Evolyutsiya nazariyasi


Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar



Download 10,57 Mb.
bet21/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar

  1. Qadimgi Misrda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi

  2. Qadimgi Hindistonda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi

  3. Qadimgi Xitoyda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi

  4. Qadimgi Rimda tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi

  5. Qadimgi Gretsiyada tabiat haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi

  6. Arestotel asarlari va tabiat haqidagi tasavvurlari

  7. Demokrit asarlari va tabiat haqidagi tasavvurlari

  8. Tabiatni o‘rganishda metafizika davri haqida

  9. Beruniy asarlari va tabiat haqidagi tasavvurlari

  10. Ibn Sino asarlari va tabiat haqidagi tasavvurlari



5-mavzu. “UYG‘ONISH” DAVRIDAN BOSHLAB TABIAT FANLARI TARAQQIYOTI


Tayanch so‘zlar: uyg‘onish davri, K. Linneying sistemasi va dunyoqarashi, Linney dunyoqarashi, Epigenez va preformizm oqimlari, trasformizm g‘oyalarini paydo bo‘lishi, XVIII asr fransuz filosof materialislarining evolyutsion qarashlari, J. Kyuvyening solishtirma anatomiya va paleoitologiyadagi ishlari, Sent-Iler qarashlari, Sent-Iler bilan Kyuvye o‘rtasidagi munozara.

F. Engls “tabiat dialektikasi” nomli asarida o‘z solnomasini XV-asrdan boshlab “uyg‘onish” davri deb nomlangan davrdan tabiatni o‘rganish boshlanganligi va bu jarayon davom etayotganligini yozadi. Bu davrSavdo aloqalarini rivojlanishini taqazo eta boshladi. Ko‘plab boyliklarga ega bo‘lgan Hindiston e’tiborni o‘ziga ayniqsa ko‘proq jalb etdi.


XV-asrda Afanasiy Nikitin quruqlik orqali, Vasko da Gama dengiz yo‘li orqali Hindistonga birinchi marta borganlar. Ulardan ancha olidan O‘rta Osiyo olimlari Beruniy, Nosir Xisrav, keyinchalik Zahiriddin Bobur, Muhammad Xaydar Mirza Afg‘oniston orqali Hindistonga borganlar. Abdurazzoq Samarqandiy esa Hind okeani orqali Hindistonga borgan.
Xristofor Kolumb 1492-94 yillarda Amerika, Kuba Poerto-Riko, Yamaykani kashf etdi va Beruniyning yer sharining g‘arbiy pallasida katta quruqlik bor degan gipotezasining to‘g‘riligini isbotladi.
Amerigo Vespuchchi 1501 yilda Janubiy Amerikani tekshirdi. 1519-1522 yillarda Fernan Magellan yer sharini birinchi marta aylanib chiqdi. 1770-1771 yillarda ingliz olimi Djeyms Kuk Avstraliyani kashf etdi. Shu tariqa dunyoning hozirgi zamon kartasi yaratildi.
XV-XVIII asrlarda geografiya, fizika, matematika,astronomiya, kartografiya fanlar rivojlandi. Polyak olimi Nikolay Kopernik yer o‘z o‘qi atrofida va boshqa planetalar atrofidan aylanib turishini isbotladi va geliotsentrik nazariyasiga asos soldi. Rim papasi Kopernik nazariyasini dinga qarshi deb, bu nazariyaga ishonuvchilarni quvg‘in ostiga olishini aytdi.
Shunga qaramay Italiya olimi Jordano Bruno (1548-1600) Kopernik ta’limotini rivojlantirib, koinot bir necha sistemadan iboratligini aytdi. Ana shu fikrlar uchun inkvizitsiya sudi tomonidan Bruno gulxanda yoqib yuborildi, o‘ldirildi.
XVII-asrda mikroskopning kashf etilish juda ko‘plab ko‘zga ko‘rinmas jonzotlarni o‘rganishga, ayrim noto‘g‘ri fikrlarni isbotlashga imkon berdi. Bu biologiya fanlari sohasidagi juda katta yutuq edi.
F. Engels uyg‘onish davridagi tabiat xaqidagi fikrlarni xarakterlab “...bu davr uchun xarakterli bo‘lgan narsa tabiatni o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi tasavvurlardan iborat. Bu qarashlariga ko‘ra tabiat qanday yaratilgan bo‘lsa, shundayligicha o‘zgarmasdan qoladi” deb yozgan edi.
Uyg‘onish davrida yirik shaharlarda botanika bog‘lari, gulzorlar, dorivor o‘simliklar, ekinzorlar tashkil etila boshlandi. Bu to‘plagan materiallarni ma’lum bir sistemaga olish zarurati paydo bo‘ldi.
O‘simlik va hayvonlar qaysi mamlakatda tekshirilsa o‘sha mamlakatlarda har xil nomlanar edi. O‘simliklar ilmiy sistemasini yaratish xaqidagi dastlabki fikrlarni Andrey Sezalpin 1583 yilda aytgan edi. Bunda u o‘simlik urug‘i va mevasining tuzilishini asos qilib oldi. U barcha o‘simliklarni gulli va gulsiz o‘simliklarga ajratdi.
Gulli o‘simliklarni 15 ta sinfga, gulsizlarni esa 16 sinfga bo‘ldi.
Ingliz olimi Djon Rey (1623-1705) asarlarida 1693 yilda birinchi marta tur tushunchasini qo‘lladi. U avlodni aniq ta’riflamagan. Turni J.Rey “bir-biridan farq qiladigan o‘ziga xos tabiatini saqlab qolib, birortasi ham boshqasini urug‘idan kelib chiqmaydigan forma” deb ta’rifladi. Bu ta’rifda tur o‘zgarmaydi, deyilgan bo‘lsa-da, u o‘z asarlarining boshqa joyida tur o‘zgaradi, deb yozgan edi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish