Abdualimova Bibixonim
Sintaksis. So’z birikmasi -kesim.
(Hurmatli o'quvchilarim, bor kuch bilan harakat
qiling, zaxiradagi kuchni ham ishlatilgan,
shunda talaba bo’lasiz , INSHAALLOH. )
1. Darak gap haqidagi quyidagi qaysi hukmlar
to'g'ri?
1)darak gap kesimi aniqlik maylidagi fe'llardan
tashkil topadi;
2) gap bo'laklari me'yoriy tartibda joylashgan
bo'ladi;
3)darak ohangi gap oxiriga qarab kuchayib boradi;
4) yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo'lgan
voqea-hodisani tasdiq yoki inkor yo'li bilan
ifodalaydi.
A)2, 4 B1,2, 4 C)2,3, 4 D) 1,2, 3, 4
2.Qani endi dunyoda vafo bo'lsa, har kirn tilagiga
yetsa. Berilgan gap gapning ifoda maqsadiga ko'ra
qaysi turiga mansub?
A)darak gap B)istak gap C)buyruq gap D)qo'shma
gap
3. Hech kimdan kam emassan, kam bo'lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo'lib kulmagaysan, Qachon
belni mahkam tortib bog'lagaysan ?Aytgil, do'stim,
nima qildik Vatan uchun? Ushbu she'riy parchada
gapning ifoda maqsadiga ko'ra qaysi turlari
ishtirok etgan?
1)darak gap; 2) so'roq gap; 3)buyruq gap; 4)istak
gap; 5)qo'shma gap.
A)1,2, 5 B) 1,2,3 C)1,2,3,5 D)1,2, 4, 5
4. So'roq gaplar haqidagi barcha to'g'ri fikrlar
ko'rsatilgan javobni belgilang.
1) so'roq gap orqali darak gap ma'nosini ifodalash
mumkin; 2) so'roq yuklamalari orqali yasalgan
so'roq gaplar o'ziga muvofiq aniq javobni talab
qiladi; 3)so'roq gap orqali buyruq ma'nosini
ifodalash mumkin; 4) so'roq gapga his-hayajon
ma'nosi qo'shilib, uni undov gapga aylantirishi
mumkin; 5) so'roq olmoshlari orqali yasalgan
so'roq gaplar ?ha? yoki ?yo'q? javobini talab qiladi;
6)so'roq gaplar so'roq olmoshlari, so'roq
yuklamalari, so'roq ohangi yordamida hosil
qilinadi.
A)1,2, 3,4 B)1,2, 3,6 C)1,3,4,5 D)1,3,4,6
5. Kelgusi avlod zakovati va shijoatiga
ishonmagan jamiyatning ichi mo'rtdir.
Ushbu gapda grammatik bog'lanish nechta?
A) 9 ta B) 8 ta C) 10 ta D)7 ta
6. Kishi moliga o'ch podsholarni ko'p ko'rgan
Binoiy yosh Boburning bunchalik halolligidan
qattiq ta'sirlandi.
Ushbu gapda ot so'z turkumi necha o'rinda ot
so'z turkumiga bog'lanib kelgan?
A)
2 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 3 ta
7. Buyruq gap haqidagi to'g'ri fikr ko'rsatilgan
javobni belgilang.
1) buyruq gapning kesimi buyruq maylidagi fe'l
bilan ifodalanadi;
2) buyruq gapning kesimi ba'zan tushib qolishi
mumkin;
3)buyruq gapning kesimi odatda gap boshida
keladi;
4)buyruq gapning kesimi majhui nisbat III shaxs
buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalanishi mumkin;
5)ba'zan III shaxs buyruq maylidagi fe'l bilan
ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma'nosida
qo'llanadi;
6)buyruq gapda buyruqni kuchaytirish, do'q-
po'pisa ma'nosi ifodalanganda kesim gap oxirida
keladi.
A)1,2,3,4 B)1,2,4,5 C)1,3,4,5,6 D)1,2, 3 ,4,5, 6
8. Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari
o'zining ilk mevasini berdi. Ushbu gapda nechta
bitishuvli so'z birikmasi mavjud?
A)3ta B)2ta C)5ta D) 4ta
9.Do'stlikni e'zozlashning zarur shartlaridan biri
do'stlar bilan uchrashib turishdir. Turli katta-kichik
marosimlar: bayramlar, tug'ilgan kunlar, to'ylar
bilan bir qatorda, do'stona yig'inlar ham bu
munosabatlarni mustahkamlaydigan vositadir.
Berilgan parchada ham tobe, ham hokim qism
yasama so'zdan iborat so'z birikmalari qanday
munosabatda?
A)boshqaruv, moslashuv B)bitishuv, moslashuv
C) boshqaruv, bitishuv
D)bitishuv , boshqaruv, moslashuv
10.Otamday fozi bo'l, onamday sevgin, Men ham
senikiman, o'ksik qizingman. Bag'ringda ming
yillik toshlar to'sig'in, Yorib chiqayotgan bir
ildizingman! Keltirilgan she'riy parchadagi so'z
birikmalarining bog'lanish usuliga ko'ra turlarini
toping.
A)boshqaruv, moslashuv B)bitishuv, moslashuv
C)bitishuv, boshqaruv, moslashuv D)bitishuv,
boshqaruv
11. To'g'ri hukmni aniqlang.
1) hokim so'z tobe so'zni aniqlab, to'ldirib, izohlab
keladi; 2) kelishik, egalik, shaxs-son
qo'shimchalari hamda ko'makchilar, ohang ham
so'z birikmalari tarkibida so'zlarni bir-biriga
bog'lashga xizmat qiladi; 3) so'z birikmasida har bir
so'z ma'no mustaqilligini, alohida-alohida
narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi;
4)so'z qo'shilmasi ikki va undan ortiq so'zdan iborat
bo'lishiga qaramay bir tushunchani ifodalaydi; 5)
gapning fikriy mundarijasi fe'l kesimning zamon va
shaxs-son ma'nolari bilan bog'liq bo'ladi; 6) undov
gap so'roq gapdan hosil bo'lgan bo'lsa, oldin
undov, kevin so'roq belgisi qo'yiladi; 7) ega bilan
kesimni bog'lashga xizmat qiluvchi so'zlarga
bog'lama deyiladi, 8) murakkab kesim kengaygan
birikma va iboralar bilan ifodalanishi mumkin.
A)1,3,4,6,7 B)7,8 C)2,5,6,8 D) barcha javoblar
to'g'ri.
12. Tobe va hokim qismi yasama so'z bilan
ifodalangan bitishuvli so'z birikmalarini belgilang.
1)bepoyon paxtazor 2) g'oliblik uchun kurashish; 3)
chiroyli gapirmoq 4) beqiyos o'lka; 5) yozgi kiyim,
6) birga ishlamoq; 7)o'tloq ko'm-ko'k.
A) 2,4,5 B)1,3,5,6,7 C) 1,3,5 D)2,4,6,7
13.(1) U etagini silkitsa, kulgi to'kilardi.( 2) U
kirgan xonadonda bir hovli kulgi qofardi. (3) U har
bir xonadonning ko'pdan kutgan aziz mehmoni edi.
(4) Qayerga borsa, o'sha yerda atrofini yosh-u qari
o'rab olardi. (5) Donolar davrasida dono edi. (6)
Bedilni, Hofizni, Jomiyni qiziqib o'qirdi. (7)
Ozarbayjon, tojik, turkman, uyg'ur, qozoq, tatar ,
qirg'iz tillarida bemalol gaplasha olardi. (8) U
hozirjavob odam edi. Berilgan matndagi qaysi
gaplarda bitishuvli so'z birikma(lar)i mavjud?
A) 2,3,6,7,8 B) 1,2,6,7 C) 1,4, 5,8 D)2,4,5,7
14.Bolalar quvonchli xabarni mahalladoshlariga
yetkazish uchun yugurishib Usmonlarning uyi
tomon jo'nashdi. Ushbu gapda nechta holli so'z
birikmasi tarkibida omonimlik xususiyatiga ega
bo'lgan morfema qatnashgan?
A) 3ta B)2ta C)4 ta D) 1 ta
15. Shaharda zamonaviy baland imorat qurish avj
olgan.
Ushbu gap haqida to'g'ri fikrlar nechta?
(1) qator undoshli so'z boshqa so'zga bosqaruv
usulida ergashgan so'zga tobelangan 2) gapdagi
yasama so'z egaga bitishuv usulida bog'langan 3)
tobe qismi hol bo'lib kelgan fe'lli so'z birikmasi
qatnashgan; 4) yasama so'z bilan ifodalangan tobe
so'z hokim qismga bitishuv usulida bog'langan
A)4ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta
16.Uyga kirishi bilan gapirayotganlar birdan
to'xtab qolishdi.
Ushbu gapdagi so'z birikmalari haqida berilgan
nechta hukm to'g'ri emas?
1) 4 ta holli so'z birikmasi qatnashgan;
2) 4 ta fe'lli so'z birikmasi qatnashgan,
3 )2 ta so'z birikmasining ham tobe, ham hokim
qismlari fe'l bilan ifodalangan;
4) Ushbu gapda otli so'z birikmasi qatnashmagan.
A) 3ta B)2ta C) 4 ta D)1ta
17.Men seni esladim entikib ,- yonib.
Men seni izladim baridan tonib ...
Ushbu she'riy parchada fe'lli so'z birikmalarining
soni nechta?
A)5 B)6 C) 3 D) 4
18.Bola o'z hayotida xotirada qo)adigan hech nima
ko'rmadi. ? Ushbu gapda nechta otli so'z birikmasi
bor?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D)4ta
19. Bu boromqovoq qiz xushfe'l tabiati bilan
kattayu kichikning olqishiga sazovor boldi.
Ushbu parchada nechta so'z ham hokim, ham tobe
qism vazifasini bajara oladi?
A) 3 ta B)4 ta C) 5 ta D) 6 ta
20. Tarkibida fe'Idan yasalgan so'zning turlangan
so'zga tobe bo'lib kelishi kuzatiladigan gapni
aniqlang.
A)Donishmandlar yalqovlik muhtojlik eshigi
ekanligini uqtirganlar.
B)Tog' etaklari hali ham ko'm-ko'k bo'lib, turli
go'zalliklar bilan: sariq va qizg'ish tusdagi
boychechaklar, chuchmomalar, qoshlariga qop-
qora o'sma qo'ygan lolalar bilan yasangan edi.
C)Bugungi kunda milliy g'urur tuyg'usi haqida ko'p
gapiriladi.
D)Karvondagi dunyo kezgan savdogarlarning
vazmin,maroqli gurunglari yo'l tanobini tortar,
huvullagan, fayzsiz cho'Ining o'lik manzarasiga bir
qadar jonlanish bag'ishlagandek bo'lar edi.
21. Bu bog'da qushlarning chug'ur-chug'uri
eshitilmasdi.
Ushbu gapda nechta so'z tobe bo'lak vazifasini
bajara olmaydi?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) I ta
22. Quyidagi gapda nechta tobe bog'lanish mavjud.
Ishlarni qanday taqsimlash faqat sizning
didingizga aqlingizga bog'liq.
A ) 8ta B)7ta C)5ta D)6 ta
23.1 U o'z vataniga muhabbatni va yurt-taqdiri
haqida yozilgan fikrlarni, falsafiy-badiiy
mushohadalarni she'riy satrlarda ushbu to'plamga
jamlagan.
Ushbu gapdagi moslashuv usuli bilan bog'langan
tobe bog'lanishlar sonini toping.
A) I ta B)5ta C) 3ta D) 2 ta
24. Qaysi gapda barcha gap bo'laklari kesimga
bevosita (to'g'ridan to'g'ri) bog'langan?
A)Birozda song Shirinoy daladan qayfib keldi.
B) Shaharda baland bmolar qurish avj olgan.
C)Bu binoda > va <
bo'limlarini ochish kerak.
D)Oysha opa o'sha xatni oxirigacha o'qiy olmadi,
chunki hovli eshigini kimdir taqillatdi.
25. Qaysi javobda fe'Ining vazifa shakllari faqat
hang jihatdan hokim so'zga tobelanib bog'langan
so'z birikmalar to'g'ri ko'rsatilgan?
1) faxrlamb gapirish; 2) tez yugurish; 3) ibratli
tashabbus;, 4) haydalgan yer; 5) yeyishli olma; 6)
oqar daryo 7)o'ylab gapirmoq.
A) 1,4, 6, 7 B)1,4,5,6,7 C)2,4,7 D)1,2, 7
26. Teng bog'lanish qismlarini bog'lovchi
vositalarni aniqlang.
1) biriktiruv bog'lovchilari; 2)zidlov bog'lovchilari;
3) bog'lovchi vazifasidagi inkor yuklamasi; 4)
bog'lovchi vazifasidagi kuchaytiruv va ta'kid
yuklamasi; 5) sabab bog'lovchilari; 6)ayiruv
bog'lovchilari.
A)1,2,3,4,5,6 B)1,2,4,6 C) 1,2,3,4,6
D)1, 3,4,6
27. Qaysi gapda teng bog'langan so'zlar faqat
sanash ohangi yordamida birikkan?
A)Dunyoni taqdir va nayrang boshqaradi.
B) Bugun ma'naviyat, mafkura davlat siyosati
darajasiga ko'tarildi.
C)Ahmoqlar hamda tentaklarga butun dunyo o'z
tentakliklari nurida ko'rinadi.
D) Insonning qalbi va aqlida xuddi nutqidagi kabi
u tug'ilib o'sgan yurtning muhri bo'ladi.
28. Quyida berilgan misralardagi boshqaruvli
bog'lanishlar miqdorini aniqlang.
Ko'zlarim hali harf tanimas edi, Qalam
ushlolmasdi hali qo'llarim. Kapalak izidan quvib
tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari.
A)4ta B)3ta C)2 ta D) 5 ta
29. Bahor osmonida chaqnasa chaqin, Ko'ksingdan
otilar olovli nafas. Berilgan she'riy parchadagi
so'zlar nechta tobe bog'lanishni hosil qiladi?
A )6ta B)8 ta C)7 ta D)5 ta
30.Kumush qishdan, zumrad bahorsan
qolishmaydi kuzning ziynati.
Ushbu sodda gapda ishtirok etgan so'zlarning
o'zaro grammatik bog'lanishi bo'yicha tahlili to'g'ri
ko'rsatilgan qatorni toping.
A)gapda bitta teng bog'lanish, bitta moslashuvli,
uchta bitishuvli, ikkita boshqaruvli tobe bog'lanish
mavjud
B)gapda bitta teng bog'lanish, ikkita moslashuvli,
ikkita bitishuvli, ikkita boshqaruvli tobe bog'lanish
mavjud C) gapda bitta teng bog'lanish, bitta
moshlashuvli, ikkita bitishuvli, ikkita boshqaruvli
tobe bo'glanish mavjud
D)gapda bitta moslashuvli, ikkita bitishuvli, ikkita
boshqaruvli tobe bog'lanish mavjud
31.Xalil ota halol va mehnatsevar kishiga xos izzat-
obro'sini va qadr-qimmmatini chuqur tushuntirdi.
Ushbu gap qaysi javobda gap qurilishi bo'yicha
to'g'ri tahlil qilingan?
A)darak gap, his-hayajonsiz gap, sodda yoyiq gap,
to'liq gap, egali gap
B)darak gap, uyushiq bo'lak ishtirok etgan,
undalma yo'q, sodda yoyiq gap
C)darak gap, sodda yoyiq gap, egali gap, gap
bo'laklarining joylashuvi me'yoriy
D) darak gap, tobe va teng bog'lanishli, egali gap,
gap bo'laklari me'yoriy joylashgan
32. Bulutlar haydar shamol, Goh yo'g' ib o'tar
yomg'ir.
Barglar pokiza, zilol, Goh quyosh to'kadi nur.
She'riy parchadagi nechta gapda gap bo'laklari
tartibi almashgan?
A)
4 ta B)1 ta C) 2 ta D)3 ta
33. Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz.
Bu Vatan bizning qadimiy tuprog'imizdir. Asrlar
qa'ridan kelayotgan munavvar tonglarga ko'krak
ochgan o'zimizning diyorimizdir. Biz uni sevamiz
, ardoqlaymiz.
Ushbu parchada ikkita munosabat shakliga ega
bolgan kesimlar necha o'rinda qatnashgan?
A)6 B)5 C)3 D) 4
34. Kesimi shaklan 3-shaxs, mazmunan 1-shaxsga
tegishli bo'Igan gap (- lar)ni aniqlang.
A)Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
B)Kamina bu masala xususida huzuringizga
bormoqchi edilar.
C)Onang o'lsin, Bolam, seni bu yerga yolg'iz
yubormay.
D) B va C javoblar to'g'ri.
35.Qaysi qatorda ravishdosh gapning markazin
ifodalab kelmagan?
A) To'satdan onamning jahli chiab ketdi.
B)Razm solsangiz, bu rastada ko'p narsani ko'ra
olasiz.
C) Sen yig'lasang, men ham yig'lab yuboraman.
D) Mehmonlar hamma bilan quchoqlashib
ko'rishdilar.
36. Yer uzra qo'ndi oqshom, oy shu'lasi bir mayin.
Kel, oppog'im, kel, erkam, men seni allalayin.
Dudog'ing guldan xushbo'y, yuzlaring undan
xushro'y.
Kel, oppog'im, bag'rimga boshginangni qo'y. (S.
Zunnunova)
Ushbu she’riy parchadagi ot kesimlarning
nechtasi sifat turkumiga mansub so'zlar bilan
ifodalangan?
A)5 B)4 C 3 D) 6
37. Gulxan yoqdi. Mazkur gapning kesimi majhul
nisbatdagi fe'lga aylantirilganda ushbu gapda
bo'ladigan grammatik o'zgarishlar xato
ko'rsatilgan javobni aniqlang.
1) zamon ma'nosi o'zgaradi;. 2) to'ldiruvchi egaga
aylanadi; 3)o'timli fe'l o'timsizga aylanadi;
4)so'zlovchining fe'ldan anglashilgan harakatga
munosabati o'zgaradi.
A)1,3 B)2,4 C)2,3 D 1,4
38. Agar sen go'daklik zamoningda onang sen bilan
qanday hayot kechirganini, o'zingning esa osmon
bilan yerning farqini bilmaydigan bir chaqaloq
bo'lganingni bilishni istasang , atrofingdagi
onalarga qara, ularning qo'llaridagi chaqaloqlarga
nazar sol, shunda sen o'z go'dakligingni yorqin
tasavvur qilasan va o'zing bundan xulosa chiqarib
olasan.
Ushbu murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda
gaplarning kesimlarida fe'lning munosabat shakli
orqali ifodalangan qaysi grammatik ma'nolar
barcha kesimlarda bir xil?
A)zamon va shaxs-son ma'nosi
B)mayl va shaxs-son ma'nosi
C)mayl, shaxs-son va zamon ma'nosi
D)zamon va mayl ma'nosi
39.Qaysi gapda jarangli til undoshlaridan iborat
yasama so'z fe'l kesim vazifasida qo'llangan?
A)Mevalarni saralayotganda chiriklarini alohida
ajratib oling.
B) Onangning har bir aytgan gapi qulog'im ostida
jaranglaydi.
C)Qo'rqoq oldin musht ko'tarar.
D)Elakka chiqqan xotinning ellik og'iz gapi bor.
40.Bu qasidam senga xalqim, Oq sut-u tuz hurmati
Erkin o'g'lingman ,qabul et, O'zbegim, jon
o'zbegim.
Ushbu parchadagi kesimlar sonini toping.
A)5 ta B)3ta C)4ta D)2ta
Do'stlaringiz bilan baham: |