Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish
Tabiiy sharoitda ham hayvon va o‘simliklar o‘zgaradi. Tur ichidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Mana shu farq qiluvchi belgilar to‘planib nasldan-naslga o‘tadi. Bu hodisani Darvin “tur-xil” deb atagan.
Tabiatda turni o‘zgarishi turni arealining kengligiga bog‘liqdir. Demak, individalar individual o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Ammo individual tafovutlar tabiatda turni kelib chiqishi masalasini hal etib bera olmaydi.
Organizmdagi maqsadga muvofiq moslamalarning paydo bo‘lishi nimalarga bog‘liq?
Darvin bu savolga javob berishda tirik organizmlar geometrik progressiya bilan ko‘payishiga e’tibor beradi. Bu qonuniyatga ko‘ra, har qanday tur qisqa vaqtda tez ko‘payib ketishi mumkin. Agar bir yillik o‘simlik har yili 2 tadan urug‘ bersa 20 yil ichida 2 mln.ga yetishini K.Linney ham isbotlagan. Darvinning fikricha 2 ta fildan 740-750 yilda 20 mil. individ hosil bo‘ladi.
Ammo tabiatda tirik organizmalr hech qachon geometrik progressiya bilan ko‘paymaydi. Yashab qolganlariga nisbatan ko‘proq tug‘iladi. “Yashash uchun kurash” yo‘lida ko‘proq to‘siqlarni bosib o‘tishi kerak.
Yashash uchun kurash deganda Darvin rivojlanayotgan organizmning tashqi muhitning fizik omillariga va boshqa tirik mavjudotlarga bog‘liq bo‘lishini, individlarning “o‘zini avlod bilan ta’minlashdagi” muvaffiqiyatlarini tushungan.
Tur soniga iqlim, tempiratura juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Darvinnini hisobiga ko‘ra 1854-1855 yillarda uning parrandasini 4/5 qismi o‘lib ketgan. Bu o‘limga t˚ sabab bo‘lgan. Ma’lum territoriyadagi organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar juda murakkab bo‘ladi. Masalan, Darvin fikricha, 0,5 m 2 yerdagi 357 maysadan 295 tasini har xil hayvonlar yo‘q qilgan.
Farnem degan joyda archagul bilan qarag‘ay birgalikda o‘sgan. Ma’lum qismi o‘rab olingandan keyin qarag‘ay juda o‘sib bir-biriga soya qilib, archagulni siqib qo‘ygan. O‘ralmaganini mollar yeb ko‘p o‘sishiga yo‘l qo‘ymagan. Shajara darxtini uzoq qismlarida joylashgan hayvon va o‘simliklar ham o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bedani changlatadigan ari bilan dala sichqoni o‘rtasidagi munosabatlar. Sichqon arining uyasini buzib sonini kamaytiradi, sichqonni esa mushuklar kamaytiradi. Yashash uchun kurash o‘zgaruvchanlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Tabiiy sharoitlarga individual tavofutlar yoki o‘zgarishlarning saqlanishi va zararlilarining yo‘qolishini Darvin tabiiy tanlashnish yoki eng moslashganlarning yashab qolishi deb atadi. Darvin tanlanish so‘ziga intonatsiya yoki ilohiy kuch bermaslikni uqtirdi. “Xuddi shuningdek, deydi Darvin, tabiat so‘zini jonlantirib ifodalamaslikning iloji yo‘q, ammo tabiat so‘zidan men tabiat qonunlarini birgalikda ta’sir qilishi va mahsulini, qonunlar so‘zidan esa hodisalarni isbotlangan izchilligini tushunaman, xolos”
Do'stlaringiz bilan baham: |