Evolyutsiya nazariyasi


XVIII asr fransuz filosof materialistlarining evolyutsion qarashlari



Download 10,57 Mb.
bet25/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

XVIII asr fransuz filosof materialistlarining evolyutsion qarashlari
1789 yil Fransiyadagi burjua revolyutsiyasi arafasida fransuz materialistlari D. Didro, K.Gelvetsiy, G.P.Golbax, J.Lemetri din va xurofotga qarshi kurashda tranformizm g‘oyalaridan foydalandilar. Ular tabiatni eskicha tushunishini, dinni va mavjud davlat tartibini ayovsiz tanqid qildilar, tranformistik g‘oyalarni xalqqa yetkazdilar. Ular koinot, organik olam doimo o‘zgarishda, materiyani harakatga keltiruvchi kuch tabiatning o‘zida bor, deb tushuntirdilar. Ammo harakatni atomlar o‘rin almashinuvida deb qayd qildilar. Ularning kamchiliklari: 1. Didroning fikricha barcha hayvonlarni ajdodlari bor, tabiat esa ularni xilma-xil darajaga olib kelgan. Shuning uchun ham ular mehanik materialistlar deb atalgan. 2. ularning yana bir kamchiligi ular organizmlarni tarixiga e’tibor bermaydilar. M: Didroning fikricha balchiqdan qurt katta hayvonga va aksincha aylanishi mumkin. Ular fikri transformistik g‘oyalar bilan birga olg‘a suriladi. M: Didroning fikricha har xil narsalardan materiya, o‘simlik, hayvon paydo bo‘ladi. Golbax, Lametri odam tabiiy yo‘l bilan kelib chiqqanligini, odam bilan maymunlar o‘rtasida o‘xshashlik borligini ta’kidlaydilar.
Fransuz tabiatshunoslaridan Jorj Lui Byuffon (1707-1788) tranformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimdir. U o‘z asarlarida koinot, hayotning paydo bo‘lishi, odamning tabiatdagi o‘rni masalasi bilan shug‘illangan.
Byuffon ta’limotiga ko‘ra, quyoshdan ajralgan cho‘g‘dan yer paydo bo‘lgan. U keyin sovushi qutblarda tez sodir bo‘lgan. Keyin atmosferani suv bug‘i va gazlar o‘rab olgan, bug‘lar sovib yomg‘irga va jalaga aylangan. Keyin anorganik moddalardan organik moddalar paydo bo‘lgan. U hayotning paydo bo‘lishini yerning tarixi bilan bog‘lab o‘rgangan. Uning “Tabiat davrlari” nomli asarida yerning paydo bo‘lishini 7 ta bosqichga bo‘ladi. Uning fikricha 5-bosqichda hayvonot olami, 7-bosqichda odamlar paydo bo‘lgan. Byuffon yer po‘stlog‘i hosil bo‘lishida suv, toshqin va iqlimni ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. “Hayvonlar bilan o‘simliklarni solishtirish” nomli asarida hayvonlar bilan o‘simliklar o‘rtasida keskin farq yo‘q, ularning har birida oraliq formalari bor, deydi. Tashqi muhit faktorlari hayvon va o‘simliklarga ta’sir etib ularni o‘zgartiradi, degan xulosaga keladi. Hayvonlarning geografik tarqalishiga e’tibor berib yangi va eski dunyo hayvonlarini solishtiradi va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni topishga harakat qiladi.
Byuffan “ Tabiat tarixi” nomli 36 tomli asarida bir tur bir oilaga kiradigan turlarining o‘zagi deb tariflaydi. Byuffonning qarashlari o‘sha davrdagi eng ilg‘or fakrlardan iborat edi. Shu sababli Fransiya Fanlar Akademiyasi Byuffonning ta’limotini bema’nilik deb baholadi va uning asarlarini yoqib yuborishga farmon berdi. Byuffon esa omma orasida o‘z fikrlaridan qaytishga va olamni yaratilishi to‘g‘risidagi diniy kitoblarga ishonaman, deb aytishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib Byuffon o‘z asarlarini saqlab qolishga erishdi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish