Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar
Eralar va davrlar haqida tushuncha
Arxierasi haqida tushuncha
Proterozoy erasida hayotning rivojlanishi
Paleozoy erasida hayotning rivojlanishi
Mezozoy erasida hayotning rivojlanishi
Kaynazoy erasida hayotning rivojlanishi
4-MAVZU. TABIAT TO‘G‘RISIDAGI ILK TASAVVURLARNING SHAKLLANISHI
Tayanch so‘zlar: qadimgi sharq mamlakatlarida tabiyot haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi, qadimgi Gretsiyada va Rimda tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, Tabiatda metofizika davri. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda tabiat xaqidagi tushunchalarning rivojlanishi.
1. Qadimgi sharq mamlakatlarida tabiyot haqidagi tasavvurlarni paydo bo‘lishi
Organik olam evolyutsiyasi xaqidagi ta’limotga oid bilimlarni to‘plash va o‘rganish juda qadimdan boshlangan. Inson tomonidan tabiatni o‘rganish ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullana boshlagandan boshlangan. Foydali o‘simliklarni topish va ekish, yovvoyi hayvonlarni ovlash, xonakilashtirish bu ishlarning boshlanishi bo‘lgan.
Qadimgi sharq mamlakatlarida diniy afsonalar hukmron bo‘lgan. Lekin o‘sha davrda yozilgan asarlarda tabiatni moddiyligi va tirik mavjudotlarni tabiiy ravishda o‘zgarishiga Misrda mashhur bo‘lgan “Arfis qo‘shig‘i” nomli asarda jon abadiy emasligi, qadimgi dunyo yo‘qligi haqida fikr yuritilgan.
Qadimgi Misrliklarga ko‘plab dorivor o‘simliklar, kasalliklarni davolash vositalari, gigiyena qoidalari ma’lum bo‘lgan. Xirurgiyaning nisbatan yuqori darajada rivojlanganligi anatomiyani rivojlantirishga va uni bilishga imkon bergan.
Qadimgi Misrda eramizdan 3000 yil oldin bug‘doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no‘xat, zig‘ir, tok va boshqa o‘simliklar ekilgan.
Qadimgi Hindistonda Misrga nisbatan materialistik g‘oyalar va tabiatshunoslikka oid bilimlar nisbatan kuchli rivojlangan.
Eramizdan oldingi 13- asrga yozilgan “Hayot kitobi” nomli asarda dunyoning moddiyligi va uning 5 ta elementdan: yer, suv, olov, havo, efirdan iboratligi xaqida yozilgan. Qadimgi Hindistonda tabiatni o‘rganish meditsina talablari asosida olib borilgan. Shuning uchun ham hindilar 760 tur dorivor o‘simlikni bilganlar.
Murtakni (embrionni) kuzatish ham Hindistonda boshlangan, anatomiya. Embriologiya kabi fanlar ham nisbatan rivojlangan.
Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslikka katta e’tibor berilgan. Almashlab ekish joriy etilgan. Yerni o‘g‘itlash va sug‘orish ishlariga katta e’tibor berilgan. Eramizdan 4000-3000 yil oldin hayvonlar zoti (ot), o‘simlik navlari (dekerativ gullar) chiqarishda tanlashdan keng foydalanganlar.
Qadimgi Xitoyda ignaterapiya va kuydirish yordamida turli kasalliklarni davolashda keng foydalanilgan.
Eramizdan oldingi 298-238 yillarda yashagan Xitoylik Syun Szi odam bilan hayvonlar o‘rtasidagi farqlarni o‘rganib, insonda aql-idrok borligi tufayli u hayvonlar ustidan hukumronlik qiladi, deydi.
Xitoyliklar o‘simlik va hayvonlarni klassifikatsiyasini ishlab chiqqanlar. Jumladan eramizdan oldingi II-asrda Djouli asarida o‘simliklar 6 ta guruhga-donaklilar, qo‘zoqlilar, sharbatlilar, yotib o‘suvchilar va butalarga bo‘lingan. Hayvonlarda ham 5 ta gruppaga-jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirx bilan qoplanganlar, tangacha bilan qoplanganlar.
Demak, tabiatni o‘rganishda dastlabki urinish qadam sharq mamlakatlarida boshlangan va bu urunishlar quruq mushodaa, tasavvurlardan iborat bo‘lgan.
2. Qadimgi Gretsiya va Rimda tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi.
Qadimgi Gretsiyada tabiiy va ijtimoiy (falsafa) fanlar birgalikda taraqqiyot etgan. Eramizdan oldingi V-II asrlarda yashab ijod etgan materialist-faylasuflar tabiat hodisalarini o‘rganib tushuntirib berishga uringanlar.
Ilmiy fan qadimgi grek afsonalarni asos bo‘lgan diniy tasavvurlarga qarshi kurash jarayonida vujudga kela boshladi. Diniy tushunchilarga ko‘ra, tabiatdagi har qanday hodisalar xudoning irodasi tufayli sodir bo‘ladi deb, qarar edi. Odam hayoti Xudo qudratiga, uning taqdiri oldindan belgilab berilgan deb tushuntirilar edi. Dastlabki materialistlar bu qarashlarga stixiyali dialektik tasavvurlari bilan qarshi chiqdilar. Ular tabiatni bog‘lanish va o‘zaro munosabatlarini cheksiz chigallikdan iborat deb tasavvur qilar edilar. Ular tabiatni harakatlanganligini, o‘zgarishini tan olar edilar. Dunyoni Xudo yaratmaganu harakatdan paydo bo‘lgan va 4 ta stixiya: olov, havo, suv va yerdan tashkil topgan deb tushunadilar. Ana shu narsalar qadimgi grek faylasuflarining fikricha materiyaning muayyan holatini ifodalaydi. Masalan, yer qattiq, suv suyuq, havo gazsimon stixiya deb xayol qilganlar. Olov havoga nisbatan ham nozik tuzilishga ega. Bu stixiyalar o‘zgarib biri ikkinchisiga aylanib turadi.
Shunday qilib, qadimgi grek faylasuflarini tabiatni bir butunligini undagi hamma narsalar o‘zaro bog‘liq, deb o‘ylashgan.
Osiyodagi yirik savdo shaharlari Milet va Efes bo‘lib, ular qadimgi Gretsiyaning taraqqiyotiga yetakchi o‘rin tutadi. Milet maktabida Fales. Anasimandir va Anaksimen kabi yirik faylasuflar paydo bo‘ldi.
Materialistik falsafa Efes maktabining vakili Graklit (VI-V asrlar) ta’limotida yanada rivojlantirdi. Uning fikricha, dunyo hech qanday Xudo tomonidan yaratilgan emasdir, dunyoda hamma narsa harakatda, suv kabi o‘zgarib turadi, deb ta’lim beradi. Bir suvda ikki marta cho‘milib bo‘lmaydi, har gal yangi-yangi suv oqimi keladi, tabiatda hamma jismlar o‘ziga bog‘liq deb koinotning birligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Bir narsa boshqasiga aylanadi., u ham o‘zgaradi. Olov o‘chsa havoga, suvga va yerga aylanadi, yer yana suvga, suv havoga, yulduzlarga aylanadi, deb ta’lim beradi.
Gereklit tabiatdagi jismlar o‘zini qarama qarshi jismlarga aylanishini isbotlashga uringan. “Sovuq narsa iliydi, issiq narsa sovuydi, bir-biriga teskari narsalar iliydi, birlashadi, ulardan go‘zallik vujudga keladi”, deb yozgan edi.
Sitsiliyalik (Italiya) Empidokl (eramizdan oldingi 483-423 yillar) shunga o‘xshash g‘oyani ilgari surdi. Uning fikricha 4 stixiya-olov, havo, suv va yer birga borliqni asosini tashkil etadi. Tabiatdagi narsalarni ularni qo‘shilishidan va og‘irlashishida hosil bo‘ladi. Harakatlar manbai g‘animlik va do‘stlikdir. Bu qoidada Geraklitning qarama-qarshiliklar kurash to‘g‘risidagi g‘oyasi takrorlanadi. Uning fikricha, hayot quyoshdan oldin paydo bo‘lgan. Kuchli yomg‘irlardan keyin baliqchalar, turli o‘simliklar paydo bo‘lgan.
Keyinchalik hayvonlarning gavdasiga ayrish organlar: bo‘yinsiz bosh, qo‘llar, peshonasiz ko‘zlar vujudga kelgan. Keyin ular qo‘shilgan, ba’zan ular noto‘g‘ri qo‘shilib mayib-majruh organizmlar paydo bo‘lgan. Masalan, ikki boshli hayvonlar, bahaybat mahluqlar. G‘animlik ularni ajratib yuborgan., ular qirilib ketgan. Boshqa hollarda boshqa organlar o‘zaro moslashib borgan. Hamkorlik tufayli ular saqlanib qolgan. Shu asosda yerda hayvonlar paydo bo‘lgan. Empidokl fikrlarida organizmlarni moslanishi va organik formalarni maqsadga muvofiqligi xaqidagi fikrlarini isbotlashga urinishlar bor.
Demokrit (eramizdan oldingi 460-370 yillar) fikrlarida qadimgi filosofiya o‘z taraqqiyotining yuksak bosqichiga yetgan edi. U materiya tuzilishining atomistik nazariyasini ishlab chiqqan, uning nazariyasiga ko‘ra tabiatdagi hamma jismlar mayda, bo‘linmaydigan, moddiy zarracha-atomlardan tuzilgan. Atomlar bo‘shliqlarda (yo‘qliqlarda) harakat qiladi.
Demokritning fikricha, dunyo quyidagicha hosil bo‘lgan: atomlar tasodifiy va doimiy harakatda bo‘lganligi uchun shakli va katta kichikligi har-xil bo‘lgan jismlar tasodifan biror joyga to‘planib qolgan. Bulardan eng og‘irlari pastga, eng yengillari yuqoriga ko‘tarilganlaridan-osmon, olov va havo paydo bo‘lgan. Yer yuzida loysimon (balchiqsimon) modda bo‘lgan., uning suyuq qismidan dengiz, qattiq qismdan esa yerning namlik, yumshoq qismi hosil bo‘lgan.
Quyosh nurlari ta’sirida yerning namli qismi hayotini paydo qilgan. Jumladan turli shakldagi hayvonlar paydo bo‘lgan.
Tanasi issiqdik ko‘p bo‘lgan hayvonlar yuqoriga parvoz qilib parrandalarga, tanasida “yer aralashmalari” ko‘p bo‘lgan hayvonlar quruqlikda yashab kelgan. Namli moddalardan tashkil topgan 3-gruppa hayvonlar esa suvda yashab qolgan. Keyinchalik yer asta-sekin sovub hayvonlarni hosil qilishdan to‘xtatgan. Ammo bir-biriga yaqin formalar o‘zaro qo‘shilib oraliq formalarni paydo qilgan. Demokrit odamni paydo bo‘lishini qo‘yidagicha izohlaydi. Ibtidoiy odamlar dastlab hayvonlarga o‘xshash hayot kechirgan. Ular yakka-yakka bo‘lib oziq axtarishgan. Hayvonlar ularga hujum qila boshlaganlaridan keyin ular bir-biriga yordamlasha boshlaganlar. Birgalikda ov qilish, yirtqich hayvonlardan himoyalanish, ma’nosiz tovushlar ma’noli tovushlarga aylanishiga olib kelgan.
Dastlabki odamlarda kiyim-kechak, turar joy bo‘lmagan, olovdan foydalanishni bilamagan, hayoti og‘ir mehnatda o‘tgan. Ana shu sabablarga ko‘ra qishda ko‘plari qirilib ketgan. Ular asta-sekinlik bilan bu qiyinchiliklarni yenga boshlagan. G‘orlarda yashagan, ustiga terilardan kiyimlar tayyorlaganlar, turar joy qura boshlaganlar.
Demokrit ruhiy masalalarga ham atomistik nazariya orqali yondoshgan. U “jon” atomlardan tashkil topgan, atomlar parchalansa jon chiqib ketadi, deb tushunilgan.
Gretsiyada Empidokl va Demokrit tomonidan olg‘a surilgan g‘oyalar keyinchalik Rimda ham tarqaldi. Rim faylasufi va shoiri Lukretsiy Kar (eramizdan oldingi 1 asr) o‘zining “Narsalar tabiati xaqida” degan poemasida Grek olimlarining fikriga mos keladigan bir qancha fikrlarni aytgan. Lukretsiy tabiatni tushunmasdan hamma narsani Xudoga bog‘lab qo‘yuvchilarga qarshi chiqqan. Aslida dunyoni Xudo yaratgan, chunki hech narsadan hech narsa yaralmaydi, deydi. Olam abadiy, ammo o‘zgaruvchandir, unda harakat va kurash ustun turadi. Tirik mavjudotlar yerning o‘zida paydo bo‘lgan va paydo bo‘ladi. O‘simliklar yerdan unib chiqadi, chuvalchanglar namlik ta’sirida yerdan bunyodga keladi. Bir organizmlardan boshqalari paydo bo‘ladi. Masalan, o‘simliklardan uzilib tushgan chiroyli gullar kapalaklarga aylanadi.
Materialistik va idealistik tasavvurlar har bir kishida ham aralash bo‘lishi mumkin. Shulardan Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) qarashlari bunga misol bo‘la oladi.
Aritotel materiya borligini tan oladi, ammo uning asosini inson tashkil etadi, deb tushunadi. Uning fikricha, butun tabiat jonli bo‘lib, bu jonning asosini-intelexiya tashkil etadi. Aristotel fikricha, jonli narsada 3 ta asosiy belgi bo‘ladi:
1. O‘sish va ko‘payish uchun zarur bo‘lgan oziqlanish.
2. Organizmni harakatlanishga majbur qiladigan sezgi.
3. Tafakkur.
Bu belgilar jonni xususiyatlari bilan belgilanadi.
Har xil organizmlarda jon har xil bo‘ladi. M. oziqlantiruvchi jon o‘simliklarda, sezuvchi jon hayvonlarda, aqlli jon odamlarda bo‘ladi.
Aristotel o‘zining jon xaqidagi tasavvurlari asosida jinsiy protsesni quyidagicha izohlaydi: “Urg‘ochi organizm faqat embrionning rivojlanishi uchun kerakli modda bo‘lgan passiv materiyani beradi, erkak esa, juftlanishda hayotbaxsh asos-entelexiyani ato etadi”.
Aristotel o‘simliklar ham, hayvonlar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi mumkin deb hisoblab, ko‘payishni nazarda tutgan. Aristotel materializmga juda yaqinlashib kelgan. Aristotel fikricha, tevarak-atrofdagi tabiat organizmga ta’sir ko‘rsatib sezgi hosil qiladi. Sezgi xotirani shakllantiradi. Xotira tajribani vujudga keltiradi. Nihoyat tajribadagi sa’nat va fan bunyodga keladi.
Shunday qilib, qadimgi Grek materialist-faylasuflarining dunyoqarashlari yetakchi dialektik harakterda bo‘lib, ular materiyani xudo yaratgan, u doimo harakatda bo‘lganligi tufayli rivojlanish protsessi davom etib boradi, deb e’tirof etishgan. Shu bilan birga tabiat to‘g‘risidagi dastlabki tajribalar paydo bo‘la boshladi.
Grek materialist-faylasuflari tadqiqotlari tufayli fanda materialistik va idealistik falsafiy oqimlar paydo bo‘ldi.
Evolyutsiya g‘oya uchun kurashda qo‘yidagilar paydo bo‘ldi.
1. O‘lik va tirik moddalarning birligi va shu asosida tabiiy ravishda tirik mavjudotlar paydo bo‘lishi.
2. Tirik mavjudotlarning birligi va turli-tumanligi.
3. O‘zgaruvchanlikning mavjudligi va tirik mavjudotlarning bir shakldan ikkinchisiga o‘tishi.
4. Tirik mavjudotlarning yashash uchun kurashi paydo bo‘ldi.
Tabiatda metofizika davri
Eramizning boshlarida majusiylik dini o‘rnida xristian dini hukumron bo‘la boshladi. Dastlab bu dinga ezilgan qullar e’tiqod qilar edi. O‘sha davrda din qonundan tashqarida turgan va unga ishonuvchilar narigi dunyoda jannatga yashash uchun hamma narsaga tayyor bo‘lganlar. Bu dunyoda azobda yashagan mazlumlar u dunyoda jannatda yashaydi. Bu dinning shiori ana shu shunday edi. Bu din qullarni ozodlik uchun birlashishiga emas, balki taqdirga tan berishga chaqirar edi. Yangi din qullarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgandek edi.
Xristian diniga erkin e’tiqod qilish 410 yil, ya’ni Rim imperiyasi ag‘darilgan yili, cherkovlar e’tiborini va davlatdagi kamchiliklarni qutqarishga bekitishga olib keldi. Kambag‘allar monastirga oxiratni ko‘zlab, boylar esa yanada ko‘proq boylik to‘plash uchun borar edilar.
G‘arbiy Yevropada feodal tuzimi rivojlanayotgan bir sharoitda cherkov. ayniqsa katolog cherkovi katta iqtisodiy va siyosiy kuchga aylandi. U ekspluatatsiyani oqlardi, xalqni feodallarga bo‘y sindirishga chaqirar edi. Cherkov tabiatdagi hamma narsani o‘zgarmas, deb bunga qarshi chiqqanlarni qattiq quvg‘in qilar edi.
Cherkov maktabga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘quvchilarga faqat diniy aqidalarni o‘qitishni tavsiya etdi. II-asrdan boshlab qariyib ming yil davomida maktablarda tabiat haqidagi faqat “fiziologus” degan kitob darslik bo‘lib qoldi. Bu kitob ko‘plab tillarda tarjima qilingan bo‘lib, unda faqat dinga oid bilimlar kiritilgan edi. Bu kitobda shunday rivoyat bor. Bo‘ri kechasi tunash uchun otarga borib, go‘yo qo‘ylar bilan birga uxlar emish. Unda ming yil umr ko‘radigan mashhur qush-feneks haqida ham ertak bor. Uning uyali oftobda yonib ketishi mumkin ekanku, ammo qush yana kuldan hosil bo‘lishi mumkin ekan. Bu kitobda suratlar ham bor edi. Unda sehirli mevali bo‘lgan daraxt rasmi ham bor edi. Bu daraxt mevasi suvga tushsa undan dengizlar hosil bo‘lar ekan.
X asrdan XII asrgacha cherkovni hokimiyat uchun kurashi kuchayadi. Ekspluatorlar o‘rtasida kurash keskinlashib urushlar, qon to‘kishlar sodir bo‘ladi. Maktablarda tabiat xaqidagi fanlar o‘rnini diniy bilimlar egallaydi.
XII-XIII asrlarda hunarmandchilik, savdo aloqalari rivojlanadi va shunga mos ravishda shaharlar paydo bo‘la boshlaydi. Parij, Rim, Lissabon va boshqa yirik shaharlarda universitetlar tashkil topadi. Masalan, Parij universitetida 4 ta fakultet ilohiyot, yuridik, meditsina va filosofiya fakultetlari tashkil topadi. Bulardan birinchi ikkitasi cherkov va boylarni manfaatini himoya qiladi, keyingi 2 tasi esa ularga xavf tug‘dira boshlaydi.
XIII asrda maxsus katolik cherkovi sudi-inkvizatsiyani tashkil etadi. Bu sud cherkovga qarshi chiqanlarni qattiq jazolaydi. Bu sud 5 asr hukum surdi. Shu vaqt ichida Ispaniyada 35 ming kishi yondirildi, 300000 kishi qiynoqlarga solindi. Bu sudni so‘ngi hukmi bilan yoqilgan gulxan 1826 yilda ham Madrid yonida yonib turgan. Ana shular ta’siri natijasida tabiyot fanlar sohasida uzoq yillar yangiliklar bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham bu davr tabiiyot fanlari tarixida metofizika yoki to‘g‘rilik davri deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |