2. Hujayra nazariyasini vujudga kelishi Bu nazariyani nemis olimlari M.Shleyden va T.Shvanlar yaratgan bo‘lsa ham, bu ishga ko‘p olimlar o‘z xissalarini qo‘shganlar.
Chex olimi E.Purkine 1825 yilda tovuq tuhimida yadro borligini ko‘rdi, lekin unga yaxshi e’tibor bermadilar. 1831 yilda Broun o‘simlik xujayralarida yadro borligini e’lon qildi.
Nemiz fiziologi Myuller hayvon va o‘simlik xujayralari o‘xshashligini aniqladi.
1838 yilda M.Shleyden o‘simliklar xujayradan tuzilganligini bayon etdi. 1839 yilda J.Shvan hayvonlarni xujayralardan tuzilganligini aniqladi va uni o‘simliklar xujayralari bilan solishtirib ko‘rdi. U “o‘simlik va hayvonlarni tuzilishi hamda o‘sishidagi o‘xshashliklar to‘g‘risida mikraskopik tadqiqotlar” noli asarida bu haqida yozdi. Keyinchalik bu ikki olim fikrlari birlashtirilib xujayra nazariyasi deb ataldi. Bu nazariyaning ma’nosi: Hamma tirik organizmlar-hayvonlar va o‘simliklar xujayralardan tuzilgan, degan qoidadan iborat. Bu nazariya biologiya fanlarining bundan keyingi taraqqiyotiga juda katta turtki bo‘ldi.
3. Embriologiyada solishtirma meodni qo‘llanishi K.F.Volf Germaniyadan Peterburga ko‘chib kelgandan keyin Rossiya embriologiya beshigiga aylandi. X.Pander (1794-1865) Volfning ishlarini davom etirdi. U embiron qavatlari talimotining asoschisi hisoblanadi. Pander bu masalada 2000 yaqin tovuq tuxumining taraqqiyotini o‘rgandi. Pander ishlari K.Ber uchun turtki bo‘ldi. U hozirgi zamon embriologiya faniga asos soldi. K.Berning “Hayvonlarning tarixiy taraqqiyoti” nomli 2 tomli asari 1828 va 1837 yillarda bosilib chiqdi. Bu asarlarda o‘z tadqiqotlari natijalarini umulashtirdi.
Ber turli sinfga kiradigan umurtqali hayvonlarning embrionini o‘rganib “Embrionlar o‘xshashligi qonuni”ni nashr etdi va bu qonunni quyidagicha tarifladi:
1.Hayvonlarning embrional taraqqiyoti davrida umumiy belgilari xususiy belgilardan oldin paydo bo‘ladi.
2. Umumiy belgilardan xususiy belgilar paydo bo‘ldi.Umumiy belgilar kuchayib ba’zi xususiy belgilarni paydo bo‘lishiga olib keladi.
3. Turli sinflarga kiradigan hayvonlar embrional taraqqiyotining dastlabki bosqichi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Keyinchalik esa ular farq qila boshlaydi. Shunga ko‘ra tip, turkum, oila, avlod va turga xos bo‘lgan keyinchalik paydo bo‘la boshlaydi.
Berning bu qonuni keyinchalik evolyutsion ta’limotni asoslashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning fikricha, tur o‘zgarmaydi, o‘zgaruvchanlik tip ichida sodir bo‘ladi. Ber davrida barcha hayvonlarni tarixiy taraqqiyotini asoslash uchun ilmiy dalillar yetarli emas edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Darvin ta’limoti e’lon qilingandan keyin Ber unga qarshi chiqdi. Berning yana bir kamchiligi u hujayra xaqida tasaqqurga ega emas edi. Shuning uchun ham urug‘lanishni, rivojlanishning dastlabki bosqichlarini tushunmagan edi.
Demak, embrional taraqqiyot davri murakkab va hayotni bilish uchun zarur ilmiy manbalarga egaligi aniqlandi.