Evolyutsion ta’limotning paydo bo‘lishidagi ilmiy va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar
1. Ilmiy shart sharoitlar
Sistematikaning rivojlanishi. XVIII-asrda K.Linney sistemasi hayvonlar sistemasi orasida hukumron edi. U turlar o‘zgarmas va Xudo tomonidan yaratilgan, degan fikrda edi. Linney hayvonlarni 6 ta sinfga bo‘ldi. J.Batist Lamark hayvonlarni 14 sinfga bo‘ladi va ularni oddiydan murakkabga qarab gradatsiyalarga joylashtirib chiqadi. Fanda umurtqali va umurtqasiz hayvonlar, biologiya terminlarini kiritadi. Hayvonlar sistemasini tuzishda Sent-Iler ham bir muncha hissa qo‘shdi. U hayvonlar bir reja asosida tuzilganligini hisobga olib, 1796 yilda birinchi marta xaltali va yo‘ldoshli sut emizuvchilarni o‘xshashligini aniqladi. 1802 yilda cho‘tqa qanotli baliqlar avlodlarini tariflab, suvda va quruqlikda yashaydigan hayvonlar o‘rtasida oraliq formalar borligini isbotlab bordi.
Sent-Iler primatlar turkumida 16 ta yangi avlod va 15 ta yangi turni ta’riflab berdi hamda barcha maymunlarni keng burunli, tor burunli kenja turkumiga ajratdi. 1807 yilda u barcha umurtqali hayvonlar sinflari vakillarini kalla suyagini solishtirma anatomiya metodi asosida o‘rganib, ularni yagona tipga birlashtirishni aytdi.
Lekin Sent-Iler hayvonlarni ayrim gurupalari – sinflarini o‘rganib, butun hayvonot olami o‘rtasidagi finogenetik bog‘lanishni ko‘ra olmadi.
J.Kyuvye ham hayvonlar sistemasini yaratishda muhim xissa qo‘shdi. Uning fikricha, hayvonning asosiy belgilari uni sistemaga solish muhimdir. Ikkinchi darajali belgi muhim emas. M, tishlar o‘zgarishi mumkin, orqa miya o‘zgarmaydi. Kyuvye hayvonlar 4 ta reja asosida tuzilgan deb bunda faqat nerv sistemasining turli qismlarini asos qilib oladi. Kyuvye juda ko‘plab faktik material to‘plagan bo‘lsada, lekin ularni chuqur analiz qilib, to‘liq ilmiy xulosalar chiqara olmagan.
K.Ber (1792-1876) har bir tip vakaillari embrional taraqqiyoti bilan bir-biridan ma’lum darajada farq qilishini ta’kidlagan va solishtirma embriologik dalillardan foydalanish zarurligini uqtirgan. U Kyuvyedan farq qilib, tiplar o‘rtasida oraliq formalar borligini tan oldi va alohida tip darajasiga ko‘tarishni aytdi.
P.F.Gornyaninov (1796-1865) hayvon va o‘simliklarni genetik sistemasini tuzib chiqdi. O‘simliklarni 12 sinf va 48 ta tartibga bo‘ldi. O‘simliklarni: lishayniklar, moxlar, plaunlar, qirq bo‘g‘inlilar, paporotniklar, ochiq urug‘lilar yo‘nalishida kelib chiqqan, deydi.
Hayvonlarni gradatsiya prinsipi asosida sistemaga soldi. Uning fikricha o‘simlik va hayvonlar bitta ilduzdan kelib chiqqan.
Shunday qilib, tirik organizmlarni ma’lum sistemaga solib o‘rganish uchun zamin yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |