Lamark ta’limotida tabiiy sistema va tur masalasi
Lamarkning asosiy maqsadi tabiat hodisalarini o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni o‘zaro aloqalarni o‘rganish edi. Sun’iy sistema esa tabiatni o‘rganishni qiyinlashtiradi. Tabiiy sistema deganda Lamark organizmlarning o‘zaro qon-qarindoshligini ifodalovchi genetik aloqa va klassifikatsiyani tushunadi.
Organizmlar o‘rtasidagi genetik aloqa qancha uzoq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi umumiylik ham shunchalik uzoq bo‘ladi. Organizmlar morfologik belgilarga ko‘ra tur, avlod, turkum, sinf va boshqa sistematik kategoriyalarga birlashtiriladi. Lamarkning fikricha tabiatda bunday guruhlar yo‘q, faqat individlar bor.
Turlar o‘zgaruvchanligi tufayli tabiatda ko‘z ilg‘amaydigan oraliq formalar paydo bo‘ladi. Turlar orasidagi uzilishlar bo‘lishni Lamark to‘plangan materiallarni kamligi bilan izohlaydi. Turlar orasida kenja turlar, variatsiyalarni mavjudligi, turni doimiy emasligidan dalolat beradi. Lamarkning fikricha tabiatda turlar juda sekinlik bilan o‘zgaradi. Shuning uchun insonlar bu o‘zgarishni kuzata olmaydi, balki uni natijasi ko‘radi, xolos. Turlar o‘zgarishida vaqt asosiy omil hisoblanadi. Turning o‘zgarish masalasida, kreatsionizm nazariyasini tanqid qilishda Lamark diniy aqidalardan qutila olmaydi. U tabiatda haqiqatdan ham uzilish, turlar o‘rtasidagi real chegaralar borligini tushuntirish o‘rniga bunday uzilish ro‘y berishini inkor etadi. Uning fikricha tabiatda individlar nobud bo‘ladi, lekin turlarning tabiiy o‘limi yuz bermaydi. Ular muhit sharoitiga muvofiq ravishda o‘zgaradi, xolos.
Lamarkning organik olam gradatsiyasi
Organik olam oddiydan murakkabga, yuksaklikka borar ekan, tabiatda ma’lum bir bosqichlar-pog‘onalar bor. Lamark ana shu pog‘onalarni gradatsiya deb atadi. Gradatsiya prinsipi umumiy biologik prinsip bo‘lib, evolyutsion jarayonning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Lamark Praijdaga tabiiy-tarixiy muzeyga kelishidan boshlab hayvonot olamini sistemaga solish bilan shug‘ullanadi va K.Linneyning 6 ta sinfi o‘rniga hayvonot olamini 14 ta sinfga bo‘ladi. Linney sistemasi:
1. Sut emizuvchilar
2. Qushlar
3. Amfibiyalar
4. Baliqlar
5. Hasharotlar
6. Chuvalchanglar
Bunda hayvonot olami murakkabdan oddiyga qarab joylashtirilgan. Bu sun’iy sistemadir.
Lamark o‘z sistemasida hayvonlar sinfini shunday joylashtirdiki, eng oddiy infuzoriyalar birinchi, eng murakkab-sut emizuvchilar sistemasining yuqori pahonasida turadi. Lamark gradatsiyasi 7 bosqichdan iborat:
VII 14. Sut emizuvchi.
13. Qushlar
VI 12. repteliyalar
11. Baliqlar
V 10. Molyuskalar
9. bo‘g‘imoyoqlilar
VI 8. Xalqalilar
7. Qisqisbaqalar
III 6. O‘rgimchaklar
5. Hasharotlar
II 4. Chuvalchanglar
3. Nurlilar
I 2. Poliplar
1. Infuzoriyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |