bilan kasalanadi.
12. Odamsimon maymunlarda tuyg‘ularning ifodalanishi, ya’ni ularning shodlanishi, yig‘lashi ko‘p jixatdan odamnikiga o‘xshaydi.
13. Odamlardagi qarilik-soch to‘kilishi, tish va boshqalar odamsimon maymunlarda xam uchraydi.
14. Odamlar va odamsimon maymunlarda xam bir xil embrionlik taraqqiyot muddatlari kuzatiladi.
Yuqorida qayd etilgan barcha belgilar odamlar va odamsimon maymunlarning ajdodlari qon-qarindosh ekanligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |