“Erkin pul oqimlari va ularni prognozlashtirish”- mavzusi bo’yicha amaliyot darsi topshiriqlari
I-topshiriq.
Erkin pul oqimlarining iqtisodiy mohiyati tushuntiring.
Pul oqimlari xo’jalik yurituvchi subyektning sof aktivlaridagi o’zgarishlarni, ularning moliyaviy strukturasi ya’ni likvidlik va to’lov qobiliyatini o’zgarayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga moslashish maqsadida o’zining pul oqimlari summasi va muddatlarga ta’sir ko’rsata olish qobiliyatini baholaydi
Erkin pul oqimlari hisoblash (FCFF) tartibi qanday?
Erkin pul oqimlari = foiz yoki soliqlardan avvalgi daromadlardagi o’zgarish (EIBT)
- soliqlardagi o’zgarishlar
+ amortizatsiyadagi o’zgarishlar
- sof ishchi kapitalidagi o’zgarishlar
- sof kapital xarajatlardagi o’zgarishlar
EBITdagi o’zgarishlarni aniqlash uchun soliqlar, amortizatsiya va kapital xarajatlar, sotishimiz mumkin bo’lgan birliklarni aniqlash, qanday xarajatlar-doimiy va o’zgarmas xarajatlar-bo’lishi mumkin va talab etilgan investitsiya qancha bo’lishi kerak degan masalalar o’rganiladi. Biz ulardan kompaniyaning pul oqimlarini hisoblashda qo’llaniladigan ma’lumot bilan ta’minlaydigan hisobot tuzib olamiz. Shunga qaramay, yodda tutishimiz zarurki, kapital budjetlashtirish qarorimiz agar xarajatlar va kelajakdagi loyihaga talab to’g’ri hisoblanganda muvaffaqiyatli bo’ladi. Haqiqatda ko’pchilik kapital budjetlashtirish qarorlari muvaffaqiyatsiz bo’lishi mumkin, u noto’g’ri qaror sababli emas kelgusi talab va xarajatlar hisob kitobi natijasi bo’lishi mumkin.
Erkin pul oqimlarini baholashda diskontlashtirish qanday amalga oshiriladi?
Erkin pul oqimlarini diskontlashda (DCF=Discounted Cash flow) Diskontlangan pul oqimi (DCF) - investitsiya qiymatini kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlari asosida baholash uchun ishlatiladigan baholash usuli. DCF tahlili kelajakda qancha pul ishlab chiqarishi haqidagi prognozlarga asoslanib, bugungi kunda investitsiya qiymatini aniqlashga urinadi. Bu sarmoyadorlar uchun ham, yangi uskunalar sotib olish kabi o'z bizneslarida o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi bo'lgan biznes egalari uchun ham moliyaviy investitsiyalarga tegishli.
CF= joriy yildagi pul oqimi
.CF1 – birinchi yil uchun, CF2 2-yil uchun,
CFn – berilgan yil uchun
r=diskont stavka.
Erkin pul oqimlarini prognozlashtirishning ahamiyati qanday?
Firma uchun erkin pul oqimi (aka Unlevered Free Cash Flow) prognozi - bu diskontlangan pul oqimlari yordamida kapitalni baholashda eng maqbul yondashuv.
Erkin pul oqimlarini prognozlashtirishda qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi?
II-topshiriq. Korxona pul oqimlari harakatini tavsiflang. (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat bo’yicha pul mablag’lari)
Korxona pul oqimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |