Tabiiy tanlashning mohiyati
Tabiiy tanlanish masalasi Darvin ta’limotining markaziy qismi hisoblanadi. Uning nazariyasiga ko‘ra: tabiiy tanlanish deyilganda tabiatda boradigan shunday protses tushuniladiki, bunda rivojlanayotgan organizmlarga muhit sharoitlari ta’siri natijasida hayot tanlanishda foydali bo‘ladi. Masalan, qisqa tumshuqli turman kapatarlari.
Turni ko‘chirish ham (introduksiya) organizm uchun zararli bo‘lishi mumkin. Tabiiy migratsiya esa foydali bo‘ladi.
Tabiiy tanlanish va nisbiy maqsadga muvofiqlik
Tabiiy tanlanish qonunini bilish maqsadga muvofiq tanlanishni tabiatda kelib chiqishini sabablarini o‘rganishga imkon beradi. Darvingacha bu qonuniyat Kyuvyening “Yashash sharoitlari prinsipi” asosida kreatsionistik tushuntirilardi.
Darvin fikricha, hayot sharoitlariga ideal moslashgan organizm yo‘q. Masalan, g‘oz va o‘rdaklarning panjasini orasidagi parda suvga suzishga maqsadga muvofiqlikdir. Suvning ustidan uchib o‘tadigan ba’zi qushlarda ham shunday tuzilish bor. Bulardagi parda irsiyat bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik hayvonlarda rudimentar organlari bo‘lishi (qoldiq) maqsadga muvofiqlikni nisbiyligidir. Masalan, ilonlarda o‘pkani bir bo‘lagi rudiment holda bo‘ladi. Qushlarning ba’zilarida qanotlar shu qadar qisqarganki, hatto uchishga yordam bera olmaydi. Darvingacha rudiment organlarga “simmetriya maqsadlarida yaratilgan”, “tabiat sxemalarini to‘ldirish uchun yaratilgan” deb qaralardi. Darvin buni inkor qiladi. Masalan, ba’zi ilonlarda orqa oyoqlar va chanoq suyagini rudimentlari bor, boshqa ilonlarda esa bu yo‘q. Bu qanday sxemaga to‘g‘ri keladi?
Rudiment organlar tabiiy tanlanish natijasida qisqargan. Masalan , odamda dumga ehtiyoj qolmagan. U qoldiq holda saqlanib qolgan. Ko‘rsichqonda-ko‘z. Ba’zi holatlarda foydali bo‘lib turgan organ tabiiy tanlanish natijasida zararli bo‘lib qoladi. Masalan, Darvin misoli. Medeyra orolida 550 tur qo‘ng‘izning 200 tasida qanot yo‘q, ba’zi pashsha va kapalaklarda ham qanoat yo‘q. Qanotlarni bunday reduksiyalanishi u yerdagi kuchli shamol bilan bog‘liq. Shamol uchgan hasharotni uchirib ketishi mumkin.
Rudiment organlar yalpi vazifalarni bajarishga ixtisoslashishi ham mumkin. Masalan, tuyaqush va pingvinlarda qanot qisqargan. Lekin uni qoldiqlari tuyaqushda suvda suzishda yelkan, pingvinda suzgich qanot vazifasini bajaradi.
Tabiiy tanlanish natijasida hosil bo‘lgan ba’zi belgilar evolyutsiya jarayonida keraksiz bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holat atavizm deb ataladi. Masalan, 3 barmoqli otlar, dumli odamlar. Demak, maqsadga muvofiq bu organizmdagi barcha organlarning o‘zaro bog‘liligi va bir-biriga muvofiqligi hamda tuzilishi va funksiyalarini muayyan muhit sharoitlariga yashashga mosligidir.
Maqsadga muvofiqlik tabiiy tanlanish natijasida hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |