Evolyutsiya nazariyasi


Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar



Download 10,57 Mb.
bet38/159
Sana14.06.2022
Hajmi10,57 Mb.
#669310
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159
Bog'liq
Эволюцион наз РУТ 2021 2020 ўқув йил

Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar



  1. Ж.B.Lamark hayoti haqida

  2. J.B.Lamarkning ijodi va asarlari

  3. J.B.Lamarkning dunyoqarashi

  4. J.B.Lamarkning tabiiy sistemasi

  5. J.B.Lamark gredatsiyalari

  6. J.B.Lamark tashqi muhitning ahamiyati haqida

  7. J.B.Lamark qonunlari

  8. J.B.Lamark ta’limotiga berilgan baho

  9. Evolyutsion ta’limot yaratilishidagi ilmiy shart-sharoitlar

  10. Evolyutsion ta’limot yaratilishidagi ijtimoiy shart-sharoitlar

  11. K.Rulyenitng evolyutsion ta’limoti

7-Mavzu: ORGANIK OLAM EVOLYUTSIYASI HAQIDA Ch. DARVIN TA’LIMOTI
Tayanch so‘zlar: Ch. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati, Darvinning evolyutsion nazariyasi ustida ishlashi, Ch. Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni, Ch.Darvin ta’limotining mazmuni, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish, O‘simliklarda chetdan changlanishga moslanish, Tabiiy tanlanish va nisbiy maqsadga muvofiqlik, Hayvonlarda himoya ranglarning paydo bo‘lishi, evlyutsion nazariyaning Darvindan keyingi taraqqiyoti, Biologiyada antidarvinistik oqimlarning paydo bo‘lish sabablari


CH. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati
Charlz Robert Darvin 1809 yil 12 fevralda Angliyaning Shryusberi shahrida vrach oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Erazm Darvin olim, vrach va shoir sifatida mashhur edi. Uning “Tabiat qasri” nomli asarida tabiat hodisalari transformistik, evolyutsion nuqtai nazaridan she’riy yo‘l bilan bayon etilgan. Darvinning otasi ham vrach edi. U otasi xaqida “hayron qolarli darajada sinchkov va kishilarni sezuvchi juda dono odam edi” deb yozadi.
Ch.Darvin bolaligidanoq tabiatga qiziquvchan, qushlar va o‘simliklarni kuzatishga, turli menerallardan kolleksiyalar yig‘ishga mehr qo‘yadi. Charlz 1818 yilda Shryusberndagi “klassik maktabga” o‘qishga kirdi va bu maktabdan uning o‘zi yozganidek “hech narsa o‘rganmadi”.
1826 yil oktabrida Edinburg universitetining meditsina fakultetiga o‘qishga kiradi. Ammo bu yerdagi darslar ilohiyotga yaqinligi tufayli yosh Darvinga qiziqish uyg‘otmaydi, darslar zerikarli, operatsiyalar esa norkozsiz o‘tkazilgan edi. O‘g‘lini meditsinaga qiziqishining yo‘qligini sezgan otasi uni 1828 yilda Kembrij universitetining ilohiyot fakultetiga o‘tkazadi. Bu yerdagi darslarga ham Darvin qiziqmas edi. Lekin bu yerda ilohiyot bilan birgalikda tabiiyot fanlari ham o‘qitilar edi. Uning tabiatga qiziqishi universitet o‘qituvchilarining e’tiborini o‘ziga tortdi. Ayniqsa professorlardan botanik J.Genslou hamda geolog A.Sejviklar yosh Darvinga alohida ta’sir ko‘rsatdi. U tajribali geolog Sejvik tomonidan shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik ekspeditsiyalarida aktiv ishtirok etdi. Darvin A.Gumboltning yo‘l xotiralarini o‘qib sayohatga moyil bo‘la boshladi, tabiatga qiziqishi borgan sari orta bordi.
CH.Darvin 1831 yilda universitetni tamomlagandan keyin dindor bo‘lib ishlashdan ko‘ra tabiatshunos, tadqiqotchi bo‘lishga ko‘proq intildi. Chunki bu davrga kelib u Botanika, Zoologiya, Geografiya va boshqa fanlarga oid adabiyotlar bilan ko‘proq tanish edi. Bu fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazish metodlarini ancha o‘rgangan edi. Bundan xabardor bo‘lgan jahon bo‘ylab safarga jo‘nayotgan “Bigl” (iskovich it inglizchadan) kemasidagi ekspeditsiya sostavida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etadi.
“Bigl” kemasidagi safari va uning ahamiyati. Bu kemadagi safar 1831 yil 27 dekabrdan boshlanib 1836 yil 2 oktabrgacha, ya’ni salkam 5 yil davom etadi. Kema safari Angliyaning Devanport degan joyidan boshlanadi. Ekspeditsiyaning maqsadi: dengiz kartalarini tuzish, Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy sohillarini, unga yaqin orllarni su’ratga olish, bir necha xronometrik o‘lcham ishlarini o‘tkazishdan iborat edi. Bu xaqda uning o‘zi “Safar qilib, “Bigl”da ketayotganida men xristian yuzasidan juda e’tiborli deb bilganim bibliyadan sitata keltirganimda bir nechta ofetserlarning (garchi o‘zlari dindor bo‘lsalar ham) mening ustimdan rosa kulishgani esimda”, deb yozadi. Shuning uchun ham u kema jo‘nashi oldin J.Kyuvye ta’limotini to‘g‘ri deb turishga majbur edi.
Kemaning marshruti. Angliya qirg‘oqlaridagi Devanportdan chiqqan kema yashil burun orollariga bir oz to‘xtab Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib keldi. U aprel oyida Rio-de-Janeyroda, so‘ngra Montevidio, Buenos-Ayresda bo‘lib, Olovli yer tomonga suzadi. Keyin yana Shimoliy tomonga qaytib, 1833 yil avgustda Bayya-Blankaga yetib keladi.
1833 yil dekabrida sharqiy qirg‘oqdagi barcha ishlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg‘oqlari tomon suzadi va Olovli yerni aylanib o‘tib, Janubiy Amerakaning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab suzib o‘tadi, u Peru va Chilining ba’zi yerlarida to‘xtagach, 1835 yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda bir oz to‘xtab Tinch okeani orqali Yangi Zillandiya qirg‘oqlariga yo‘l oladi. Kema Avstraliyada bo‘lgandan so‘ng, 1836 yilning boshlarida Xind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg‘oqlariga yetib keladi va u yerdan Angliyaga qaytadi.
Safarga ketayotgan Darvin Lyayyelning 1830 yilda chiqqan “Geologiya asoslari” nomli kitobining 1 tipini o‘zi bilan birga olib ketadi. Yashil burun orollarda sodir borgan geologik o‘zgarishlar asta-sekinlik boradi, degan fikrlarga ishonch hosil qiladi. Lyayyelning bu fikrlari o‘simliklar va hayvonot olami ham asta-sekinlik bilan evolyutsion jarayonni bosib o‘tadi, degan xulosaga olib keladi. Braziliyadagi Parana daryosi qirg‘oqlarida qirilib ketgan bir qancha hayvonlarning suyaklarining qoldiqlarini topdi.
Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo‘nalishiga ta’sir etdi. U Janubiy Amerikaning Bayya-Blanka degan joyida sut emizuvchilarning suyak qoldiqlarini topdi. Ayniqsa qirilib ketgan qadimgi chala tishlarni hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo‘r va zirxlilarga o‘xshashligi Darvinda katta taassurot qoldirdi. Bu dalillar qadimda yashab qirilib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik bor, degan xulosaga olib keldi. Bu dalillardan hayratlangan Darvin “bitta qit’aning o‘zidagi ilgari yashab, qirilib ketgan va hozir yashayotgan hayvonlar o‘rtasida shu qadar o‘xshashlik borligini, yer yuzasida organizmlar paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi xaqidagi masalani qachonlardir, boshqa xildagi har qanday faktlarga nisbatan yaxshiroq yoritib berishga men shubha qilmaydi” deb yozgan edi. Chunki bu dalillarni diniy islohatlar bilan talqin qilish mumkin emas edi.
Darvin Kordilyeriya qoyalar bo‘ylab qilgan ekspeditsiyasi vaqtida 2000 m balandlikda araukariy oilasiga kiradigan 50 ga yaqin o‘simlik toshga aylanganligini topdi. Bunda sabab bo‘lgan hodisalarni, faktorlarni aniqladi.
Darvin hayvonlarning georafik tarqalishi bilan ham qiziqdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonot olamini bir-biriga taqqoslab ular o‘rtasidagi katta farq borligini aniqladi. Masalan, Janubiy Amerikada uchraydigan maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, zirxli kabi hayvonlar Shimoliy Amerikada uchramaydi.
Darvin bu masalaga tarixiy nuqtai nazaridan yondashdi. Uning fikricha qadimda ikkala materik bitta bo‘lgan, faunasi ham o‘xshash bo‘lgan. Keyinchalik Meksikaning janubidagi quruqlikni ko‘tarilishi tufayli materiklar ajralgan va hayvonlar bir qit’adan ikkinchisiga o‘ta olmagan.
Okeanlardagi orollar faunasi kreatsionizmga qarshi qaratilgan yorqin dalildir. Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Galapagoss orollari faunasi va florasining o‘ziga xosligini ta’kidladi. Bu arxipelagda 10 ta asosiy, ko‘plab mayda orollar bo‘lib, ularning o‘simlik va hayvonot olami Janubiy Amerikaga o‘xshashligi bilan birgalikda farqlari ham bor edi. Unda ko‘plab endemik turlar bor. Masalan, Chatem oralidagi 29 ta o‘simliklardan 21 tasi endimikligi qayd qilingan.
Har xil orollarda tumshug‘ini uzunligi turlicha bo‘lgan vyurk qushi uchraydi. Darvin o‘zi ko‘rgan bu hodisalarni izohlab, “Mazkur arxipelagda dastlab qushlar kam bo‘lganligi asbabli bir qush turi modifikatsiyaga uchrab arxipelagning turli orollariga tarqalgan, deb o‘ylash mumkin” deb yozgan edi.
Darvin yashil burun orollaridagi hayvonlarni o‘rganib, ular Afrika qit’asi qirg‘oqlarida uchraydigan hayvonlarga o‘xshash bo‘lsa ham, ko‘p xossalari bilan farq qilishini aytdi. Umuman bu yerlarni fauna va florasi yaqin qit’alardan tarqalgan, ammo sharoitni o‘zgarishi bilan ular ham o‘zgargan, degan g‘oyani o‘rtaga tashlaydi.
Hind okeanida joylashgan Kokos oroli faqat marjon poliplardan iboratligi, o‘tmishdagi riflar Darvinni diqqatini tortdi. Keyinchalik u riflarni kelib chiqishiga oid birinchi nazariyani yaratdi.
1836 yil 2 oktabrda “Bigl” kemasi Angliyaga qaytib keldi.



Download 10,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish