Ekologiyani Fan sifatida shakllanishi. Darvin ta’limoti organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatlarga ham tadbiq etila boshlandi. Bu sohada olib borilgan ishlar ekologiyani alohida fan sifatida shakllanishiga olib keldi. A.F.Middendorf (1815-1894) Sibirga borib hayvonlar migratsiyasi, hayvon va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida ko‘plab materiallar to‘pladi.
M.N.Bogdanov hayvon va o‘simliklar muhit ta’sirida o‘zgarishni kuzatdi. N.A.Seversov (1827-1885) 1873 yilda “Turkiston hayvonlarining vertikal va gorizantal tarqalishi” nomli asarida O‘rta Osiyo hayvonlarining zoogeografik tarqalishini o‘rganib chiqdi. Nemis olimlari Y.SAKS va G.Klebe o‘simliklar hayotida yorug‘lik, xarorat va boshqa faktorlar ahamiyatini o‘rgandilar. Qozon universitetining professor N.F.Levanovskiy o‘simliklar ildiz sistemasiga yorug‘lik issiqlik va namlik ta’sirini o‘rgandi.
O‘simliklar ekologiyasini rivojlanishi Golandiyalik olim E.Vamichning 1895 yilda nashr etilgan “o‘simliklarning ekologik geografiyasi”, “O‘simliklar jamoasini o‘rganishga kirish”, “Tashqi muhit sharoitiga qarab o‘simlaklarni tarqalishi” degan asarlar to‘plami ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu asarlarda o‘simliklarga fizik – kimyoviy, biotik faktorlar ta’siri analiz qilingan. Shunday qilib, ekologiya fan sifatida shakllandi.
O‘simliklar va hayvon fiziologiyasining shakllanishi.Evolyutsion ta’limot o‘simliklar fizologiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. K.A.Temiryazov (1843-1920) xizmatlari bu sohada juda kattadir. U birinchi bo‘lib, o‘simliklarni yashil rangda bo‘lishi, bu rang quyoshdagi qizil ranglarni qabul qilishga moslashish ekanligi, shular ta’sirida fotosintez sodir bo‘lishini isbotlab berdi. Bunda moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lishini isbotladi. Shu bilan yashil o‘simliklarni kasmik roli ochib berildi. Fotosintez natijasida kislorod ajralib chiqishi, bu kislorod aerob organizmlarga sarf bo‘lishi ochib berildi.
Xlorofill bilan gemoglobinning ximyaviy tuzilishidagi birlik va ularning kelib chiqishi o‘rtasidagi aloqa ochib berildi. Evolyutsion ta’limot odam va hayvonlar fiziologiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. I.M.Sechenov (1829-1905) evolyutsion fiziologiya asoschisidir. U odam va baqa ustida o‘tkazgan tajribalarida bosh miyada reflekslarni tormozlaydigan markaz borligini, organizmni tashqi ta’sirlariga nerv yo‘li bilan javob berishini isbotladi. 1863 yilda uning “Bosh miya reflekslari” nomli asari chiqdi. Sechenovning bu kitobi Darvinning odamni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi Yangi g‘oyasi uchun yo‘l ochib berdi. Sechenov Darvin asarlarining ba’zilarini rus tiliga tarjima qildi.