Sent-Iler qarashlari Fransuz olimi Etyen Jofrua Sent-Iler (1772-1844) o‘z dunyo qarashi bilan J. Kyuvyega tamomila qarama-qarshi bo‘lib, transformizm oqimining namoyondasi edi. Sten-Iler hayvonlar bir reja asosida tuzilgan, deydi. U solishtirma anatomiya va embriologiya dallilaridan foydalandi. M: umurtqali hayvonlarning oldingi oyoklarini analiz qilib (odam, qush, kit va b.) ular yelka, bilak-tirsak, kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan tuzilganligini aniqladi. Ular har xil vazifalarni bajaradi., lekin tuzilishi o‘xshashdir. Bunday organlarni Sent-Iler analoglar deb atadi. Aslida esa Sent-Iler ta’riflagan analog organlar hozirgi gomolog organlarga to‘g‘ri keladi.
Funksiyasi o‘xshash bo‘lgan, kelib chiqishi va tuzilishi har xil organlar analog organlar deyiladi. Funksiyasi har xil bo‘lgan, kelib chiqishi va tuzilishi o‘xshash bo‘lgan organlar gomolog organlar deyiladi. M: umurtqali hayvonlarning oyoqlari.
Sent-Iler solishtirma embriologiya dallilaridan ham foydalanadi. Masalan; u baliqlar bilan sut emuzuvchilarni kalla suyagini solishtirib ular o‘rtasida umumiylikni aniqlashga muvofiq bo‘ladi. Kitlar bilan qushlarning jag‘ suyagini solishtirib tekshiradi. Uning fikricha, umurtqali hayvonlarning bir reja asosida tuzilishini rudiment organlar misolida ham isbotlash mumkin. Sent-Iler tashqi muhit faktorlari ta’sirida organizmlar o‘zgarishini tan oladi. M: ba’zi yillari nokning mevasi shirin, yirik bo‘lsa, boshqa yillari buning aksi bo‘ladi. U o‘zgarishlar saqrish yo‘llari bilan ham paydo bo‘lishi mumkinligini aytadi. Organizmlarni bir plan asosida tuzilganligini isbotlash uchun u umrtqali hayvonlar bilan bo‘g‘im oyoqlarni solishtirib, ular o‘zaro o‘xshash degan xato fikrga boradi. U umurtqa pog‘onasi bilan bo‘g‘imoyoqlilarning bo‘g‘imlari o‘xshash deb tushunadi. Albatta o‘sha davrda umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning tuzilishini taqqoslash uchun dalillar yetarli emas edi. Bu narsa XIX asrning oxirida I.I.Mechnikovning embriologiya sohasidagi dalillari asosida A.O.Kovalevskiy tomonidan amalga oshirilgan. 1789 yilda Fransiyadagi revolyutsiyadan keyin biologiya fanlari rivojlanishiga zamin yaratadi. 1793 yilda Parijda podsho bog‘i tabiat muzeyiga aylantirildi, undagi kefedralarga atoqli va yosh olimlar taklif etildi. Ular orasida 21 yoshli Sent-Iler ham bor edi. U botanika bog‘ida kolleksiya saqlovchi lavozimida, bir yildan keyin esa zoologiya kafedrasida professor qilib tayinlandi. U umurtqali hayvonlar zoologiyasi kursidan leksiyalar o‘qiy boshladi. Bu yerda Lamark ham taklif etiladi. Ikki yildan keyin Sent-Iler taklifiga ko‘ra muzeyga Kyuvye ham taklif etildi. Sent-Iler Kyuvye bilan birgalikda yangi fan -solishtirma anatomiya sohasida bir qancha asarlar nashr qiladi.
1798 yilda Sent-Iler Misrga ekspeditsiyaga kelib juda ko‘plab kollaksiya to‘playdi. 1802 yilda ana shu kolleksiyani Parijda maxsus komissiga, jumladan Lamark va Kyuvyega namoyish qiladi. Ana shu materiallar orsida hozir yashab kelayotgan qushlarning skeletini ko‘rib Kyuvye turlar o‘zgarmaydi, deydi. Sent-Iler esa bunga qarshi chiqadi. Keyinchalik bu ikki olam o‘rtasidagi kelishmovchiliklar chuqurlashadi. Buni Fransiyada 1789-1830 yillarda sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlar bilan ham isbotlash mumkin.
Sent-Iler Misrdan qaytib kelgandan so‘ng 4 yil ichida sut emizuvchilarga oid 13 ta monografiya yozadi. Burjua fanida tabiatni katolik cherkovi aqidalari bilan kelishtirish sari keskin burilish boshlanadi. Yangidan bosh ko‘targan kreatsionizm tepasida J.Kyuvye bosh-qosh bo‘lib turadi.
Kyuvye solishtirma anatomiya, palentologiya fanlarining asoschisi sifatida katta obro‘ga ega edi. U davlat kengashi qoshidagi ichki ishlar kometetiga Prezident qilib saylanadi. Bu lavozim diniy ta’limotni himoya qilishga undaydi.
1829 yilda Lamark vafot etgandan keyin Kyuvyening bitta raqibi Sent-Iler qoladi. Umuman Sent-Iler, Kyuvye, Lamark XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida biologiya fanida solmoqli o‘rin egallaydilar. Chunki bu davrda biologiya fanlarining yutuqlari ana shu olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarda ifodalangan edi.