O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo tabiat xaqidagi tushunchalarning rivojlanishi
Tabiat xaqidagi fanlar o‘rta asrga kelib Yevropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi. Buning sababi dinni yuqori darajadagi ta’siri, fan bilan shug‘ullanuvchilarni quvg‘in qilinishidir. S.N. Grigoryan degan olim “G‘arbiy Yevropada fan tushkunlikka tushgan bir paytda O‘rta Osiyo olimlari uni rivojlantirdilar va olg‘a surdilar. O‘rta Osiyoning IX-XV asrdagi buyuk olimlarning munosib o‘tmishdoshlari edi”, deb yozadi.
Bulardan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalardir.
Beruniy (973-1048) fikricha tabiat 5 ta elementdan: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuproqdan iborat. U Ptolomeyning yer olamining markazi bo‘lib, harakatlanmaydigan planetadir, degan fikriga qarshi chiqadi. Beruniy yer quyosh atrofidan harakatlanadi va yumaloq shaklda, deb tasavvur etgan. Bu fikrlar Beruniy Kopernikdan 500 yil oldin quyosh sistemasini to‘g‘ri tasavvur etganligini bildiradi. Beruniy “Hindiston” va “Geodeziya” nomli asarlarida Yevropalik olimlardan 450 ming yil oldin yer sharining g‘arbiy pallasida yaxlit bir quruqlik bor deb atagan. Bu Amerika qit’asi bo‘lib chiqdi. Beruniy o‘zgarishlar bo‘lib turishini tan olgan. Uning fikricha, o‘simlik va hayvonlarni yerda rivojlanishi uchun sharoit cheklangan. Shuning uchun ham ular orasida yashash uchun kurash boradi. Agar tabiat ularning ko‘payishi uchun xalaqit bermasa ular yer yuzini egallar edi. U “Hindiston” nomli asarida tabiat roliga katta baho beradi va tabiatni bog‘bonga o‘xshatadi. “Barcha harakat materiyaga tegishlidir, materiya jismlarni shaklini vujudga keltiradi va o‘zgartiradi” deb yozgan edi. Tabiatda sir kuch borligiga ishonish tabiatni bilmaslikdan kelib chiqadi, deb o‘qtiradi.
Beruniy “Saydana” nomli asarida hayvonlar, o‘simliklar va minerallardan tayyorlanadigan mingdan ortiq dorilar xaqida yozgan edi. Masalan, Xudo tabiat xodisalarining dastlabki sababchisi va yaratuvchisidir, deb yozadi. U organik olam evolyutsiyasini tushunmadi. Shuning uchun asarlarida o‘simliklar tuproqdan, qurtlar go‘shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo‘lgan, deb faraz qilgan.
Abu Ali Ibn Sino, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, ippokrat, Pifagor kabilarni asarini o‘rganib 16-17 yoshidayoq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanildi va “Kitob ul-qonunfiytibb” (“Tib qonunlari”) nomli 5 tomli kitobini yozdi. Bu kitob 600 yil davomida butun jahon shifokorlari uchun asosiy darslikka aylandi va 36 marta qayta nashr etildi. U turli xil kasalliklar ifloslangan suv va havo oraqali tarqalishini aytgan va shuning uchun suvni qaynati yoki filtrlab ichishini tavsiya etgan. Kasalliklarning tarqalishiga ko‘zga ko‘rinmaydigan “mayda jonivorlar” ya’ni mikroblar tarqatishini aytgan. Demak Ibn Sino L. Pasterdan 800 oldin yuqumli kasalliklarni mikroblar tarqatishini aytgan. Kasallikni oldini olish uchun tashqi muhitni muxofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish xaqida ming yil ilgari aytgan. Ibn Sino uzoq vaqt davomida yer yuzi o‘zgarishini yozgan. Barcha tirik organizmlar oziqlanadi. O‘simliklar rivojlanishning qo‘yi bosqichida, odamlar yuqori bosqichda turadi.
Odam tanasini o‘rganish taqiqlangan o‘sha davrda u yashirincha o‘rgangan. Ibn Sino jon borligiga ishonadi. U ilg‘or fikrlari uchun vatanidan quvg‘in qilingan va Eronning Xamadon shahrida vafot etgan.
Akademik I.M.Mo‘minov o‘rta asrdagi O‘rta Osiyo olimlari xaqida “Agar ularning fikrining boshi va oxiri olib tashlansa sof materializmdan iborat” deb yozgan edi.
Bobur ham tabiat bilan qiziqqan. Hayvon va o‘simliklarni ba’zi xususiyatlariga asoslanib klassifikatsiya qilishga o‘rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |